James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
chiqarishga
(?) olib kelib, «sariyog'li tog'» degan mashhur ifodaning kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Qo'shma Shtatlarining sut mahsulotlari fermerlari uchun mo'ljallangan davlat loyihalari sut narxini yuqori darajada ushlab turadi, lekin ayni paytda davlat qimmat sutni arzonlashtirish maqsadida maktab tushlik loyihasiga subsidiya ajratadi. Hindistonning oziq-ovqat subsidiya loyihasi ham iste'molchilar, ham ishlab chiqaruvchilarga manfaat keltirishga qaratilgan. Natijada, Hindiston donni iste'molchilarga sun'iy past narxlarda ratsion qilgan paytning o'zida ortiqcha don yetishtirilish bilan bog'liq ziddiyatga duch kelgan, chunki davlat fermerlarga yuqori narx to'lagan. (Atrof-muhit uchun zararli bo'lsa ham, fermerlarga qishloq xo'jaligi resurslari — elektr energiyasi, suv va o'g'it uchun subsidiyalar ajratiladi). Davlat chirishni boshlagan guruch va bug'doyning katta zahiralarini sotib olgan, lekin iste'molchilarga mo'ljallnagan cheklangan miqdordagi don korruptsiya va qashshoqlarga yordam berish maqsadiga zid uslublari bilan taqsimlanadi (79) . Jahon mamlakatlari baliqchilik uchun yiliga jami 30 milliard dollar subsidiya ajratib, uning 60 foizi barqaror bo'lmagan zararli amaliyotni bevosita qo'llab-quvvatlaydi. 2012-yilda bozor tizimining buzilishi dunyo iqtisodiyotiga 83 milliard dollarga tushdi (80) . 2015 va 2016-yillarda Katta yettilik mamlakatlari (G7) shamol va quyosh energiyasini keng ko'lamda sibsidiyalash bilan bir qatorda neft, benzin va ko'mirni ishlab chiqarish hamda iste'mol qilish uchun yilida kamida 81 milliard dollar moliyaviy yordam sifatida va 20 milliard dollar davlat puli sifatida ajratgan. 2019-yilda Buyuk Britaniya organik yoqilg'i ishlab chiqarishni qo'llab-quvvatlash uchun 12 milliard yevro va ularga raqobatchi bo'lgan muqobil energiya sektorini qo'llab-quvvatlash uchun 8,3 milliard yevro sarflashi kutilmoqda edi. Endi Hindistonga qaytaylik. Atrof-muhit ifloslanishini boshqarish organi (EPCA) tomonidan ifloslanishga qarshi ishlab chiqilgan keng qamrovli chora-tadbirlar rejasida siqilgan tabiiy gazdan (CNG) foydalanishni rag'batlantirmaslik kerakligi aytilgan, 204 chunki u: «azot oksidi chiqindilarining asosiy manbai va, shuningdek, havoda zararli moddalar (PM1) miqdorini ko'paytirishi mumkin.» Ushbu pozitsiya shaharni jamoat transportini SNGga jadal ravishda o'tkazish jarayoni to'g'risida ma'lumot berishni talab qiladigan Dehlining ifloslanishni nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilgan 42 moddadan iborat bo'lgan harakat rejasiga (2015-yil) to'g'ridan-to'g'ri ziddir. Umuman olganda, qarama-qarshi siyosatlar, bir tomondan, iqtisodiyot uchun ma'suliyatni fuqarolar va unumdorlikka qo'yadigan bozorni tartibga solish tizimi va, boshqa tomondan, siyosiy manfaat keltiradigan ma'lum sanoat va firmalarga imtiyozlar beradigan davlatning iqtisodiyotdan foydalanish tizimi o'rtasidagi ziddiyat natijasida yuzaga keladi. Iqtisodiy tahlillar shuni ko'rsatadiki, davlat rejalashtirishining keng qo'llanilishi iqtisodiy samarasizlikka va urug'-aymoqchilikka olib keladi. Agar davlat mulozimlari nimani xarid qilish yoki sotishni hal qilsa, yoki ularning narxini o'rnatsa, birinchi xarid qilinishi yoki sotilishi mumkin bo'lgan narsa bu saylangan mulozimlarning ovozidir. Agar korxonalar iste'molchilarga qaraganda davlatdan ko'proq mablag' olsa, ular xarajatlarni kamaytirish va iste'molchilarni qoniqtirishga harakat qilishdan ko'ra siyosatchilarga ta'sir ko'rsatishga ko'proq vaqt sarflaydilar. Kutilganidek, bozor printsiplarini siyosiy qarorlar bilan almashtirish iqtisodiy tanazzulga olib keladi va Ukrainada tug'ilgan Lyudvig fon Mizes so'zlari bilan aytganda, «odamzodning boshiga tushgan eng yovuz balolar yomon davlat boshqaruvi tufayli yetkazilgan» (81) . 205 KIM CHEN IN SHIMOLIY KOREYA SAYLOVLARIDA 100% OVOZ BILAN G'OLIB CHIQDI «SAYLOVLAR» Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling