James d. Gwartney


institutlar (?) kapital bozori faoliyatida muhim rol o'ynaydi. Kichik biznes egalari, korporativ aksiyadorlar


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

institutlar
(?)
kapital bozori faoliyatida muhim rol o'ynaydi.
Kichik biznes egalari, korporativ aksiyadorlar
(?)
va venchur kapitalistlar
(?)
kabi
xususiy investorlar kapital bozorida o'z mablag'larini tavakkal qiladilar. Biroq, investorlar ham
gohida xatoga yo'l qo'yadi. Ba'zan ular amalga oshirgan loyihalar muvaffaqiyatsizlik bilan
yakun topadi. Agar investorlar bunday tavakkal qilmaganda edi, ko'p g'oyalar sinovdan o'tmay
qolgan va ko'plab samarali, lekin qaltis loyihalar amalga oshmagan bo'lar edi.
Internet xizmatlarining rivojlanishida tadbirkorlik, tavakkal qilish va kapital bozorining
rollarini ko'rib chiqaylik. 1990-yillarning o'rtalarida Kaliforniyadagi Stenford universiteti
aspirantlari Sergey Brin (Rossiyadan kelgan immigrant) va Larri Peyj Internetdan ma'lumot
izlashni yengillashtirish bo'yicha ilmiy loyiha ustida ishlayotgan edilar. Ularning kelajakda
muvaffaqiyatli tadbirkor bo'lishiga ishonish qiyin edi. Biroq, 1998-yilda Brin va Peyj Google
Inc. ga, ya'ni reklama orqali daromad ko'radigan tekin Internet xizmatlari bo'yicha biznesga
asos soladilar. Ular yaratgan kuchli ma'lumot izlovchi Internet xizmati kundalik ravishda
millionlab shaxslar va korxonalarning unumdorligini oshiradi. Ular katta boylikka erishdilar va
Google yaxshi tanilgan kompaniyaga aylandi. 2018-yilda uning 85 000 dan ortiq xodimi
(uning ota kompaniyasi Alphabetni hisobga olganda) bo'lgan. Oxirgi o'n yilda eBay va


98
Amazon kabi boshqa Internet-kompaniyalar ham foyda olib, jadal o'sdi.
Biroq, bir qator Internet xizmatlari bo'yicha boshqa yangi korxonalarning taqdiri
o'zgacha yakunlandi. Broadband Sport va eVineyard kabi ko'plab «dot-com» larning
daromadlari xarajatlarini qoplashga yetarli bo'lmaganligi sababli, bankrot bo'ldi. Bu
korxonalarning katta umidlari puchga chiqdi.
Noaniqlik dunyosida muvaffaqiyatsiz investitsiyalar yangi texnologiyalar va
mahsulotlarni yaratish uchun to'lanadigan kerakli haqdir. Biroq, bunday muvaffaqiyatsiz
loyihalar aniqlanib, ular to'xtatilishi kerak. Bozor iqtisodiyotida ushbu vazifani kapital bozori
amalga oshiradi. Agar korxona zarar ko'rishda davom etsa, oxir-oqibatda investorlar loyihani
to'xtatib, mablag'larining behuda sarflanishiga chek qo'yadi.
O'zgarishlar sur'atini va tadbirkorlik qobiliyatining xilma-xilligini hisobga olsak,
kapitalni taqsimlashda sog'lom qaror qabul qilish uchun bitta rahbarning, sanoatni
rejalashtirish qo'mitasining yoki davlat muassasasining zehn-qobiliyati yetarli emas.
Investitsiya mablag'larini farovonlikni oshirishga mo'ljallangan loyihalarga uzluksiz
yo'naltiradigan mexanizmni xususiy kapital bozorisiz yaratishning iloji yo'q.
Nega? Agar sarmoya bozor tizimi o'rnida davlat tomonidan taqsimlandanga, butunlay
boshqa omillar harakatga keladi. Loyihalarning qaysi biri tanlanishini bozor printsipiga
asoslangan daromad emas, balki siyosiy ta'sir belgilaydi. Farovonlikni oshiradigan emas, balki
uni pasaytiradigan investitsiya loyihalarining ehtimoli oshadi. Siyosiy qarorlar ta'mirlash bilan
bo'gliq faoliyatdan ko'ra yangi loyihalarni qo'llab-quvvatlashga ham moyil. Avtomagistralning
ochilish marosimi o'nqir-cho'nqir yo'lni ta'mirlashga nisbatan ko'zga ko'proq ko'rinadi.
Sovet davridagi markazlashgan rejalashtirishga asoslangan sotsialistik mamlakatlarning
tajribasi bu nuqtai nazarni izohlaydi. Qirq yil davomida (1950–1990-yillar) ushbu
mamlakatlardagi investitsiya darajasi dunyodagi eng yuqorilardan biri hisoblangan. Markaziy
rejalashtirish organlari milliy daromadning deyarli uchdan bir qismini kapital qo'yilmalariga
yo'naltirgan. Biroq investitsiyaning bunday yuqori darajasi ham turmush sharoitini uncha
yaxshilamadi, chunki loyihalarni moliyalashtirish iqtisodiy emas, balki siyosiy nuqtai nazardan
kelib chiqib belgilanar edi. Resurslar ko'pincha iqtisodiy muvofiq bo'lmagan loyihalarga
sarflangan va muhim siyosiy rahbarlar katta siyosiy ahamiyatga («nufuzga ega») ega
investitsiyalarni qo'llab-quvvatlagan. Taqsimot muammosini ikki misolda ko'rsa bo'ladi. Stalin


99
Oq dengiz kanalini qurishga undagan, lekin uning belgilagan bema'ni vaqt jadvaliga binoan,
kanal juda sayoz va foydasiz bo'lib chiqqan. Xrushchevning Qozog'istonni Amerika va Kanada
dashtlari darajasida bug'doy yetishtirishga yetkazish kampaniyasi natijasida keng ko'lamli
sug'orish loyihalari vujudga keldi. Bu esa, o'z navbatida, Orol dengizining qurishiga olib
keldi
(31)
.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling