James d. Gwartney
Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Barbodchilik yo'li bilan ish o'rinlarini
ko'paytirish 1840-yillarda Frantsuz siyosatchisi Bordoda yangi ish o'rinlarini yaratish maqsadida Parij-Ispaniya temir yo'lining Bordodagi qismini portlatishni qo'llab-quvvatlovchi taklif bilan chiqdi. Yuklar bir poezddan boshqasiga ko'chirilishi, yo'lovchilarga esa mehmonxonalar kerak bo'lishi yangi ish o'rinlarini yaratishi mumkin edi. (Bu taklif XIX asr iqtisodchisi va ocherk yozuvchisi Frederik Bastia tomonidan «Iqtisodiy safsatalar» kitobida [94-95 betlar] muhokama qilinib, rad etilgan. Kitob bilan Iqtisodiy ta'lim fondining tegishli veb-saytida tanishish mumkin). Bu taklif mening oyiga besh tsentga odamlarni yollash to'g'risidagi taklifimdan ham bema'niroq. Men bekordan-bekorga yetkazilgan zararni qisman bartaraf qilishdan ko'ra hech bo'lmaganda qandaydir qiymatni yaratish uchun ishchi yollagan bo'lar edim. Afsuski, vayronagarchilikka asoslangan iqtisodiy dasturlarning bema'niligi ularning taklif qilinishi yoki amalga oshirilishining oldini olmaydi. Ish o'rinlari yaratilishini ro'kach qilib, siyosatchilar odatda ma'lum qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan mehnat miqdorini oshiradigan qarorlarni qabul qiladilar. Importni cheklashning sabablaridan biri mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini yaratishdir (yoki himoya qilish). To'g'ri, temir yo'li qismini portlatish mahalliy ish or'inlarini yaratgani kabi bu ham mamlakat ichkarisida ish o'rinlarini yaratadi. Biroq, temir yo'lining buzilgani singari importni cheklash ham qadrli mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxini oshiradi. Mamlakat mahsulotlarni import qilishining yagona sababi import ushbu mahsulotlarni olishning eng arzon yo'li. Import qilingan mahsulotlarni tashqi savdo orqali olish ularni bevosita ishlab chiqarishga nisbatan kamroq ish kuchi talab qiladi. Shu jihatdan savdo texnologik taraqqiyotga o'xshaydi: u bo'shagan ish kuchini iste'mol uchun tovar va xizmatlar ishlab chiqarish hajmini ko'paytirishga yo'naltiradi. Importni cheklash orqali ish o'rinlarini yaratish xuddi temir yo'llarni va zavodlarni barbod qilish orqali yoki ishchilardan zamonaviy yer kavlaydigan asbob-uskunalar o'rniga belkuraklardan foydalanishni talab qilish orqali ish o'rinlarini yaratishga o'xshaydi. Shuni yoddan chiqarmangki, ish o'rinlarini yaratish iqtisodiy faoliyatning yakuniy 343 maqsadi bo'lgan boylik yaratish uchun bir vosita xolos. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling