Empirik model asosida hisoblangan kuzgi bugʻdoy hosil natijalari


Download 20.26 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi20.26 Kb.
#1789618
  1   2   3   4
Bog'liq
Empirik model asosida hisoblangan kuzgi bugʻdoy hosil natijalari


Empirik model asosida hisoblangan kuzgi bugʻdoy hosil natijalari
Bugʻdoy butun dunyo boʻylab yetishtiriladigan asosiy don ekinlaridan biri boʻlib, butun dunyodagi millionlab odamlar uchun asosiy kaloriya va ozuqaviy manba hisoblanadi. Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va oziq-ovqat taqchilligini bartaraf etish boʻyicha sogʻlom, samarali strategiyalar va siyosatlarni ishlab chiqish, global oʻsimlik yetishtirishni oʻz vaqtida va toʻgʻri hisoblash muhim ahamiyatga ega.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.02.2021 da qabul qilingan PQ-5009
“Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra “ Qishloq xoʻjaligi tarmogʻi statistikasining shaffof mexanizmini yaratish yoʻnalishida Qishloq xoʻjaligi vazirligi quyidagilarni nazarda tutuvchi 2021-yilda sohada axborot texnologiyalarini rivojlantirish choralarini koʻrsin:
yerdan foydalanuvchilar reyestri boʻyicha 3 mln gektardan ortiq sugʻoriladigan yerlarning monitoringini yoʻlga qoʻyish;
5 turdagi asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining (paxta, gʻalla, sholi, kartoshka, moyli ekin) ekilishini kosmik sur’atlar yordamida tahlil qilish;
“ArcGIS” dasturi yordamida qishloq xoʻjaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilinishini ta’minlash;
yer maydonlari va tuproq tarkibi toʻgʻrisidagi axborotlar, ekinlarni joylashtirish, maqbul agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha va boshqa ilmiy-innovatsion yutuqlar va ilgʻor tajribalarni muntazam taqdim etish;
ustuvor qishloq xoʻjaligi mahsulotlari haqida bozor ma’lumotlarini keng ommaga ochiq taqdim etish;
yagona integratsion platformani axborot xizmatlari bilan boyitish, jumladan kadastr, ob-havo ma’lumotlari, arizalarni elektron rasmiylashtirish tizimi, kreditlash va subsidiyalash, agroxizmatlar, agroskouting xizmati, fitosanitariya xizmatlari, monitoring xizmatlari va boshqa qishloq xoʻjaligi jarayonlarini kuzatish tizimini joriy etish;
milliy geoaxborot tizimi bilan integratsiya qilish, yer va suv resurslari boʻyicha uzluksiz ma’lumotlar almashinuvini ta’minlash”[3] masalalari alohida band sifatida qayd qilingan boʻlib, ushbu vazifalarni amalda qoʻllash qishloq xoʻjalik sohasi uchun muhim ekanligidan dalolat bermoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarda qilingan ishlarni tahlil qilish maqsadga muvofiq boʻladi.
Kanzasda bugʻdoy hosildorligini prognoz qilishda empirik, umumlashtirilgan yondashuvni ishlab chiqish uchun NASAning MODIS da ishlab chiqilgan yangi BRDF tomonidan toʻgʻirlangan, kundalik sirtni aks ettiruvchi ma'lumotlar toʻplamini batafsil rasmiy ekin statistikasi bilan birlashtirilgan. Ushbu tadqiqotning birinchi bosqichi Kanzasda kuzgi bugʻdoy ishlab chiqarishni prognoz qilish uchun regressiyaga asoslangan modelni ishlab chiqish va baholash edi. Keyinchalik bu regressiyaga asoslangan model toʻgʻridan-toʻgʻri Ukrainada kuzgi bugʻdoy ishlab chiqarishni prognoz qilish uchun qoʻllanilgan. Kanzasdagi ishlab chiqarish prognozlari USDA/NASS ma'lumotlariga 7% xatolik bilan yaqindan mos kelgan. Model Ukrainada kuzgi bugʻdoy yetishtirishni yigʻib olishdan olti hafta oldin rasmiy ma'lumotlarning 10 foizida bashorat qilgan. MODISdan olingan yangi ma'lumotlardan foydalangan holda, bu usul sodda, ma'lumotlarga boʻlgan talablari cheklangan va tuproq boʻyicha minimal ma'lumotlar mavjud boʻlgan hududlarda kuzgi bugʻdoy yetishtirish tanqisligi va yigʻim-terim oldidan ortiqcha miqdori haqida ma'lumot berishi mumkin[23].
Empirik model asosida hosilni hisoblash uchun Google Earth Engine dasturidan Sentinel 2 dun’iy yoʻldoshi tasvirlarini qayta ishlash orqali amallar bajarildi. Sentinel 2 sun’iy yoʻldoshidan olingan ma’lumot orqali kuzgi bugʻdoy hosilini aniqlash uchun Google Earth Engine dasturiga quyidagicha kodlar kiritiladi:

Download 20.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling