316
Yakuniy savol: Nima sababdan odamlar hayotda shunday ikki yo'lga to'qnashganda
turli yo'llarni tanlaydilar? Sub'ektiv foyda va zarar tushunchalarini qo'llab, tushuntirib bering.
Element 1.2 ga qaytish
317
Element 1.2 ga qaytish
Imkoniyatlar va xarajatlar
Mulohaza uchun savol: quyidagilarni o'qiganingizda nima uchun
tanqislik bizni tanlashga
majburlashini o'ylab ko'ring.
Bozorlar ijtimoiy hamkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali amal qiladi. U odamlarga o'z
manfaatlarini ko'zlash uchun qo'shimcha ma'lumot va turtki beradi va bu, o'z
navbatida,
boshqalarga ham imkoniyatlar yaratadi. Men iqtisodiyotni tushunishda uning ba'zi tashkiliy
qismlariga emas, balki butun iqtisodiy tizimga e'tiborni qarataman.
Men inson faoliyatiga
iqtisodiy fikrlashni tatbiq etishda muhim bo'lgan eng asosiy tushunchalardan boshlayman.
Birinchisi, muqobil qiymat tushunchasi.
Cheklovlar va imkoniyatlar
Iqtisodiyotni qayg'uli fan deb atashadi, chunki
u muammolarning eng muhimi
hisoblanmish tanqislikni o'rganadi. Resurslarning tanqisligi sababli biz qayg'uli haqiqatga duch
kelamiz, bu imkoniyatlarimiz cheklanganligidir. Qanchalik samarali ishlashimizdan qat'i nazar,
biz hech qachon o'zimiz istagan miqdorda yarata ham olmaymiz, istagan miqdorda iste'mol
ham qila olmaymiz. Istagimizning esa cheki yo'q. Tanqislik sababli bir narsaga yetishish uchun
boshqa bir istalgan narsadan voz kechishmizga to'g'ri keladi. Demak,
har bir ishimizning
muqobil qiymati bor bo'lib, bu qiymat ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun voz keshishga
to'g'ri kelgan undan keyingi eng qardli faoliyatning qiymatiga teng.
Xarajatlarning
hayotimizning
barcha
jabhasida
mavjudligi
imkoniyatlar
cheklanganligining qayg'uli haqiqati aslida tanganing faqat bir yorqinroq tomoni ekanligidan
dalolat beradi. Taqchillik cheklovlari faqat muqobil imkoniyatlar mavjud bo'lganda qiymatga
ega bo'ladi. Tanlash uchun variantlarni bartaraf etsangiz, u bilan bog'liq muqobil qiymat ham
yo'qqa chiqadi. Mabodo, agar meni biror uyda yashashga, biror ishda ishlashga, biror ayolga
Do'stlaringiz bilan baham: