James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
ELEMENT 4.11
Uy-joy sotib olish, ta'lim olish va boshqa investitsiyalar bo'yicha qarorlar qabul qilganda, riskni kamaytirish yo'llarini qidiring. 281 Qo'shma Shtatlarida bu miqdor kamida 20 foiz bo'lishi kerak. Agar boshlang'ich to'lov 20 foizdan kam bo'lsa, ipoteka krediti bo'yicha sug'urta to'lash kerak. Qarz beruvchining ipoteka sug'urtasi yoki ipoteka sug'urta qoplamasi deb ataluvchi bu sug'urta oylik to'lovingizni oshishiradi. Ipoteka krediti sug'urtasi qarz beruvchini qarz to'lanmaganligi natijasidagi zarardan himoya qiladi. U turli mamlakatlarda, jumladan, Buyuk Britaniya, Daniya va Avstraliyada keng tarqalgan. Har bir mamlakatning o'z sug'urta qoidalari bor, qancha to'lashingiz kerakligini bilib oling (125) . Bundan tashqari, boshlang'ich muddat davrida past foiz stavkasini taklif qiluvchi ipoteka kreditini olishdan saqlaning. Boshlang'ish muddatdan keyin bu foiz stavkalari keskin o'sadi, bu esa ipoteka krediti oylik to'lovini ancha oshirib yuboradi. Shuningdek, avval 4.4-elementda ta'kidlanganidek, daromadingiz valyutasidan o'zgacha valyutada qarz olmang, chunki valyuta kursi tushib ketsa, sizning xorijiy valyutadagi qarzingiz ham o'sadi. To'rtinchidan, sizning ipoteka krediti to'lovini to'lashga imkoniyatingiz borligi siz mo'ljallagan uy-joy xarajatini qoplay olasiz degani emas. Ipoteka krediti to'lovi - bu faqatgina oylik to'lovining birinchi va yaqqol to'lovlaridan biri, xolos. Uy egaligi, biroq, siz hisobga olishingiz kerak bo'lgan boshqa muntazam to'lovlar va majburiyatlarni talab qiladi. Agar ipoteka krediti shartnomasida ko'rsatilmagan bo'lsa, unda mulk va/yoki yer solig'ini ham to'lash lozim. Uy-joy majburiy sug'urtasini ham unutmang. Bir kuni uyning tomidan chakki o'tishi yoki suv isitgich, konditsioner yoki vodoprovod-kanalizatsiya tizimi ishdan chiqishi mumkin. Bularni tuzatish qo'shimcha xarajatlarga olib keladi. Bularning barchasi uy-joy egasining muntazam xarajatlaridir. Uy sotib olish maqsadga muvofiqligini qarab chiqqaningizda ushbu xarajatlarni oylik byudjetingizga qo'shisingiz kerak. Va nihoyatda, joriy iste'mol hajmini oshirish maqsadida ipoteka kreditini qaytarmasdan turib yana yangi ipoteka krediti yoki ipoteka kreditining to'langan qismini garov evaziga boshqa qarz olish istagiga berilib ketmang. Uy narxlari ko'tarilishi kabi pasayishi ham mumkin. 2008–2009-yillardagi Qo'shma Shtatlar uy-joy inqirozidan keyin ko'p odamlarda uy- joy bilan bog'liq muammo vujudga keldi. Uylarining baholangan qiymati ipoteka kreditining qaytarilmagan qismidan pasayib ketdi. Natijada, uylarini sotgan ba'zi odamlar juda katta zarar ko'rdilar. Boshqalar esa uyni zarariga sotishga jur'at qilmasdan, bozorning yana jonlanishiga umid qildilar. Yana kimlardir uylarini bank tomonidan olib qo'yilish jarayonini boshdan 282 kechirdilar. Shuning uchun ham, havsizlik nuqtai nazaridan uyga egalik qilishda shaxsiy kapital ulushi kattaroq bo'lishi kerak. Agar yuqoridagi maslahatlarga amal qilsangiz, unda siz moliyaviy imkoniyatingiz doirsida yashashni, uy-joy xarajatlarini qisqartirishni va uy-joy bilan bog'liq risklarni pasaytirishni o'rganasiz. Keling, endi ta'limga bo'lgan investitsiyani ko'rib chiqaylik. Ko'pchilik uchun oliy ta'limga investitsiya yaxshi imkoniyatdir, chunki u kelajakda yuqori ish haqini ta'minlashi mumkin. Ammo bu hamma uchun to'g'ri kelmaydi. Universitet yoki kollejda o'qish arzon emas. Agar talaba universitetda o'qish uchun bir-ikki yil vaqt va mablag' sarflab, lekin diplom olmasdan universitetni tashlab ketsa, unda investitsiya o'zini oqlamagan bo'ladi. Oliy ta'limni o'ylayotgan talabaning eng katta riski investitsiyaning unumsiz bo'lish ehtimolidir. Bunday holat ta'limdan keyin ish haqining oshishi ta'limga qilingan xarajatlarni qoplamaganda sodir bo'ladi. Hattoki agar ta'lim puli davlat tomonidan subsidiyalansa (yoki butunlay qoplansa), yashash xarajatlari talabalarga berilgan grantlardan ko'pincha katta boladi va ta'lim davrida kamroq ishlaganlik tufayli yo'qotilgan daromadni hech kim qoplamaydi. Yevropa Ittifoqi Statistika xizmati (Evrostat) ma'lumotlariga ko'ra, 2016-yilda oliy ma'lumotli ishchilarning o'rtacha yillik ish haqi to'liqsiz o'rta ta'limga ega ishchilarning ish haqiga qaraganda 10 ming yevroga ko'proq bo'lgan (bu farq Xorvatiyada 4000 yevroni, Ruminiyada 3000 yevroni, Polshada 4000 yevroni tashkil qilgan) (126) . Biroq, universitet bitiruvchilarining ish haqlaridagi farq juda kattadir. Universitetni tamomlagandan keyingi haqiqiy ish haqi ko'p omillarga, jumladan, o'rganilgan ko'nikmalar, mutaxassislik sohasi hamda ma'lum mehnat bozoridagi umumiy talab va taklif sharoitlariga bog'liq. Ish haqi bo'yicha dunyodagi eng katta ma'lumotlar ba'zasini to'plagan PayScale.com veb-saytiga ko'ra, eng yuqori ish haqi potensialiga ega oliy ta'lim mutaxassisliklariga muhandislik, moliya-sug'urta va amaliy matematika, informatika, fizika, statistika, iqtisodiyot va axborot tizimlarini boshqarish kabilar kiradi. Bola va oilashunoslik, pedagogika, ijtimoiy xizmat, jismoniy tarbiya, sport, musiqa va oshpazlik san'ati mutaxassisliklari eng kam ish haqi potensialiga ega (127) . O'qish sohasini tanlaganda keladigan daromaddan boshqa narsalarga ham e'tibor berish lozim. Sizning mehnat yillaringiz 40 yoki undan ko'p yil bo'ladi. 20 yildan keyin qaysi sohalarga talab bo'ladi? Siz boshqa joyga ko'chishingiz mumkinligini ham hisobga olishingiz kerak. Vataningizga 283 olgan diplomingiz siz tanlagan mamlakatda tan olinadimi? Rossiyada o'qigan iqtisodchi Kanada universitetida ishlay oladi (agar u yetarlicha malakali bolsa), lekin shifokor ishni boshlashidan oldin qo'shimcha tayorlovni o'tishi kerak bo'lishi mumkin. Kelajakda kam ish haqi potensialiga ega ta'limni moliyalashtirish uchun katta qarz olish xavfli. 4-bobning 1- va 2-elementlarida ta'kidlaganimizdek, o'zingizga yoqqan ish faoliyatini tanlash ham muhim. Lekin, qaroringizni har tomonlama o'rganib chiqishingiz lozim. Ta'lim olayotgan sohangizdan olish mumkin bo'lgan daromadlar to'g'risida ma'lumotlarni o'rganib chiqing. Biz ta'limga investitsiyangizdan maksimal darajada unumli foydalanish uchun har tomonlama o'ylab mutaxassislikni tanlashingiz tarafdorimiz. Bunda kasbdan olinadigan shaxsiy qoniqishni ham esdan chiqarmang. Keling, talabalar gohida unumsiz ta'lim sohalarini tanlashlarining sabablarini ko'rib chiqaylik. Birinchidan, ko'p talabalar kelajakdagi daromadlar to'g'risida noto'g'ri tasavvurga ega. Bo'rttirilgan taxmini ortidan ular ta'lim uchun kelajakda olishi mumkin bo'lgan daromadlaridan ko'proq to'lashga tayyor bo'ladilar. Joriy va kutilayotgan mehnat bozori sharoitlari va potensial daromad to'g'risida to'g'ri tasavvurga ega bo'lish uchun mavjud resurslardan oqilona foydalaning. Asosiy kasblar bo'yicha ma'lumotlarni, jumladan, kasbga qo'yiladigan talablar, kasbning istiqboli va o'rtacha ish haqi bo'yicha mamlakatingizga va siz ko'chib ketish ehtimolingiz bo'lgan mamlakatlarga doir statistik ma'lumotlarni izlang. Daromad istiqboli to'g'risida haqqoniy tasavvurga ega bo'lish oliy ta'lim bo'yicha oqilona qaror qabul qilishda juda muhimdir. Ko'chish masalasiga kelganda, yoshlikdan boshlab kerakli tillarni o'rganishni boshlash muhim. Siz inglizcha yoki frantsuzcha gapiradigan mamlakatlarni istaysizmi? Sizning diplomngiz Rossiyada osonroq tan olinar? Ikkinchidan, ko'p talabalar ta'lim xarajatlariga yetarlicha baho bermaydilar. To'liq ta'lim xarajatlari o'qish to'lovi, kitoblar, turar joy uchun bo'lgan bevosita xarajatlarni o'z ichiga oladi, lekin muqobil qiymatni ham unutmang. Universitetda o'qish, hattoki sirtqi bo'limida ham, ishlab daromad topishdan voz kechishni talab qiladi. Ta'lim xarajatlari to'laligicha hisobga olinganiga ishonch hosil qiling. Uchinchidan, talabalar haddan tashqari ko'p qarz olishga moyil. Ba'zilar o'qish uchun kreditga ajratilgan pulni «tekin pul» o'rnida ko'rib, ko'p qarz olib yuboradilar. Ko'pincha yoshlar o'qish uchun olgan kreditlarini o'qishni tugatgandan keyin oylik byudjetlaridan 284 qaytarish qanchalik mushkul ekanligini tushunib yetmaydilar. 20000 yevroga teng 3 foizlik kreditni qaytarish uchun o'n besh yil davomida oyiga 138 yevrodan to'laysiz. 40000 yevrolik kreditni qaytarish uchun esa oyiga 276 yevrodan to'laysiz. Daromad istiqbolingizdan kelib chiqib, ta'limni moliyalashtirishga olgan kreditni qaytarish uchun oylik byudjetingizdan to'lashga qurbingiz yetadimi? O'qish uchun kredit olishdan oldin shu masala ustida jiddiy o'ylab ko'ring. Lekin, ta'limni moliyalashtirish uchun hech qachon qarz olmasligingiz kerak, deb ham maslahat bermaymiz. Gohida qarz olish maqsadga muvofiq bo'lishi mumkin. Ta'lim turli mamlakatlarda turlicha moliyalashtirilishidan xabarimiz bor, lekin o'tgan yillarda ta'lim xarajatlari Qo'shma Shtatlarda boshqa mamlakatlarga nisbatan xarajatlarning kattaroq ulushni tashkil etgan. Biroq bu vaziyat o'tish davri mamlakatlarida xususiy universitetlarning ko'payishi va ko'pgina mamlakatlarda davlatning to'g'ridan-tog'ri moliyashtirilishidan kontraktlarga asoslangan moliyalashtirishga o'tishi bilan tez o'zgarib boryapti. Universitet ta'limi ko'pincha yaxshi investitsiya hisoblanadi, lekin hamma investitsiya singari, u ham ehtiyotkorlik bilan o'rganilib chiqilishi lozim. Ta'lim risklarni yanada pasaytirish uchun talabalar va ularning ota-onalari ta'limni moliyalashtirishning boshqa variantlarini izlashlari mumkin. Umumiy ko'rsatma sifatida kredit eng oxirgi variant qilib moliya rejasini tuzishni tavsiya etamiz. Ota-onalar, qarindoshlar va do'stlaringiz o'z jamg'arma rejalarini boshlashlari yoki moliyaviy muassasalarda uzoq muddatli jamg'arma turlarining afzalliklarini qarab chiqishlari mumkin. O'qish uchun stipendiya va grantlar ham mavjud. Ular juda yaxshi variantdir, chunki ularni qaytarish kerak emas. Chet eldagi imkoniyatlarni o'rganishni boshlash uchun Qo'shma Shtatlarining madaniy markazlari, Britaniya konsullik offislari yoki Institut Français yaxshi manbadir. Ularni qidirish uchun albatta vaqt ajrating. Ularning har biri o'ziga xos talablari va topshirish muddati bor. Ta'limga investitsiya qilishdan oldin bu omillarning barchasini hisobga oling va bozor sharoitlaridan kelib chiqib eng oqilona yo'lni tanlang. Garchi uy-joy va ta'lim, ehtimol, sizning eng katta investitsiyalaringiz bo'lsada, boshqa investitsiya imkoniyatlari ham paydo bo'lishi aniq. Ularni tanlashda quyidagi ehtiyotkorlik choralariga e'tibor bering. Investitsiya qilishda siz himoyasiz ekanligingizni yodda tutish lozim. Sizning manfaatingiz investitsiyani taklif qiluvchi tomonning manfaati bilan qanchalik 285 mos kelishini obdon o'ylab ko'ring. Har safar sizga juda o'ziga tortadigan taklif berilganda nima uchun bu taklif aynan sizga berilganligining sabalarini shoshmasdan, ehtiyotlorlik bilan tahlil qiling. Qarz oluvchilar loyihalarini moliyalashtirish uchun dastlab banklar kabi arzon moliya manbalariga murojaat qiladilar. Agar moliyalashtirish imkoniyati bank kreditlari va investitsiya bo'yicha boshqa mutaxassislar orqali mavjud bo'lsa, unda katta daromadni va'da qilib siz kabi shaxsiy investorlarga murojaat qilish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Yuqori daromad potensialiga ega har qanday investitsiyaning riski ham kattadir, ya'ni, u muvaffaqiyatsizlik bilan tugashining ehtimoli kattadir. Agar banklar va professional investorlar investitsiyaga qiziqish ko'rsatmasa, siz o'zingizga «Nega men qiziqishim kerak?» degan savolni bering. Investitsiya loyihalarini sotuvchilarning manfaatlari odatda siznikidan ancha farq qiladi. Garchi siz yaxshi daromad olishni istasangizda, ularni asosan sotishdan olinadigan komission to'lovlar, aktivni boshqarish bilan bog'liq to'lovlar yoki tijorat korxonasidan oladigan yuqori ish haqi qiziqtiradi xolos. Oddiy qilib aytganda, ularni asosan sizning pulingizni olish qiziqtiradi. Ular sizni aldashga intilmaydilar. Ular investitsiya haqiqatdan ham yuqori daromad potensialiga ega imkoniyat deb ishonishlari mumkin. Biroq, ular qanchalik iltifotli bo'lishi, siz ularni qanchalik yaqindan tanishingiz yoki ular sizga qanchalik yordam berishni xohlashlariga qaramasdan, ularning manfaatlari siznikidan farq qiladi. Bundan tashqari, ular pulingizni olishi bilanoq siz vaziyatni o'zgartirish uchun zaif holatda bo'lasiz. Qanday qilib oqilona investitsiyani oldindan bilish mumkin? Barcha investitsiya qarorlarini muvaffaqiyatli qiluvchi sehrli tayoqcha yo'q. Ammo o'n minglab dollarga (yoki milliy valyutangiz ekvivalentiga) tushadigan investitsiya falokatlarini oldini olish uchun bir qator tavsiyalarni amalga oshirishingiz mumkin. Quyidagi oltita tavsiyalar ayniqsa muhimdir. 1. Imkoniyatning maftunkorligiga ishonish juda qiyin bo'lsa, ehtimol ishonmaslik kerak. Bu siyqasi chiqqan, lekin kuchga ega ibora. Ba'zi investitsiya marketologlari pulingizni olish uchun hech narsadan qaytmaydilar, chunki ular pulingizni olishi bilanoq siz boshqarish imkoniyatini yo'qotasiz va zaif holatga tushasiz. 2. O'bro'li kompaniyalar bilangina munosabat o'rnating. O'bruli mustahkam kompaniyalar mijozlarini oqilona bo'lmagan investitsiyalarga jalb qilishdan o'zlarini cheklaydilar. Misol uchun, kompaniya aksiyalarini fond birjasiga dastlabki joylashtirish vazifasini 286 katta o'bruga ega firmaga emas, balki ko'pchilikka notanish yangi brokerlik firmasiga topshirishning zarar bilan yakunlanishi ehtimoli katta. 3. Telefon yoki elektron pochta orqali taklif qilingan investitsiya loyihalariga hech qachon pul tikmang. Bunday marketing usuli unga osonlik bilan ishonuvchilarga qaratilgan. Firibgarlarning qurboni bo'lishdan o'zingizni himoya qiling. To'liq ishonmagan odamlarga shaxsiy ma'lumotlaringizni ulashmang. Ijtimoiy sug'urta raqami, tug'ilgan kun sanasi, mobil telefon raqami, pochta manzili kabi ma'lumotlarni boshqalardan himoya qiling. 4. Sizni tezda qaror qilishga majburlovchi holatga tushib qolmang. Investitsiya strategiyasini ishlab chiqish uchun o'zingizga vaqt ajrating. Shoshqaloq qaror qabul qilish bosimidan saqlaning. 5. Investitsiya bo'yicha qarorlaringizga do'stona munosabatlar ta'sir qilishiga yo'l qo'ymang. Ko'p odamlar do'stlarining maslahatiga quloq tutib, investitsiyalaridan zarar ko'rganlar. Agar do'stlikni saqlab qolmoqchi bo'lsangiz, unda beg'araz uchinchi tomon bilan pulingizni investitsiya qiling. 6. Agar sizni agressiv marketing yo'li bilan ishontirishga harakat qilishsa, hamyoningizni olib qoching. Yaxshi investitsiyalar bunday marketing usullarisiz taklif qilinadi. Agar sizda allaqachon katta investitsiya portfeli bo'lsa, unda portfelingizda yuqori riskli investitsiyalar, jumladan spekulyativ obligatsiyalar (?) hamda qimmatbaho metallar uchun joy bo'lishi mumkin. Biroq, bu investitsiyalar siz yo'qota oladigan mablag'lar hisobidan kelishi lozim. Agar boylik orttirishning ishonchli yo'lini qidirayotgan bo'lsangiz, unda mablag'laringizning asosiy qismini portfelingizni diversifikatsiya qilishga ko'maklashadigan past riskli investitsiyalarga yo'naltirish lozim. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling