James d. Gwartney


Ish o'rinlarini yaratish muammo emas


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Ish o'rinlarini yaratish muammo emas
Butun iqtisodiy faoliyatning maqsadi cheklangan resurslardan (jumladan, inson
mehnatidan) imkoni boricha unumli foydalanib, qiymat yaratishdan iborat. Ammo resurslar
taqchilligini bartaraf etishga qanchalik harakat qilmaylik, uni yenga olmaymiz. Natijada, biz
Muallif: Duayt Li


341
hech qachon barcha istagan narsalarga erisha olmaymiz. Mavjud ish hajmi bajarilishi mumkin
bo'lgan miqdordan doimo ortiq bo'ladi. Shu sabali ish o'rinlari yaratish muammo emas.
Muammo maksimal qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishga moslashgan ish o'rinlarini
yaratishda. Tasdiqlanmagan hikoyaga ko'ra, bir muhandis Xitoyga safari davomida bir guruh
odamlar to'g'onni kirka va belkuraklar bilan barpo etayotganiga duch keladi. Muhandis
ishchilarning nazoratchisiga agar odamlarga yer qaziydigan motorli texnika berilsa, ular ishni
oylab emas, balki bir-necha kunda bitirishi mumkinligini aytganda, nazoratchi texnika ko'p ish
o'rinlarini yo'q qilishini aytadi. Shunda muhandis: «Maqsadingiz to'g'on qurish deb o'ylabman-
a», deb kinoya bilan javob qaytaradi. «Agar sizga ko'proq ish o'rinlari kerak bo'lsa, unda
ishchilarga belkurak o'rniga qoshiq berib qo'ya qoling».
Jorjiya universitetidagi talabalarimga aytib berganimdek, agar ishchilar menga arzonga,
masalan oyiga besh tsentga, ishlab bersa, unda men Afina talabalar shaharchasidagi hamma
aholini ishga yollashga tayyorman. Agar oylik ish haqini undan ham biroz pasaytirsak, unda
men butun Jorjiya shtati aholisini yollashga tayyorman. Agar men ishchilarni shu stavkada
yollasam, ularga to'g'onni qoshiq bilan barpo qilishni aytib, foyda olishim mumkin edi.
Albatta, talabalar taklifimning bema'niligini tushunadilar, chunki ular boshqa ishda ko'proq ish
haqi olishlari mumkin. Bu misol diqqatni yaratiladigan yoki yaratilmagan qiymatga emas,
balki ish o'rinlariga qaratish noto'g'ri ekanligini yaqqol ko'rsatadi. Talabalarim men taklif etgan
ishdan ko'ra yuqoriroq ish haqi to'laydigan ishlarda ko'proq qiymat yaratadilar. Ochiq mehnat
bozorlarida shakllanadigan ish haqi katta afzallikka ega, chunki bunda odamlar shunchaki
ishga emas, balki ular eng ko'p qadrlagan ish joyiga jalb etiladi.
Bozor sharoitlarida shakllangan ish haqining yana bir afzalligi shundaki, unda ish
beruvchilar ishchilarni ishga yollashning muqobil qiymatini hisobga olishlariga to'g'ri keladi.
Shuningdek, ular doimo ayni qiymatni kamroq ishchi yollash orqali yaratish yo'llarini
qidiradilar. Iqtisodiy farovonlik ayni miqdordagi yoki sifatliroq tovar va xizmatlarni kamroq
ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish orqali erishiladi. Ayrim ish o'rinlarining tugatilishi natijasida
bo'shagan ish kuchi yangi va samaraliroq ishlab chiqarishga yo'naltiriladi. Farovonlikning
manbaini anglamaslik tufayli zararli davlat siyosatiga xayrixohlik bilan qarash keng tarqalgan.


342

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling