James d. Gwartney
Elementlarda keltirilgan adabiyotlar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ragbatning kuchi Mulohaza uchun savol
Elementlarda keltirilgan adabiyotlar
1. Rag'batning kuchi 2. «Bosilmagan yo'l» 3. Imkoniyatlar va xarajatlar 4. Bozorlar va marjinalizm 5. Ixtisoslashuv va boylik 6. Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish 7. Men — qalam va mening shajaram 8. Ish o'rinlari yoki boylik yaratish 9. Yaqqol va yashirin natijalar 10. Yalpi ichki mahsulot — u nima va u qanday o'lchanadi? 11. Xususiy mulk va muqobil qiymatlar 12. Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi 13. Yordamga iltijolarni tsenzura qilish 14. Bozorlar va erkinlik 15. Quyosh bilan adolatsiz raqobat 16. Siznikimas xo'jayinlik qilishga 17. Siyosat va tashqi savdo 18. Energiya ishlab chiqarish va tejash 19. Ijtimoiy hamkorlik va bozor 20. Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazish zarurati 311 Element 1.1 ga qaytish Rag'batning kuchi Mulohaza uchun savol: ushbu matnni o'qib, rag'batlantirish nima va nima sababdan u ahamiyatga egaligini o'ylab ko'ring. Insonlarni muayyan faoliyatga chorlashning eng ishonchli yo'li bu ularni shu faoliyat uchun taqdirlash, ya'ni rag'batlantirishdan iborat. Bu shunchalik ravshanki, uni alohida ta'kidlab o'tishga arzimaydi, deb o'ylashingiz mumkin. Lekin uni qayd etishga arziydi. Insonlarni foydali ishni qilishi uchun ularni taqdirlash (yoki ularga pora berish) lozim emas, deb aytishingiz mumkin. Rag'batlantirishning zarurligini tan olsangizda, foydali faoliyatga boshlovchi rag'batlantiruvchi omillarni qanday aniqlash oldindan ravshan emas. Men yaqinda rag'batlantiruvchi omillardan xayrixoh maqsadlarda foydalinishga ba'zi insonlarda uchraydigan hissiy qarshilikka duch keldim. Zimbabve va Janubiy Afrikadagi fillarni muhofaza qiluvchi siyosatdan aholi manfaatdorligi tufayli fillar to'dasi ko'payib borayotganlini ta'kidlab o'tgan edim. Atrof-muhit muammolariga befarq bo'lmagan talabalardan biri agar fillarni muhofaza qilishning yagona yo'li odamlarning moddiy manfaatdorligiga bog'liq bo'lsa, unda ularni muhofaza qilinmagani ma'qul, deb javob qaytardi. Boshqacha qilib aytganda, agar oqibatda faqat fillarning o'zi jabr ko'radigan bo'lsa, u o'z printsipida qolishga tayor edi. Uning printsipiga asosan, o'ylaymanki, uning bu nuqtai nazariga xayrixoh bo'lganlar ham topiladi, yaxshi ishlar o'z manfaatini ko'zlash orqali emas, balki hamdardlik va g'amxo'rlikka asoslanishi kerak. Men unga agar uni hayotini saqlash uchun nozik jarrohlik amaliyoti zarur bo'lganda ushbu amaliyotni jarroxning o'rnida onasi bajarishiga rozi bo'lsa, unda men uning ma'naviy qarashidan ta'sirlangan bo'lar edim, deb aytishdan o'zimni tiya olmadim. Odamlarni rag'batlarning zarurligiga ishontirish muvofiq rag'batlarni topishdan murakkabroq emas. Albatta, biz insonlarni ma'qul bo'lgan hatti-harakatlarni qilishga chorlovchi rag'bat tizimini istaymiz, ammo nimalar ma'qul o'zi? Ba'zi hollarda buning javobi Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling