James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


318
uylanishga yoki biror mahsulotlar to'plamini iste'mol qilishga majbur etishsa, menda bularni
amalga oshirishda hech qanday qiymat yuzaga kelmaydi. Demak, qiymatlarning ijobiy tomoni
ularni keltirib chiqaradigan imkoniyatlardir. Imkoniyatlarimizning ko'payishi bilan barcha
fayoliyatimizning qiymati ham oshadi.
Odatda xarajatlardan qutulishga urinsakda, aslida barcha faoliyatimiz qiymatlarini
hisobga olib yashashga to'g'ri keladigan iqtisodiyotda yashaganimiz afzalroqdir. Balkim,
shaxsan men uchun mahsulotlarni ularning bahosini hisobga olmasdan iste'mol qila olishim
afzalroqdir, chunki shunda bu xarajatlar boshqalarning zimmasiga tushadi. Lekin agar
boshqalar ham o'z faoliyatlari bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olmasdan ularni menga
yuklashsa, topgan afzalligim yo'qqa chiqadi. Natijada, oqilona tanlov qilish uchun bizda
ma'lumot va asos bo'lmaydi. Agar ma'lum tanlov bilan bog'liq qiymatlar faqat ushbu tanlovni
qilgan odamlargagina yuklansa, shunda biz mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalana olamiz.
Bu bozor narxlarining afzalligini tushunishimiz uchun bir misol. Odamlar to'laydigan
bozor narxlari tanlovlarning muqobil qiymatini aks ettiradi. Odatda, erkin bozorda tovar va
xizmatlarni uni boshqalar to'lashga rozi bo'lgan narxdan yoki uni yaratishga ketgan sarf-
xarajatdan arzonroq narxda sotib ola olmaysiz. Bu bozor tranzaktsiyasidan kelib chiqadigan
ijtimoiy hamkorlikning muhim qismi hisoblanadi.
Manfaatdor guruhlar xarajatlarni hisobga
olishni istamaydilar
Afsuski, ko'p iqtisodiy qarorlar bozor narxlariga asoslangan bozor munosabatlaridan
kelib chiqqan holda emas, balki siyosiy sabablarga ko'ra davlat tomonidan qabul qilinadi. Bu
siyosiy ta'sirga ega guruhlar uchun aholi hisobidan to'langan manfaatlarga egalik qilishiga
imkoniyat yaratadi. Shubhasiz, siyosiy manfaatdor guruhlar doimo katta xarajatlarni oqlash
uchun ularni haqiqiy qiymatini kamaytirib ko'rsatadilar. Ular ba'zi loyihalar juda ahamiyatli
bo'lganligi sababli hattoki ularning qiymatini hisobga olish kerak emas, deb ta'kidlaydilar.
O'qituvchilar ta'lim xarajatlarga nisbatan o'ta muhim masala deb hisoblaydilar; atrof-
muhit himoyachilari yer sharini asrash shunchalik muhimki, atrof-muhitni saqlash bo'yicha
loyihalar xarajatlaridan qat'i nazar amalga oshirilishi lozim deb hisoblaydilar; tibbiy tadqiqotlar


319
grantlari sohiblari inson salomatligi o'ta muhimligi sababli xarajatlarni e'tiborga olish
shafqatsizlik deb hisoblaydilar; Milliy san'atni qo'llab-quvvatlash jamg'armasi «san'atning
qiymati insoniylikning asl mohiyati bilan bog'liq» va «uni pul bilan o'lchab bo'lmaydi» deb
hisoblaydilar. (Bu men Milliy Xalq Radiosida eshitgan san'atni moliyalashtirish boyicha
bayonotning asosiy ma'nosi.)
Bu bayonotlarning barchasini uyushgan guruhlarning davlat mablag'larini ko'proq jalb
qilishga bo'lgan urinishi deb tushunish mumkin. Qiymatlarni hisobga olish pulning ahamiyatini
bo'rttirib ko'rsatish degani emas. Pul – xarajatlarni ifodalashning qulay usulidir, lekin pulning
o'zi hech narsaning qiymati emas. Agar taom uchun o'n dollarlik pul bilan to'lasam, pul xuddi
xarajatdek ko'rinadi, lekin haqiqiy xarajat muqobil qiymatga, ya'ni taomdan keyingi eng qadrli
variantning sub'ektiv qiymatiga teng.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling