James d. Gwartney
Video: Eng kam ish haqi — bu yaxshi g'oyami yoki yomon?
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Video:
Eng kam ish haqi — bu yaxshi g'oyami yoki yomon? Davlat boshqaruvi, ayniqsa, mehnat bozorlarida (?) muhim. Ko'p mamlakatlardagi qonunlar turli faoliyatni amalga oshirishda shartnomalardan yoki erkin kelishuvlardan foydalanishga to'sqilnlik qiladi. Ishdan bo'shatish tartiblari bunga misol bo'ladi. Bir qator Yevropa mamlakatlarida ish kuchini qisqartirishni xohlagan ish beruvchilardan quyidagilar talab etiladi: (1) davlat muassasalaridan ruxsat olishi; (2) ishdan bo'shatiladigan xodimlarga oylab oldin ogohlantirish va (3) ishdan bo'shatilgan xodimga bir necha oy haq to'lashni davom ettirish. Bu qoidalar ishchilarning mafaatini ko'zlagandek ko'rinishi mumkin, ammo ikkilamchi ta'sirlarni ham hisobga olish zarur. Ishchilarni bo'shatishini qimmat qiluvchi qonunlar ularni yollashini ham qimmatlashtiradi. Ishdan bo'shatishning qimmatligi sababli, ish beruvchilar qo'shimcha ishchilarni ikkilanib ishga oladilar. Natijada, yangi ish kuchining ish topishi qiyin kechadi va bandlikning o'sishi sekinlashadi. Bu holat mehnat bozorlari Qo'shma Shtatlariga nisbatan ko'proq nazorat qilinadigan bir qator Yevropa mamlakatlariga xos. Bunday davlat boshqaruvi Italiya, Ispaniya va Frantsiya kabi G'arbiy Yevropa mamlakatlarida ishsizlik darajasi Qo'shma Shtatlariga qaraganda oxirgi ikki o'n yillik davomida kamida 4 yoki 5 foizga yuqori bo'lganligining asosiy sababi hisoblanadi (27) . Jons Hopkins Universiteti professori Stiv Hankening tadqiqotlariga ko'ra, 2010–2015-yillarda eng kam ish haqi qonunan tartibga solingan YI mamlakatlarida ishsizlik darajasi eng kam ish haqi tartibga solinmagan YI mamlakatlariga qaraganda 50 foizga yuqori bo'lgan. Post-kommunist Rossiya eng kam ish haqi ta'sirini o'rganishga ajoyib misol bo'ladi. 2007-yilda mamlakatda federal eng kam ish haqi miqdori ikki barobardan ko'proqqa (ba'zi hududlarda esa bundan ham ko'proqqa) oshirildi. Natijalarga qaraganda bu yoshlar bandligini oshishiga va noqonuniy bozor miqyosini kengayishiga sabab bo'ldi (28) . Ishga qabul qilish va bo'shatish bo'yicha qonunlar Yevropaga nisbatan Qo'shma Shtatlarida uncha cheklanmagan bo'lsada, kasbiy faoliyatni litsenziyalash (?) ham Qo'shma Shtatlarida, ham Yevropa Ittifoqida mehnat bozoridagi jiddiy cheklov bo'lib qolmoqda. 94 Qo'shma Shtatlaridagi kasbiy faoliyatni litsenziyalash asosan shtatlar darajasida amalga oshiriladi. Litsenziya olish uchun oz miqdordan juda yirik miqdorgacha bo'lgan to'lovni amalga oshirish, 6 oydan to 12 oygacha mashg'ulot kurslarida o'qish va sinovlardan o'tishni talab etiladi. 1970-yildagi yaqin o'tmishda 15 foizdan kamroq Amerikaliklar litsenziya talab etiladigan ishlarda faoliyat yuritgan. Bugunga kelib bu raqam 30 foizga yaqinni tashkil etadi va u o'sishda davom etyapti. 1980-yilning o'rtalarida kamida bitta shtat 800 dan ortiq kasbiy faoliyatni litsenziyalagan. Litsenziyalash, ijroni ta'minlash va tartibga solish bo'yicha Kengash ma'lumotlariga qaraganda, bugun 1100 dan ortiq faoliyat turi uchun litsenziya talab etiladi. Garchi ushbu talablar soni va ta'siri a'zo mamlakatlar o'rtasida katta farq qilsada, yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlar Yevropa Ittifoqidagi (YI) ishchilarning qariyb 22 foizi kasbiy faoliyatini litzenziyalash bo'yicha talablarni bajarishga majbur ekanligini ko'rsatdi. Bu ko'rsatkich Germaniyada eng yuqori bo'lib, u 33 foizga teng. Hisoblarga ko'ra, 2017-yilda litzenziyalash YIning tegishli sanoat tarmoqlaridagi ish o'rinlarini deyarli 700 000ga kamaytirgan. Aynan o'sha hisobotga ko'ra, cheklovchi litsenziyalash oqibatidagi bozor darajasidan yuqori bo'lgan ish haqi esa YI hududida daromad tengsizligini oshirgan (29) . Litsenziyalash tarafdorlari iste'molchilarni qalbaki va xavfli bo'lishi mumkin bo'lgan mahsulotlardan himoya qilish zarurligini o'qtiradilar. Biroq litsenziyalash talab qilingan ko'p amaliyotlarning jamoat xavfsizligi yoki iste'molchini himoya qilishga a'loqasi yo'q (30) . Misol uchun, bir yoki bir necha shtatlarda quyidagi faoliyatlarga litsenziya talab qilinadi: interyer dizayneri, vizajist, gul sotuvchisi, soch turmaklash ustasi, shampun mutaxassisi, dietolog, xususiy detektiv, sport treneri, sayyohlik gidi, eshitish moslamasini o'rnatuvchi mutaxassis- audiolog, dafn marosimi xizmatchisi, tobut sotuvchi, hattoki sassiqkuzan yetishtiruvchi va folbinlik. Litsenziyalashga talab kamdan-kam hollarda iste'molchi guruhlardan chiqadi. Aksincha, u deyarli doimo ushbu sohalarda allaqachon ishlayotgan shaxslardan chiqadi. Bu iqtisodchilar uchun ajablanarli hol emas, chunki litsenziyalashdan asosan amaldagi kasb egalari manfaatdor bo'ladi. Ko'p litsenziyalashgan sohalarda yuqori darajada faoliyat ko'rsatish uchun shaxslar malakalarini ish jarayonidan va soha mutaxassislari bilan yonma-yon ishlash orqali oshirishlari mumkin. Litsenziyalash talablari shaxslarga o'zlari istagan kasb-hunarni egallash uchun 95 yuqoridagi uslublar bilan malaka oshirishlarini taqiqlaydi. Litsenziyalash, ayniqsa, uzoq rasmiy tayyorlov kurslarida o'qishni va katta to'lovlarni talab qilsa, litsenziyalashgan amaliyotchilar tovar va xizmatlarining hajmini kamaytirib, ularning narxlarini oshiradilar. Faoliyat yuritayotgan amaliyotchilar iste'molchilar va litsenziyasi yo'q bo'lg'usi ishlab chiqaruvchilar hisobidan manfaat ko'radi. Litsenziyasiz ishlab chiqaruvchilarning ish topish imkoniyati kamayib, kutilgan savdo manfaati amalga oshmaydi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling