James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Hech kim bilmaydi
Bu dunyoda hech kim meni qanday yasashni bilmaydi degan da'vomga hali ham
gumon qiluvchilar bormi?
Haqiqatdan ham, millionlab odamlar mening yaratilishimga hissa qo'shganlar, lekin
ularning hech qaysi bu to'g'risida tasavvurga ega emaslar. Olis Braziliyada kofe donlari
teruvchilar va dunyodagi boshqa oziq-ovqat yetishtiruvchilar orasida qarindoshlarimni
izlasam, meni haddan tashqari chegaradan chiqib ketyapti deb aytishingiz mumkin. Ammo
men o'z da'voimda qolaman. Shu millionlab odamlarning har biri, jumladan qalam zavodi
prezidenti, meni yasashga ko'p emas, balki zarracha hissa qo'shganlar xolos. Texnologiya
jihatdan qaraganda, Seylondagi grafit konchisi bilan Oregondagi daraxt kesuvchi o'rtasidagi
farq foydalanilgan nou-xauning turidadir. Zavoddagi kimyogarsiz yoki neft konining
ishchisisiz (parafin — neftdan olinadigan qo'shimcha mahsulot) meni yasashning iloji
bo'lmaganidek, konchisiz va daraxt kesuvchisiz ham buning imkoni yo'q.
Hayratlanarli haqiqat: na neft koni ishchisi, na kimyogar, na grafit yoki loy qazib
oluvchi, na kema, poezd yoki yuk mashinasini boshqaruvchi yoki ularni ishlab chiqaruvchi, na
metall halqamga qirralar bosadigan uskuna operatori, na kompaniya prezidenti o'z vazifalarini
men ularga kerakligim uchun bajarmaydi. Ularning har biriga, ehtimol, birinchi sinf o'quvchisi
uchunchalik ham kerak emasman. Haqiqatan ham, ularning orasida qalamni hech qachon
ko'rmaganlar yoki undan qanday foydalanishni bilmaganlar ham bor. Ularning mehnat


337
qilishiga mendan boshqa sabab bor. Balki u quyidagidan iboratdir: ushbu millionlab
odamlarning har biri o'z qobiliyatlarini ularga kerakli yoki ular xohlagan tovar va xizmatlarga
ayirboshlay olishlarini biladilar. Men shu kerakli mahsulotlar orasida bo'lishim ham,
bo'lmasligim ham mumkin.
Hukmronsiz
Yanada hayratlanarli haqiqat: mening yaratilishimga sabachi bo'lgan son-sanoqsiz
faoliyatlarni tepadan turib talab qiluvchi yoki unga majburlovchi biror hukmron yo'q. Bunaqa
shaxsning izi ham yo'q. Uning o'rnida biz «ko'rinmas qo'l»ning faoliyat natijasini ko'ramiz.
Oldinroq ana shu jumboqni qayd etib o'tgandim.
«Faqat xudo daraxt yarata oladi» deyishadi. Nima uchun bu gapga qo'shilamiz?
O'zimiz bunga qodir emasligimizni anglaganimiz uchunmi? Daraxtni tasvirlab bera olamizmi
o'zi? Yo'q, uni faqat yuzaki tushuntira olamiz. Masalan, daraxt ma'lum bir molekulyar
tuzilishdan iboratligini tushuntirishimiz mumkin. Lekin daraxtning umri davomida bo'ladigan
doimiy molekulyar o'zgarishlarni boshqarish u yoqda tursin, hech bo'lmaganda ularni izohlab
bera oladigan odam topiladimi? Bunday qobiliyatning mavjudligi aqlga sig'maydi!
Men, Qalam, mo'jizalarning — daraxt, rux, mis, grafit va hokazolarning — murakkab
aralashmasi hosilasiman. Biroq, Tabiatda ko'rinadigan mo'jizalar ustiga yanada g'ayrioddiy
mo'jiza qo'shiladi: bu odamzodning ijodkorlik quvvati, millionlab nou-xaularning biror
boshqaruvchisiz, inson ehtiyoji va istagiga javoban birlashishidir! Daraxtni faqat xudo yarata
olgani sababli, meni ham faqat xudo yarata oladi degan fikrni ma'qullayman. Inson
molekulalarni birlashtirib, daraxt yarata olmaganidek, u meni yaratishi uchun ham millionlab
qobiliyatlarni boshqara olmaydi.
Yuqorida «Agar men mo'jizaning ramzi ekanligimni anglasangiz, insoniyat umidsizlik
bilan qo'ldan boy berayotgan erkinlikni saqlab qolishga o'z hissangizni qo'shgan bo'lasiz»
deganimda, men aynan shuni nazarda tutgan edim. Nega deganda, agar bu nou-xaular inson
ehtiyoji va talabiga javoban, hech qanaqa davlat yoki majburlovchi organ ishtirokisiz, o'z-
o'zidan avtomatik tarzda ijodiy va unumli faoliyatga kirishishini anglasangiz, unda sizda
erkinlikning asosiy ingredienti, inson erkinligiga ishonch bor. Ushbu ishonchiz ozodlikka


338
erishib bo'lmaydi.
Davlat biror ijodiy faoliyat, masalan pochta xizmati ustidan monopoliya o'rnatsa,
pochta xizmati erkin irodali shaxslar tomonidan samarali tashkil qilinishiga ko'p odamlar
boshqa inshonmay qo'yadilar. Bunga sabab, har bir shaxs pochta xizmatining barcha ikir-
chikirlarini bilmasligini tan olishida. U boshqalarning ham bunga qurbi yetmasligini tushunadi.
Bu taxminlar asosli. Hech qaysi shaxs qalam ishlab chiqarish texnologiyasini bilmagani kabi,
hech qaysi shaxs butun bir mamlakatning pochta xizmatini tashkil qilish uchun yetarli bilim va
qobiliyatga ega emas. Agar inson erkinligiga ishonch bo'lmasa, millionlab mayda nou-xaular
shakllanib, ehtiyojlarimizni qoniqtirish uchun hamkorlikka kirishishini anglamasak, unda
pochta xizmatini davlat boshqaruvisiz tashkil qilib bo'lmaydi degan noto'g'ri xulosaga
kelishimiz aniq.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling