James d. Gwartney
Foyda orqali muloqot qilish
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Foyda orqali muloqot qilish
Lekin xavfsizlik darajasining qanchasi yetarli hisoblanadi? Javob har bir shaxsga bog'liq. Masalan, ba'zi odamlar uchun mototsikl haydash shunchalik yoqadiki, halokatdan omon qolish ehtimoli avtomobilga nisbatan 17 barobar kam bo'lishiga qaramasdan, ular mototsikldan foydalanishda davom etaveradilar. Odatda odamlar daromadlari oshganda yoki ularga ko'p odamlar qaram bo'lganda ko'proq xavfsizlikni talab qiladilar. Men universitetda o'qigan davrimda bitta eshigi yaxshi yopilmaydigan eski «Volkswagen Bug» haydardim. Men xavfsizlikdan ko'ra ko'proq ta'limni tanladim. Endi oilali bo'lganim va daromadim ko'payganligi bois, xavfsizlikni kuchaytirish uchun pul to'lashga tayyorman va shuning uchun ham Sherman tanki bo'lmasada, unga yaqinroq bo'lgan «Suburban» mashinasini haydayman. Odamlar xavfsizlikka bo'lgan talablarini avtomobil ishlab chiqaruvchilarga qanday bildiradilar? Turli mashinalar uchun ular to'lashga tayyor narxlar va shu narxlar natijasida olingan foydalar orqali. Sherman tanki kabi xavfsizlikka ega mashina ishlab chiqarish foyda olib kelmaydi, chunki uni hech kim sotib olmas edi. Avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar iste'molchilar xush ko'rgan avtomobil dizaynlarini amalda tatbiq etish orqali ko'proq foyda oladilar. Demak, agar mashina ishlab chiqaruvchilar ko'proq foyda olish maqsadida xavfsizlik darajasini pasaytirsa, demak ular istaklarimizga mos harakat qilgan bo'ladilar. Bu xatolar bo'lmaydi degani emas. Narx va foyda iste'molchilarning avtomobilga bo'lgan istaklarining har bir jihati to'g'risida ma'lumotni jarroxlik aniqligi bilan bera olmaydi. Biroq, avtomobil xavfsizligini ta'minlashda foydaning roli shundaki, agar avtomobil ishlab chiqaruvchi iste'molchilar istagini bajarmasa, buni bajarishga tayyor boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun foyda olish imkoniyati oshadi. Ushbu bozor jarayoni a'lo darajada ishlamasada, u har qanday boshqa jarayondan yaxshiroq ishlaydi. Afsuski, mahsulot xavfsizligi yetarli darajada ta'minlangan taqdirda ham, baxtsiz hodisalar tufayli odamlarning jarohat olishi yoki halok bo'lishi to'xtamaydi. Bu baxtsiz hodisalar inson hayotiga zomin bo'lishini va moliyaviy xarajatlarga olib kelishini anglash qiyin 332 emas. Shuningdek, agar mahsulotning xavfsizlik darajasiga yaxshi e'tibor berilganda edi, yetkazilgan zarar darajasini kamaytirish mumkinligini tushunish ham qiyin emas. Lekin millionlab odamlar qo'shimcha xavfsizlikdan voz kechib, tejalgan mablag'ni ta'lim, dori- darmon, kiyim-kechak yoki uy-joyga sarflash imkoniyatiga ega bo'lishlarini ko'rish sirtdan ayon emas. Ta'lim darajasining oshishi, dori-darmon, kiyim-kechak va uy-joy sifatlarining yaxshilanishi umr ko'rish davomiyligining oshishi bilan bog'liq. Baxtsiz hodisa tufalyli kimlar hayotdan ko'z yumganini aniqlash qiyin emas, lekin bozor narxlari va foyda orqali boshqarilgan iqtisodiy tizim natijasida erishilgan farovonlik tufalyli kimlar bevaqt o'limdan saqlab qolinganini biz hech qachon bilmaymiz. Biroq, ikkinchi guruhga kiruvchi odamlar soni birinchi guruhga kiruvchilar sonidan ancha kattaligi shubhasiz. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling