James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Element 1.4 ga qaytish
Duayt Lining «Ixtisoslashuv va boylik». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida 
The
Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


329
Element 1.6 ga qaytish
Foyda uchun hayotlarni qurbon qilish
Mulohaza uchun savol: Avtomobil ishlab chiqaruvchilar foyda uchun inson hayotidan
kechadilarmi? Nima sababdan inson hayotining qiymati va foyda o'rtasida tafovut bo'lishi
mumkin?
Odamlar hayotning bebaholigi to'g'risida tez-tez gapirsalarda, ular har kuni hayotlariga
o'z faoliyatlari orqali baho beradilar. Odamlar xushchaqchaqlik qilish uchun yoki qulaylik va
mablag' tejash maqsadida doimo ehtiyot choralalariga rioya qilmasliklari tufayli hayotlarini
xavf ostiga qo'yadilar. Odamlar o'zlari qardlagan narsalarga erishish uchun o'z ixtiyorlari bilan
tavakkalchilikka qo'l urib, o'z hayotlariga baho beradilar. Ular hayotlarining marjinal qiymati
hattoki keragidan ortiqcha ovqatlanish, jismoniy mashq qilmaslik, haydashda tezlikni oshirish
kabi harakatlar natijasida olgan zavq darajasidan ham pastroq ekanligini o'z hatti-harakatlari
orqali namoyish etadilar.
Afsuski, odamlar tavakkal qilganda, gohida achinarli hodisalarga duch keladilar.
O'zlarini xavf ostida q'oyganlari tufayli jiddiy jarohat olganlarga achinish tabiiy holdir. Ammo
hamdardligimiz tufayli voyaga yetgan odamlarning tavakkal ishga qo'l urishlariga
aralashishimiz ularga yaxshilik qilyapmiz degani emas, chunki ular afzal ko'rgan va o'z
vaziyatlaridan kelib chiqib amalga oshirgan faoliyatlari ular uchun mantiqan to'g'ri bo'lishi
mumkin. Shunday bo'lsada, (1) hayotning marjinal qiymati bebaho emasligini tan olmaydigan
hamda (2) narx va foyda odamlarga o'z xohish va istaklari to'g'risida korxonalarni xabardor
qilishlarining samarali uslublari ekanligini tushunmaydigan xolis niyatli odamlar bu boradagi
siyosatlarga befarqligini yoki qo'llab-quvvatlashini biz har kuni kuzatishimiz mumkin.
Korporatsiyalar foyda uchun inson hayotiga xavfli mahsulotlar ishlab chiqarishini eshitib, bu
toifadagi odamlar ahloqiy nuqtai nazardan bunga norozi ekanliklarini darrov bildiradilar.
Odamlar har kuni yetarli darajada xavfsiz bo'lmagan mahsulotlardan foydalanganliklari
bilan bog'liq baxtsiz hodisalar tufayli jarohat oladilar yoki halok bo'ladilar. Amaldagi huquq

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling