James d. Gwartney
Foyda = Jami daromad – Jami xarajat
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Foyda = Jami daromad – Jami xarajat
Korxonaning jami daromadi bu sotilgan barcha tovarlarning narxi (P) bilan sotilgan ELEMENT 1.7 Foyda korxonalarni resurs qiymatini oshiruvchi samarali faoliyatga undaydi, zarar esa ularni resurs qiymatini pasaytiruvchi befoyda faoliyatdan saqlaydi. 42 barcha tovarlar miqdorining (Q) ko'paytmasiga teng. Korxona foyda olishi uchun uning mahsulotni sotishdan olgan daromadi mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning muqobil qiymatidan kattaroq bo'lishi kerak. Demak, korxona ishlab chiqargan tovar yoki xizmatning iste'molchilar uchun qiymati ishlab chiqarishda sarflangan resurslarning qiymatidan kattaroq bo'lsagina u foyda oladi. Iste'molchilar tovarning ular uchun qiymati tovarning narxiga teng yoki undan balandroq bo'lsagina uni sotib oladilar. Agar iste'molchilar tovar uchun uning tannarxidan ko'proq to'lashga rozi bo'lsalar, ishlab chiqaruvchining resurslarni boshqa muqobil faoliyatdan jalb qilib olish bo'yicha qarori foyda olib keladi. Foyda bu resurslarni qadrliroq buyumga aylantirish uchun olingan mukofot. Korxona menejerlari foyda keltiruvchi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga harakat qiladilar. Ammo har doim ham natija kutilganidek bo'lmaydi. Ba'zida korxonalar o'z maxsulotlarini ularning tannarxini qoplaydigan narxlarda sota olmaydilar. Savdodan olingan jami daromad tovar yoki xizmatni ishlab chiqarishda foydlanilgan resurslarning muqobil qiymatidan kamroq bo'lsa, bu zararga (?) olib keladi. Zarar— tovar yoki xizmatlarning iste'molchilar uchun qiymati ularni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslarning qiymatidan kamroq bo'lgan holda vujudga keladigan jarimadir. Zarar resurslardan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadga muvofiqligini anglatadi. Masalan, Bolgariyadagi (mahalliy valuytasi Bolgariya levi) fabrika oyiga mingta ko'ylak ishlab chiqarishi uchun unga bino va kerakli asbob-uskunalarni ijaraga olish, ish kuchi, mato, tugmalar va boshqa ashyolarni sotib olish uchun oyiga 20 000 Bolgariya levi kerak bo'ladi, deb faraz qilaylik. Agar ishlab chiqaruvchi mingta ko'ylakning har birini 22 levdan sotsa, u oyiga 22 000 lev daromad, ya'ni 2000 lev foyda oladi. Ko'ylak ishlab chiqaruvchi oz'i va iste'molchi uchun boylik yaratdi. Iste'molchilar ishlab chiqarish xarajatlaridan yuqoriroq narx to'lashga roziliklari bilan ular uchun ko'ylaklar sarflangan resurslarning qiymatidan qadrliroq ekanligini bildiradilar. Ishlab chiqaruvchining foydasi u resurslarni qadrliroq mahsulotga aylantirish orqali ularning qiymatini oshirgani uchun oladigan mukofotdir. Ammo, ko'ylaklarga bo'lgan talab kamayib, donasi faqat 17 levdan sotilsa, ishlab chiqaruvchi 17 000 lev daromad oladi va oyiga 3000 lev zarar ko'radi. Bu zarar ishlab chiqaruvchining faoliyati ishlatilgan resurslarning qiymatini pasaytirishidan vujudga keladi. 43 Ko'ylaklarning, ya'ni yakuniy mahsulotning iste'molchilar uchun qiymati shu resurslardan ishlab chiqarish mumkin bo'lgan boshqa mahsulotlarning qiymatidan pastroq. Biz ko'ylak ishlab chiqarishda foydalanilgan resurslar boshqa mahsulotga aylantirilganda bu iste'molchilar uchun qadrliroq bo'lishini ular ongli ravishda anglaydi demoqchi emasmiz. Biroq, ular tanlovlarining jami shu ma'lumotni va shu bilan bir qatorda zararni kamaytirishga bo'lgan rag'batni ishlab chiqaruvchiga yetkazadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida zararlar va korxona muvaffaqiyatsizliklari doimiy munosabatda bo'lib samarasiz faoliyatlarni (misol uchun, ko'ylaklarni tannarxidan arzonroq sotish) to'xtatishga xizmat qiladi. Zararlar va korxona muvaffaqiyatsizligi resurslarni ko'proq qadrlanadigan boshqa tovarlarni ishlab chiqarishga yo'naltiradi. Garchi korxonaning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ko'pincha uning egalari, investorlar va ishchilar uchun alamli voqea bo'lsada, buning ijobiy tomoni ham bor. Bo'shagan resurslarni boylik yaratuvchi boshqa loyihalarga yo'naltirish mumkin. Mamlakat resurslari — yer, binolar, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan foydali tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalanilsa, xalq farovonligini oshadi. Vaqtning istalgan biror nuqtasida amalga oshirish mumkin bo'lgan potensial investitsiya loyihalarining soni cheksizdir. Ushbu investitsiyalarning ba'zilari resurslardan iste'molchilar uchun qiymati tannarxiga nisbatan yuqoriroq bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish orqali resurslarning qiymatini oshiradi. Bularning barchasi iqtisodiy taraqqiyotga ko'maklashadi. Boshqa investitsiyalar esa resurslarning qiymatini kamaytirib, iqtisodiy taraqqiyotni sekinlashtiradi. Agar biz mavjud resurslardan samarali foydalanishni istasak, qiymatni oshiruvchi loyihalar rag'batlantirilib, resurslardan samarasiz foydalanadigan loyihalar bartaraf etilishi kerak. Aynan shu vazifani foyda va zarar bajaradi. Biz iste'molchilarning didlari va texnologiya tez-tez o'zgarib turuvchi, axborotlar nomukammal va noaniqliklarga to'la dunyoda yashaymiz. Korxona egalari kelajakda bozor narxlari yoki ishlab chiqarish xarajatlari qanday o'zgarishini aniq bilmaydilar. Ularning qarorlari taxminlarga asoslangan. Biroq bozor iqtisodiyotining mukofot va jarimalar tuzilmasi bizga ayon. Samarali ishlab chiqara oladigan hamda tovar va xizmatlarga tannarxidan yuqoriroq narxlarda iste'molchlarni jalb qilishni oldindan to'g'ri ko'ra oladigan tadbirkorlar (?) muvaffaqqiyat qozonadilar. Aksincha, resurslarni talab kam bo'lgan tovar va xizmatlarni ishlab 44 chiqarishga samarasiz taqsimlagan korxona rahbarlari zarar ko'radilar va moliyaviy qiyinchiliklarga duch keladilar. Garchi bozor jarayonida uchrab turadigan korxona muvaffaqiyatsizligi gohida tanqid ostiga olinsada, ushbu mukofot va jarimalar tuzilmasi bozor tizimi ravnaqining asosini tashkil qiladi. Shunisi qiziqki, dastlab omadsizlikka uchragan tadbirkorlarning ko'pi vaqti kelib katta muvaffaqiyat qozonadilar. Bunga Stiv Jobs misol bo'ladi. 1985-yilda Apple kompaniyasidan ketganidan so'ng, Jobs o'zi o'ylagan reja bo'yicha shaxsiy kompyuterlarning keyingi avlodini ishlab chiqarishga moslashgan neXT kompaniyasini tashkil qildi. Korxona qiyinchiliklarga duch keladi. Ammo Jobsga bu tajriba yaxshi dars bo'ldi. U 1997-yilda Apple kompaniyasiga qaytib, tez orada bozorda katta muvaffaqiyat qozongan iPhone, iPad va boshqa innovatsion mahsulotlarni taqdim etdi. Bulardan xulosa aniq: foyda korxona investitsiyasini iqtisodiy taraqqiyotga olib keluvchi samarali loyihalarga yo'naltiradi, zarar esa resurslarni samarasiz loyihalarga yo'naltirilishining oldini oladi. Bu o'ta muhim vazifadir. Ushbu vazifani bajara olmaydigan iqtisodiy tizim stagnatsiya (?) yoki undan ham yomonroq ahvolga tushadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling