James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Oziq-ovqat yoki golf
Nima sababdan iste'molchilar oziq-ovqatni golf maydonlariga, savdo markazlariga va
mashina to'xtash joylariga ixtiyoriy ravishda almashtiradilar? Axir oziq-ovqat golf yoki
mashina to'xtash joyidan afzalroq emasmi? Umumiy ma'noda bu albatta shunday bo'ladi. Agar
tanlov ovqatlanish yoki golf o'ynash o'rtasida bo'lganda edi, hatto golf o'yini ishqibozi ham
ovqatlanishni tanlagan bo'lar edi. Biroq, iqtisodiy tanlovlar «hammasi yoki hech nima»
printsipi asosida qilinmaydi. Aksincha, biz qarorlarni marjinal printsip asosida qabul qilib,
biror narsaning miqdorini ozroq ko'paytirish evaziga boshqasinikini kamaytirish arzishishini
hal qilamiz.
Marjinal qiymat asosida esa oziq-ovqat biz uchun golf yoki boshqa zarur bo'lmagan
ko'p narsalardan muhimroq ekanligi unchalik ravshan emas. Golf ishqibozlari keyingi golf
o'yinining qiymati voz kechilgan qo'shimcha oziq-ovqatdan kam emasligini golf to'lovlari
orqali bildiradilar. Agar iqtisodiy rivojlanish natijasida qishloq xo'jaligi yerlarining millionlab
akri «yo'qolmaganda» edi, marjinal printsip asosida golfning qiymati oziq-ovqatnikidan
yuqoriroq bo'lishi aniq. 1900-yillarda dehqon xo'jaliklarida ishlatilgan ot kuchining asosiy
qismi haqiqatan ham otlar yoki xachirlar hisobidan ta'minlangan va ular uchun yem-hashak
yetishtirishda millionlab akr yerlar kerak bo'lgan. Endilikda bu hayvonlar o'rninini yuk
mashinalari, traktorlar va yoqilg'i bilan ishlaydigan boshqa qishloq xo'jaligi texnikalari egalladi
va ularni boqish uchun ishlatiladigan yem-hashak yetishtirish yerlarlarni bo'shatdi.
Shuningdek, bugunga kelib ayni aholi sonini oziq-ovqat bilan ta'minlash uchun kamroq yer
maydonlari talab etiladi, chunki o'g'itlar, pestitsidlar, sug'orish, urug'lar va ob-havo
ma'lumotlarining takomillashishi gektariga ko'proq oziq-ovqat yetishtirish imkonini beradi
hamda hosilni yig'ib olish, qadoqlash va tashishning takomillashishi yetishtirilgan
mahsulotning ko'proq qismini dasturxonga yetib kelishiga yordam beradi. Agar
dehqonchilikka hozir ham 1900-yillariga teng yer ajratsak, bugungi texnologiyalar bilan
hamma yoqni qovun bosib ketgan bo'lar edi. Agar shu rost bo'lsa, qovun uchun qo'shimcha akr
yerning qiymati ushbu yerlarda barpo etish mumkin bo'lgan golf maydonining qiymatidan


364
qanchalik katta bo'lishi mumkin?
Hozirda qishloq xo'jaligi yerlari 1900-yillardagidek ko'p emas, chunki oziq-ovqat
ishlab chiqarishi hajmining oshishi bilan uning marjinal qiymati uy-joylar, savdo markazlari,
golf maydonlari va hokazolarning marjinal qiymatiga nisbatan kamayadi. Iste'molchilar nisbiy
qiymatlardagi ushbu o'zgarishlarni xaridlari bilan bildiradilar, bu esa oziq-ovqat narxlarini
qishloq xo'jaligi yerlaridan boshqa maqsadlar uchun foydalanadigan faoliyatlarning narxiga
nisbatan pasaytiradi. Bu esa qishloq xo'jaligi yerini kamaytirishni rag'batlantiradi va bu jarayon
to qishloq xo'jaligi yerining marjinal qiymati boshqa maqsadlarda foydalanadigan yerning
marjinal qiymatiga tenglashguncha davom etadi.
Shunga qaramasdan, qishloq xo'jaligi «inqirozi» hali beri tugashiga umid qilmang.
Jamoat tashkilotlari kattaroq byudjet umidida, xususiy tashkilotlar esa ko'proq ilmiy
tadqiqotlar o'tkazish yoki kattaroq subsidiya olish maqsadida jamoatni xavotirga soluvchi
inqirozlarni doimo izlab topadilar. Agar marjinal qiymat bilan to'liq qiymatning farqini ko'proq
odamlar tushunib yetganda edi, sun'iy inqirozni o'ylab topish bunchalik oson bo'lmas edi.
Yakuniy savol: Nima uchun ishonchli mulkchilik huquqi iqtisodiy taraqqiyotga
ko'maklashadi? Nima uchun umumiy mulkchilik shakli va ishonchsiz mulkchilik huquqi
iqtisodiy taraqqiyotga halaqit beradi?

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling