James d. Gwartney
Rag'batlantirish tizimini bevosita va bilvosita
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Rag'batlantirish tizimini bevosita va bilvosita
yaratish 313 Kerakli rag'batlar, mahbuslarni tashish misolidagi kabi, bevosita yo'l bilan yaratilishi mumkin. Qilinishi kerak bo'lgan narsa sizga oldindan ma'lumligi bois, uni bajarish uchun mukofot (masalan, naqd pul to'lovi) e'lon qilasiz. Afsuski, ko'pincha biz istagan hatti- harakatlar qarama-qarshi bo'lgan maqsadlarni taroziga tortib ko'rishni taqoza etadi. Ushbu hollarda bevosita rag'batlantirish tizimini yaratish haddan ziyod samarali bo'lishi mumkin, chunki bu odamlarni ikkilamchi narsalarga e'tibor bermaslikka olib keladi. Sobiq Sovet Ittifoqi rag'batlantirishni to'g'ridan-to'g'ri tatbiq etish ehtimoli bilan bog'liq ziddiyatlarga to'la edi. Poyafzal ishlab chiqarish hajmini oshirishga qaratilgan rag'batlarga javoban korxona rahbarlari poyafzal o'lchamlarini talabni e'tiborga olmagan holda ishlab chiqarganlar. Bunday rag'batlantirish tizimi odamlarning xulqiga ta'sir etsada, u samarali iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan ijtimoiy hamkorlikning rivojlanishiga olib kelmadi. Agar maqsad odamlarni hamkorlikka undash bo'lsa, istalgan natija rag'batlantirishni bevosita joriy qilish yo'li bilan kamdan-kam hollarda amalga oshadi. Aksincha, rag'batlantirishni ijtimoiy munosabatlar ta'sirida paydo bo'lishiga olib keladigan umumiy qoidalar to'plami orqali bilvosita joriy qilish kerak. Yo'l harakati hamkorlikka undovchi umumiy qoidalarning ahamiyatini namoyish qiladi. Tirbandlik vaqtida yo'l harakatining murakkabligidan qat'i nazar transport oqimi beixtiyor vujudga keluvchi ijtimoiy hamkorlikni aks ettiradi. Ushbu hamkorliksiz yirik shaharlardagi o'n minglab yo'lovchilar umidsiz yo'l harakati tirbandligida ushlanib qolgan bo'lar edi. Haydovchilarni bunday samarali hamkorlikka olib keluvchi asosiy qoidalar oddiy: (1) yo'lning o'ng tomonidan harakatlanish; (2) yashil chiroqda harakatlanish, sariq chiroqda tezlikni oshirish yoki to'xtashga tayyorlanish va qizil chiroqda to'xtash; (3) tezlikni cheklangan tezlik darajasidan soatiga 10 mildan oshirmaslik hamda (4) masofani saqlash. Ushbu qoidalar manzilimizga xavf-xatarsiz va qulay yetishga bo'lgan istagimizni barchaning manfaatiga xizmat qiluvchi qulay xulq namunasiga aylantiradi (2) . Qoidalar to'plami qanday qilib shaxsiy rag'batlantiruvchi omillarni ijtimoiy hamkorlikka chorlash uchun muhit yaratishiga bozor iqtisodiyoti eng yaxshi misoldir. Bozor iqtisodiyoti rag'bat omillarini bevosita yaratmaydi. Haqiqatan ham, bozorlar tub ma'noda umuman rag'bat yaratmaydi. Eng muhim rag'batlar shaxslarning sub'ektiv istaklaridan kelib chiqadi: sevgi topish rag'bati, hurmat qozonish, dunyoni yaxshiroq joyga aylantirish, oilasini 314 ta'minlash kabilar. Bozor insonlarga o'z istaklarini boshqalarga bildirishi uchun imkon beruvchi turli rag'bat omillarini uyg'unlantiruvchi xulqiy qoidalardan iborat. Bozorning rag'batlantiruvchi omillari sifatida tanilgan narx, foyda va zararlar insonlarning o'zaro munosabatlari natijasida vujudga kelgan. Faqatgina bozorlar orqali bildirish mumkin bo'lgan ushbu rag'batlar ijtimoiy hamkorlikka olib keladigan ma'lumotga ega. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling