James d. Gwartney


Raqobat va tashqi tayanchlar muhimdir


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Raqobat va tashqi tayanchlar muhimdir
Raqobat intizomiy kuchdir. 
Bozorda
tadbirkorlar iste'molchi sadoqati uchun
kurashadilar. Agar korxonalar mijozlarga
yaxshi xizmat ko'rsata olmasa, ular
mijozlarni yaxshiroq xizmat ko'rsatuvchi
raqobatchilarga 
yutqazadilar. 
Raqobat
mijozlarni 
yuqori 
narxlar, 
sifatsiz
mahsulotlar, 
yomon 
va 
qo'pol
xizmatlarlardan himoya qiladi. Bu xususiy
sektorga taalluqli ekanligini deyarli barcha
yaxshi biladi. Afsuski, davlat sektorida
raqobatning ahamiyati ko'pincha e'tibordan
chetda qoladi.
Avvalgi 
elemetlardan 
bizga
ma'lumki, 
davlat 
muassasalari 
va
korxonalari 
yuz 
keladigan 
rag'batlar
tuzilmasi 
samarali 
faoliyatni 
uncha
ko'maklamaydi. 
Davlat 
muassasa 
va
korxonalar samaradorligini baholash uchun
fuqarolar foyda va zarar singari ko'rsatkichlarga ega emas. Shu sababli davlat korxona
rahbarlari o'z iqtisodiy samarasizliklarini ko'pincha e'tibordan chetda qoldira oladilar. Ularda
xarajatlarni nazorat qilishga rag'bat mavjud emas. Agar davlat muassasi joriy yilga
rejalashtirilgan byudjet mablag'larini sarflay olmasa, uning keyingi yil uchun ko'proq mablag'
talab qilishga asosi kamayadi. Shuning uchun byudjet davri oxirida davlat muassasalari qolgan
ELEMENT 3.10
Davlat boshqaruvidagi raqobat bozordagi raqobat kabi muhim.


206
mablag'larni tezroq sarflashga harakat qiladilar.
Davlat sektoridagi rag'batlarning shunday tuzilmasi sababli davlatni iloji boricha
raqobatga duch keltirish juda muhimdir. Agar mavjud resurslardan oqilona foydalanishni
istasak, xususiy korxonalar davlat muassasalari hamda korxonalari bilan teng sharoitlarda
raqobat qilishiga ruxsat berilishi lozim. Misol uchun, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish
bo'limlari, bosmaxonalar, umumiy ovqatlanish shaxobchalari, axlatni yig'ishtirish xizmatlari,
ko'chalarni obodonlashtirish bo'limlari, maktablar va shu kabi davlat muassasalari faoliyat
yuritadigan sohalarda xususiy korxonalarga, ayniqsa agar siyosiy favoritizm yoki hatto
poraxo'rlikni chetlashga e'tibor qaratilsa, raqobat qilish imkoniyatini osonlik bilan berish
mumkin. Raqobat davlat va xususiy sektorlarda ish faoliyati unumdorligini oshirishga,
xarajatlarni qisqartirishga va innovatsion hatti-harakatlarni rag'batlantirishga ko'maklashadi.
Markazlashmagan davlat ma'muriy hududlari o'rtasidagi raqobat, masalan, AQSH va
Germaniyada shtatlar o'rtasidagi, boshqa mamlakatlarda viloyatlar o'rtasidagi hamda mahalliy
(munitsipal) hokimiyat organlari o'rtasidagi raqobat fuqarolarni davlat ekspluatatsiyasidan
himoya qiladi. Agar aholi davlat xizmatlari va soliqlar darajasi ularga ma'qul bo'lgan boshqa
hududlarga erkin ko'cha olsa, davlat fuqarolarga nisbatan mustabid siyosatini olib bora
olmaydi. Albatta, xuddi baqqolni almashtirgandek yashash joyini o'zgartirish oson emas. Biroq
agar davlat vazifalari ko'proq nomarkazlashtirilgan bo'lsa, fuqarolarning «oyoqlari bilan ovoz
berishi», ya'ni o'zlariga ma'qul hududlarga ko'chib ketishi ham osonroq bo'ladi. Bundan
tashqari, ko'chishni istamaganlar esa quyi hokimiyat o'rtasidagi raqobatdan yutadi. Ba'zi aholi
qatlamining davlat boshqaruvi samaraliroq bo'lgan joylarga ko'chishi va boshqalarning ham
shunga ergashishi mumkinligi davlat organlarini fuqarolar muammolariga e'tiborliroq bo'lishga
undaydi.
Shuningdek, nomarkazlashtirish
(?)
aholi o'ziga ma'qul davlat xizmatlarini tanlashiga
imkoniyat yaratadi. Odamlarning uy-joy yoki avtomobil xarajatlari bir-biridan farq qilganidek,
ularning davlat xizmatlari uchun ham qancha xarajat qilish kerakligi to'g'risidagi fikrlari farq
qiladi. Ba'zilar ko'proq davlat xizmatini istaydi va buning uchun ular kattaroq soliq to'lashga
tayor. Kimlardir soliqlarni pasaytirishni va davlat xizmatlarini cheklashni ma'qul ko'radi. Agar
ba'zilar davlat xizmatlarini soliqlar hisobidan moliyalashtirishni xohlasa, boshqalar asosan
iste'molchi to'lovlari hisobidan moliyalashtirishni ma'qul ko'radi. Markazlashmagan siyosiy


207
tizim doirasida odamlar davlat xizmatlari va soliqlar bo'yicha hamfirklar bilan birlashib,
o'zlariga ma'qul bo'lgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini qo'lga kiritishlari
mumkin.
Bundan tashqari, aholining nomarkazlashtirilgan hududlar o'rtasidagi erkin harakati
samaradorlikka ko'maklashadi. Agar davlat soliqlarni oshirib, biroq shunga mutanosib davlat
xizmatini ta'minlamasa va boshqaruvni haddan tashqari kuchaytirsa, soliq bazasini tashkil
qiluvchi ba'zi shaxs va korxonalar ko'chib ketishi mumkin.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling