James d. Gwartney
Video: Erkinlik ovozi va xalqaro savdo
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Smut-Houli tarifi
Video:
Erkinlik ovozi va xalqaro savdo Buning ustiga, agar po'latni, masalan, chet elda ishlab chiqarish arzonroq bo'lsa va u cheklovlarsiz import qilinsa, buning oqibatida ishini yo'qotgan ishchilarga yetkazilgan zararni tushunish oson. Aksincha, savdoni erkinlashtirishdan naf ko'rganlarga uning foydasi uncha ko'zga tashlanmaydi. Savdo cheklovlari sharoitlarida mantiqiy iqtisodiy fikrlash ko'pincha g'olib siyosiy strategiya bilan to'qnashadi. Tarixdan ma'lumki, savdoga qarshi munosabat xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. 1920-yillarning oxirlarida iqtisodiy rivojlanish sekinlashishi bilan savdoga salbiy munosabat paydo bo'ldi. Bu 1930-yilning o'rtasida Qo'shma Shtatlarida Smut-Houli tarifi (?) qonunining qabul qilinishiga olib keldi. Bu qonunga asosan deyarli 3200 ta import mahsulotlariga 50 foizdan ko'proq tariflar joriy qilindi. Prezident Gerbert Guver, senator Rid Smut, kongressmen Uillis Houli va boshqa qonun tarafdorlari yuqori tariflar iqtisodiyotni rag'batlantiradi va ish o'rinlarini saqlab qoladi deb ishonganlar. Houli buni quyidagicha ifodalagan edi: «Men Amerika iste'molchilari uchun Amerika tovarlarini Amerikalik ishchilar ishlab chiqarishini ko'rishni istayman» (47) . Garchi bu so'zlar qanchalik ajoyib eshtilmasin, natija butunlay boshqacha bo'lgan. Tarif darajasining ko'tarilishi xorijiy mahsulot ta'minotchilarini g'azablantirdi va 60 mamlakat Amerika mahsulotlari uchun yanada yuqori tariflar bilan javob qaytardi. Xalqaro savdo qisqarishi bilan Qo'shma Shtatlarida ishlab chiqarish hajmi ham kamaydi. 1932-yilga kelib, Qo'shma Shtatlarining savdo hajmi qonun qabul qilinishidan oldingi darajadan ikki barobardan ko'proqqa kamaydi. Savdodan olinadigan manfaatlar qo'ldan boy berildi, federal byudjetga tarifdan tushumlar kamaydi, ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajasi pasaydi hamda ishsizlik 129 darajasi keskin oshdi. Smut-Houli qonuni qabul qilinganda ishsizlik darajasi 7,8 foizni tashkil etgan bo'lsa, atigi ikki yil o'tib, u 23,6 foizgacha ko'tarildi. 1929-yil oktabridagi zararni Smut- Houli qonuni qabul qilinguncha butunlay qayta tiklagan fond bozori (?) , qonun qabul qilingandan keyingi oylar ichida yana quladi. Mingdan ortiq iqtisodchilar prezident Guverga yozgan ochiq xatida Smut-Houli qonunining salbiy oqibatlari to'g'risida ogohlantirganlar va qonunni imzolamaslikni so'raganlar. U ularning murojaatini rad etadi, lekin tarix ularning haq ekanligini ko'rsatdi. Pul massasining keskin qisqarishi hamda 1932 va 1936-yillarda soliqlarning keskin ko'tarilishi kabi omillar Buyuk depressiyaga o'z hissasini qo'shdi. Ammo savdo to'g'risidagi Smut-Houli qonuni ham o'sha davrdagi fojiali voqealarning asosiy sabablaridan biri bo'lgan. Tarix yana takrorlanadimi? Umid qilamizki yo'q, lekin 1930-yillar tajribasi siyosiy safsatalar va savdoga salbiy munosabat fojiali oqibatlarga olib kelishini ko'rsatadi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling