James d. Gwartney


O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

O'z qiyosiy ustunligingizni aniqlang
Qiyosiy ustunlik printsipidan ko'pincha xalqaro savdoning turli mamlakatlar aholisi yuqori
turmush standartlariga erishishi uchun imkoniyat yaratishini tushuntirishda foydalaniladi. 1-
bob 4-elementda namoyish etilganidek, qiyosiy ustunlik qonuniga muvofiq ixtisoslashuv savdo
hamkorlariga ishlab chiqarish hajmini oshirishga va yuqori daromadlar darajasiga erishishga
imkon beradi. Qiyosiy ustunlik printsipi odamlar kasb va biznes imkoniyatlarini ko'rib
chiqishida ham ahamiyatga ega.
ELEMENT 4.1


230
Xuddi mamlakatlar kabi, odamlar ham ixtisoslashganda, ya'ni harakatlarini qiyosiy
ustunlikka ega faoliyatga qaratganda, yuqoriroq daromad darajalariga erishishlari mumkin.
Ko'nikmalaringiz va muqobil qiymat o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida bir o'ylab ko'ring. Bitta
keskin holatni ko'rib chiqaylik. Barcha ishlab chiqarish faoliyatlarida sizga teng keladigani
yo'q, deb faraz qiling. Shunday ekan, siz har bir faoliyat uchun vaqt ajratishga harakat
qilishingiz kerakmi? Yoki yana boshqa keskin holatni olaylik. Aytaylik, kimdir barcha faoliyat
turlari bo'yicha boshqalardan yomonroq. Bu shaxs hech narsada raqobat qila olmasligi sababli
ixtisoslashuvdan manfaat ko'ra olmaydimi? Ikkala savolga ham javob salbiy.
Qanchalik qobiliyatli bo'lishingizdan qat'i nazar, agar muqobil qiymatni hisobga olsak,
ba'zi faoliyat bo'yicha unumdorligingiz boshqalarnikidan kattaroq bo'ladi. Xuddi shunday,
ishlab chiqarish qobiliyatingiz qanchalik past bo'lishidan qat'i nazar, siz ayrim mahsulotlarni
boshqalardan arzonroq ishlab chiqara olasiz. Siz ayrim sohalarda muvaffaqiyatli raqobatlashib,
qiyosiy ustunlikka ega faoliyatlarga ixtisoslashuvdan foyda olishingiz mumkin.
Qiyosiy ustunligingiz sizning mutlaq qobiliyatingizga emas, balki nisbiy
qobiliyatingizga bog'liq. Masalan, Facebook asoschisi Mark Tsukerberg nafaqat kuchli va
muvaffaqiyatli novator va qobiliyatli tadbirkor, balki u kuchli kompyuter dasturchisi bo'lishga
zarur xususiyatlarga ham ega. Garvard yotoqxonasida ommabop ijtimoiy tarmoqni yaratishi
uchun juda ko'p dasturlashtirish qobiliyat kerak bo'lgan. Tsukerberg yuqori malakali
dasturlashtirish qobiliyatiga ega bo'lgan, lekin shunga qaramay uning qiyosiy ustunligi
Facebookning innovatsion ijtimoiy tarmoq xususiytalarini rivojlantirishida edi. Xuddi shu
kabi, Facebookdagi faoliyat yuritadigan kompyuter dasturchilarining qobiliyatlari
Tsukerbergnikidan pastroq bo'lishi mumkin, lekin ularning qiyosiy ustunligi boshqaruv (yoki
investorlar bilan ishlash) emas, baribir dasturlash bilan bog'liq.
Agar odamlar boshqalarga qadrli bo'lgan faoliyatda juda qobiliyatli bo'lsalar, ular
muvaffaqiyatliroq bo'ladilar. Bu Tsukerberg kabi odamlar aql bovar qilmaydigan darajada
daromad topish sabablarini izohlaydi. 2007-yilda, atigi 23 yoshida, u dunyoning eng yosh
milliarderiga aylandi
(92)
.
Ba'zilar ular bilan savdo qilgan ancha katta daromad oladigan odamlarda ustunlik
bordek tuyulish mumkin. Biroq, savdo ikkala tomon uchun ham manfaatli ekanligini yodda
tuting. Umuman olganda, siz bilan savdoga kirishgan odamlar (birov uchun ishlashda ham


231
savdo kerak) qanchalik muvaffaqiyatli va boy bo'lsa, siz bundan shunchalik manfaatdor
bo'lasiz, chunki xizmatingiz ular uchun muvaffaqiyatsizroq va puli kamroq odamlarga nisbatan
qadrliroqdir. Masalan, agar ushbu kitobning mualliflari ko'ngil ochar sanoatining agentlari
bo'lganda edi, ular boshqa musiqachilardan ko'ra Byork, Rolling Stounz yoki U2 uchun
ishlashni ma'qul ko'rgan bo'lar edi, chunki shunda ular ko'proq daromad olishi deyarli
shubhasiz.
Qilishingiz mumkin bo'lgan eng yomon narsa bu muvaffaqiyatga o'z harakatlaringiz va
tashabbusingiz bilan erisha olmaganingizning sababi o'zingizni jabrlanuvchi hizoblashingiz
yoki boshqalar bunga sizni ishontirishidir. Ba'zilar o'z faoliyatini boshqalarga nisbatan kamroq
ustunlik bilan boshlaydi, biroq ular ham agar harakat qilib, tafakkur bilan ish tutsa, katta
muvaffaqiytaga erishishi mumkin. Siz kasbiy rivojlanishni o'z qo'lingizga olib, qobiliyatingizni
rivojlantirishning eng ma'qul yo'lini rejalashtirishingiz va maqsadlarga erishish uchun bozor
hamkorligidan foydalanishingiz zarur. Sizning shaxsiy muvaffaqiyatingiz to'g'risida sizdan
ko'proq hech kim qayg'urmaydi. Hech kim ham sizning qiziqishlaringiz, qobiliyatingiz va
maqsadlaringiz to'g'risida yaxshi bilmaydi.
Biz odatda xarajatlarni iloji borija past darajada ushlab turish kerak deb hisoblaymiz.
Xarajatlar tanlov natijasida voz kechilgan imkoniyatning eng yuqori muqobil qiymatini
anglatishini esda tuting. Demak, mavjud muqobillar qancha jozibali bo'lsa, tanlovingizning
muqobil qiymati shinchalik baland bo'ladi. Talabalik davrida qo'shimcha pul ishlash uchun siz
«Starbucks»da ishlaganingiz ma'qulmi yoki universitet diplomini tezroq olish uchun
qo'shimcha kurs olganingiz ma'qulroqmi? Ikkalasi ham yaxshi tanlov. Bundan tashqari,
malakangiz oshishi bilan sizning imkoniyatlaringiz yanada yaxshilanadi, lekin tanlovlarni
tanlashning muqobil qiymati ham oshadi.
Aksincha, agar mavjud tanlovlaringiz soni kam bo'lsa, muqobil qiymat ham kamroq
bo'ladi. Masalan, kitob o'qishning muqobil qiymatini pasaytirishning samarali yo'li
qamoqxonada o'tirib chiqishdir, chunki u yerda to'rtta devorga qarab o'tirishdan boshqa yagona
imkoniyat kitob o'qishdan iborat. Bu albatta yomon taklif. U bir narsani bajarishning (siz
uchun juda ahamiyatli faoliyat) imkoniyat bahosini kamaytirish uchun boshqa ko'plab foydali
imkoniyatlardan voz kechishni talab etadi. Siz uchun imkoniyatlarning kamligi emas, balki
ko'pligi yaxshiroq.


232
Hayotda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'lish uchun yoshlarga yaxshi ta'lim olishlari
tavsiya etiladi. Yaxshi ta'lim sizning unumdorlik darajangizni va ish beruvchilarning sizga
to'lashi mumkin bo'lgan ish haqi miqdorini oshiradi. Bu sizning daromadingizni ko'paytiradi,
biroq shu bilan birga, bu keyinroq uchraydigan yaxshiroq imkoniyatlarga loyiq bolish umidida
sizga uchragan boshqa yaxshi ish takliflaridan voz kechishingiz kerakligini ham anglatadi.
Oqilona kasb tanlash faqat qo'lingizdan eng yaxshi keladigan narsalarni topishdan
iborat emas. Qiziqishlaringiz, ya'ni sizga eng mamnuyiat ulushadigan unumli faoliyatlar
nimalardan iboratligini ham kashf etishingiz nihoyatda muhimdir. Agar o'z ishingizdan
mamnun bo'lsangiz va uning muhimligiga ishonsangiz, unda uni ko'proq va yaxshiroq
bajarishdan quvonch topasiz. Demak, faoliyat bilan bog'liq qobiliyat va qiziqish qo'lma-qo'l
yuradi. Bundan tashqari, haqiqiy boylik shaxsiy mamnuniyatlik darajasi bilan o'lchanadi.
Masalan, ushbu kitobning mualliflari (iqtisodchilar) iqtisodiy muammolarga javob topishdan
hamda professional darajada dunyoning turli chekkalaridagi iqtisoyotlarni o'rganib chiqib,
bilgan narsalarini boshqalarga batafsil tushuntirib berishga harakat qilishdan zavq oladilar.
Hatto gohida ish vaqti uzoqqa cho'zilib ketganda ham, sarflangan soatlarning asosiy qismi biz
uchun yoqimli. Bizning mashg'ulotimiz hammaga ham to'g'ri kelavermaydi. Biroq, biz uchun,
qiziqishlarimiz tufayli faoliyatimizdan keladigan quvonch ishning ayrim ko'ngilsizlik
tomonlarini keragidan ortig'i bilan qoplaydi.


233

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling