James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ragbat va Mahbuslarga Munosabat
Muallif: Duayt Li
312 aniq. Lekin har doim ham emas. Har safar biror saxovatli ish qiliar ekansiz, yana boshqa bir saxovatli ish qilish imkoniyatingiz kamayadi. Bu resurslar tanqisligining muqarrar ta'siri bo'lib, u muqobil qiymat tushunchasida o'z aksini topgan. Har qanday holatda ham muqobil tanlov mavjud bo'lib, biz eng to'g'ri yo'lni tanlashimiz uchun odatda juda ko'p manbalardan ma'lumot izlashimiz zarur. Demak, rag'batning ikkita muhim vazifasi bor: (1) eng maqbul harakatlar to'g'risida ma'lumot yetkazib berish va (2) ularning ijrosini ta'minlash uchun odamlarni undash. Rag'bat va Mahbuslarga Munosabat Ba'zi hollarda faoliyatning ma'qul yo'nalishi aniq, bu esa odamlarni ushbu faoliyatga chorlovchi rag'batning kuchiga diqqatimizni qaratishimizga imkon beradi. Britaniya hukumatining 1860-yillarda Avstraliyaga mahbuslarni tashish bo'yicha kema kapitanlari bilan shartnoma tuzish amaliyoti bunga yaxshi misol bo'ladi. Avstraliyaga jo'natilgan mahbuslarning omon qolish darajasi atigi 40 foizni tashkil etib, bu hammaga ma'lum bo'lganidek, juda ham past ko'rsatkich hisoblangan. Insonparvarlik guruhlari, cherkov va davlat muassasalari ahloqiy nuqtai nazardan kelib chiqib, kapitanlarni mahbuslarning omon qolish darajasini oshirish uchun ular bilan yaxshi munosabatda bo'lishga chaqirdi. Ushbu chaqiruvga qaramasdan, yashash ehtimoli 40 foizligicha qoldi. Nihoyatda, Edvin Chedvik ismli iqtisodchi rag'batlantirish tizimiga o'zgartirish kiritish bo'yicha taklif bilan chiqdi. Chedvik Angliyada kemaga chiqqan har bir mahbus uchun kapitanlarga haq to'lash o'rniga, ularga haqni kemadan Avstraliyaga qadam qo'ygan har bir mahbus uchun to'lashni taklif qiladi. Bu darrov keskin o'zgarishga olib keldi. Mahbuslarning omon qolish darajasi 98 foizgacha oshdi, chunki kapitanlarni mahbuslar sog'lig'ini himoya qilishga rag'batlantirish ortidan har bitta kemaga joylashtirilgan mahbuslar soni kamaytirildi, ular safar davomida yaxshiroq ovqat bilan ta'minlandi va gigienaga e'tibor qaratildi (1) . Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling