357
Element 2.1
ga qaytish
Xususiy mulk va muqobil qiymatlar
Mulohaza uchun savol: Xususiy mulk huquqi va muqobil qiymat o'rtasida qanday iqtisodiy
bog'liklik bor?
Bozorlar xarajatlarni oshkor qilish orqali jamiyat manfaatiga hizmat qiladi, davlat esa
ushbu xarajatlarni yashirish orqali odatda manfaatdor guruhlarga xizmat qiladi. Bu yerda
xususiy mulkning muhim
roli bilan tanishib chiqib, muqobil qiymatni ko'rib chiqaman.
Xususiy mulk bozor iqtisodiyoting poydevori hisoblanadi, chunki
xususiy mulksiz va undan
kelib chiqqan ayirboshlashsiz odamlar o'z qarorlarining to'liq xarajatlarini hisobga ola
olmaydilar.
O'ta qimmat haydash
Siz sug'urtasi, texnik xizmat ko'rsatish, benzin va soliq to'lovlari avvaldan to'langan
Rolls-Roys Silver Shadou mashinasini yutib oldingiz deb tasavvur qiling. Bu shtat lotereyasini
yutishdek zo'r bo'lmasada, Silver Shadouning joriy bahosi 250 000 AQSH dollariga teng. Bu
yaxshi yangilik. Bu mashinani haydash uchun yetarlicha badavlat
emasligingiz esa yomon
yangilikdir. Sizning bunga javoban birinchi e'tirozingiz «Nega uni haydashga mening qurbim
yetmaydi?», degan savoldan boshlanadi. «Hamma xarajatlar oldindan to'langan.»
Rost, lekin mashinani haydash sizga o'ta qimmat tuyiladi deb hisoblayman. Rolls-Roys
sizga qanday qilib kelib qolganidan qat'i nazar, uning haydash qiymati u uchun boshqalar
to'lashga rozi bo'lgan narxga teng. Mashina xususiy mulkingiz bo'lganligi sababli,
siz uning
xarajatini e'tibordan chetda qoldira olmaysiz. Uning egasi sifatida siz uni kimningdir eng
yuqori baholagan qiymatiga teng narxda sotishingiz mumkin. Demak,
siz Rolls-Roysni
haydashni uning biror ishqibozi to'lashga rozi bo'lgan 250 ming dollarga sotib olishingiz
mumkin bo'lgan narsaning qiymatiga teng yoki
yuqori deb baholsangizgina, uni haydashni
Do'stlaringiz bilan baham: