James d. Gwartney


Video: Hosil sug'urtasi - yetishtirishga arzigulik g'oya


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Video:
Hosil sug'urtasi - yetishtirishga arzigulik g'oya


294
4-Bob. Yakuniy xulosalar
Dono moliyaviy boshqaruv murakkab tuyulishi mumkin, lekin yuqorida kelturilgan qoidalar
sizni to'g'ri yo'lga boshlashi kerak. Aslida bu unchalik murakkab emas. O'ylab jamg'aring va
sarf qiling. O'ylab ish qiling. Lekin ishni qiling – doimo zarurroq tuyulgan masalalar yoki ish,
oila va o'yin-kulgu bo'lib turgan joyda moliya to'g'risida o'ylashga e'tibor bermaslik oson.
Sherigingiz bo'lsa, u bilan vaziyatingizni tahlil qilish uchun doim vaqt ajrating. Eng muhimi,
Charlz Dikkens «Devid Kopperfild» romanidagi janob Maykaberning maslahatini yodda
tuting: «Yillik daromad yigirma funt, yillik xarajat o'n to'qqiz funt va oltmish pens bo'lsa,
natijasi baxt-saodat. Yillik daromad yigirma funt, yillik xarajat yigirma funt va oltmish pens
bo'lsa, natijasi baxtsizlik.»


295
Yakuniy xulosalar
Iqtisodchi va muallim bo'lishidan tashqari, mualliflarning barchasi ota-ona, amma-xola va
amaki-tog'alar hamdir. Talabalarimizga va ushbu kitobning o'quvchilariga bilimni meros
qoldirish bilan bir qatorda, biz kelajak avlod hayotiga ijobiy ta'sir ko'rsatishni istaymiz. Siz
ham fikrimizga qo'shilishingizga aminmiz.
Biz bu maqsadga turli yo'llar orqali erishishimiz mumkin. Inson o'z salohiyatiga
erishishi uchun davlat tomonidan kerakli muhit yaratilishini ta'minlash borasida biz mahalliy,
milliy va global miqyosda harakat qilishimiz mumkin. Shaxsan esa, biz farzandlarimizga
namuna bo'lib, ular oqilona qarorlar qabul qilishiga yo'l ko'rsatish orqali muvaffaqiyatga
intilish odatini singdirishga harakat qilishimiz mumkin.
«Mantiqiy Iqtisodiyot»ning ushbu qismida ko'rganimizdek, moliyaviy erkinlik odatda
zaruriy narsalarga ega bo'lish va oddiy ehtiyojlarni qondirish kabi xavotirlarni yo'qqa chiqarish
orqali umumiy farovonlikni yaxshilaydi. Tirishqoqlik bilan mehnat qilish, oldiga maqsadlar
qo'yib ularga erishish va hozirgi qarorlarning kelajakdagi oqibatlarini inobatga olib, bir
zumdalik qoniqish nafsidan qochish odatlarini shakllantirgan odamlar boshqalarga qaraganda
hayotning har bir jabhasida muvaffaqiyatliroq bo'ladilar.
Yoshlarga mas'uliyatni o'rgatishning muhim yo'llaridan biri bu ularga pul ishlab
topilishini tushuntirishdir; u osmondan tushmaydi. Bolalarni istagan narsalariga erishishlari
uchun ularga pul ishlashga imkon beradigan topshiriqlarni berish orqali hattoki kichikligidan
rag'batlantirish mumkin. Ushbu topshiriqlar muayyan ta'lim maqsadlariga erishadigan
rag'batlardan yoki kuchukni ko'chaga olib chiqish yoki kartoshka po'stini archish kabi uy
yumushlaridan iborat bo'lishi mumkin. Pul nafaqat siz istaydigan narsaning ko'prog'iga
erishish vositasi, balki u boshqalarga ular istaygidan narsalarning ko'prog'iga erishishlari uchun
siz qo'shgan hissangizning o'lchovi hamdir. Kop'roq pul ishlashning eng yaxshi yo'li bu
boshqalarga xizmat qilish va ularning farovonligini oshirish yo'llarini topishdir. Bola qanday
kasb tanlamasin, ushbu tadbirkorlik sabog'i uning mansabga ko'tarilishi davrida juda asqotadi.
Hatto bola uchun xarajat qilayotgan paytda ham unga barcha xarajatlar bilan bog'liq
qiymat va murosali tanlov g'oyalarini tushuntirish mumkin. Bolalarimiz butun hayotlari
davomida cheklangan daromadlarini qanday sarflashlari to'g'risida qarorlar qabul qilishlariga


296
to'g'ri keladi. Agar ular bir buyumga ko'proq sarflasalar, boshqasiga kamroq sarflashlari lozim
bo'ladi. Barchamiz murosali tanlov qilishimizga to'g'ri keladi. Biz bolalarimizga yoshligidan
ushbu haqiqatni tushuntirib, ularga oqilona qarorlar qabul qilishni o'rgatadigan hayotiy
tajribalardan dars berishimiz keark. Ko'p ota-onalar (hattoki evaziga hech narsa talab qilmay
cho'ntak puli beradiganlari ham) bolalarini pul yig'ib, uning bir qismini xayriya qilishga
rag'batlantiradilar. Bunday ota-onalar ko'pincha bolalari bilan mablag'larni qayerga ajratish va
nima uchun boshqalarning farovonligi to'g'risida qayg'urish o'z va jamiyat farovonligiga
ko'maklashishi to'g'risida suhbatlashadilar.
Umuman olganda, muvaffaqiyatli hayot maqsadlar qo'yish, ularga erishish uchun
mehnat qilish, faoliyatingiz boshqalarga qanday qilib manfaat keltirishini bilish, ma'lum bir
maqsad uchun pul jamg'arish va uni oqilona sarflashdan iborat. Bular muvaffaqiyatning asosiy
tarkibiy qismlaridir. Iqtisodiyot fani yanada qoniqarli hayot kechirishga yo'l ko'rsatadi.
Sayohatimiz yakuniga yetyapti. Ushbu kitobda bizning maqsadimiz sizni yanada
muvaffaqiyatli hayot kechirishingiz uchun kerakli ma'lumotlar va vositalar bilan ta'minlashdan
iborat edi. Umid qilamizki, sizni yangicha fikrlashga undadik va siz olgan bilimlaringizdan o'z
hayotingizni va atrofingizdagi odamlarning hayotini yaxshilashda foydalanasiz.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling