James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Element 2.1 ga qaytish
Duayt Lining «Xususiy mulk va muqobil qiymatlar». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi
asosida 
The Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


361
Element 2.2 ga qaytish
Qishloq xo'jaligi yerlarining kamayishi
Mulohaza uchun savol: Xususiy mulkchilik mulk egalarini resurslarni saqlashga va tejashga
rag'batlantiradimi? Javobingizni tushuntirib bering.
Muhim resurslar tugab qoladi degan doimiy xavotirimiz bor. Xavotirimizning eng
kattasi neft to'g'risidadir, keyingisi - chiqindilarni ko'mish uchun yer maydoni va daraxlar yana
bir xavotirdir. Odamlar yaqin orada tugaydi deb xavotirlangan resurslar (ko'mir, mis, temir
rudasi, hattoki qalay) ro'yxatini davom ettirishim mumkin. Ko'p hollarda xavotirga o'rin yo'q,
chunki uni jamoa orasida qo'rquv solishdan manfaatdor bo'lgan guruhlar, e'tiborsiz jurnalistlar
hamda iqtisodiyot bo'yicha umumiy tushunchaga ega bo'lmaganlar qo'zg'atadi. Xavotirga o'rin
bo'lgan taqdirda esa, muammo hamisha xavf ostidagi resursga xususiy mulk huquqining
yo'qligidan iborat bo'ladi.
Resurslarning kamayishini oldini olishda xususiy mulk huquqining rolini ko'rish uchun
quyidagi savolni o'ylab ko'ring: yangilanmaydigan resurs hech tugab qolganmi? Men ushbu
savolni o'nlab tinglovchi guruhlariga berganimda, hech kim birorta ham misol keltira olmadi.
O'ylab ko'rsak, qayta tiklanmaydigan resurslar tugash ehtimoli eng yuqori bo'lgan resurslar
emasmi? Axir ular yangilanib turmaydi. Ajablanarlisi shundaki, biz soni qayta tiklanadigan bir
qator hayvonlarning yo'q bo'lib ketishini boshdan kechirdik. Axir bular yo'q bo'lib ketish
ehtimoli eng past bo'lgan resurslardan emasmi? Yangilanmaydigan resurslar bir joyda turishini
tan olsak, jumboqqa yechim topiladi. Ular harakatlanmaydi, shu sababli ham bunday
resurslarga xususiy mulk huquqini tatbiq etish oson. Odamlar egalik qilgan resurslarning
kelajakdagi qiymatini hisobga olib, ularni tejaydilar. Ko'p hayvonlarning ko'chmanchi tabiati
tufayli ularga xususiy mulk sifatida egalik qilish qiyin. Shuning uchun ham odamlar ularning
kelajakdagi qiymatini hisobga olmaydi. Tiklanadigan resurs bo'lishiga qaramay, ba'zi
hayvonlar butunlay yo'q bo'lib ketdi.
Agar odamlar resurslarning kelajakdagi qiymatini munosib darajada e'tiborga olishga

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling