James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Muallif: Duayt Li


366
buzilgan shaxslar ularga zarur tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchilarning emas, balki tabiiy
ofatning qurbonlari bo'ladi. Narxlarning yuqoriligini jabr ko'rganlarning yordamga
muhtojligini yordam bera oladiganlarga bildirishning eng yaxshi yo'li deb tushuntirsa bo'ladi.
Yuqori narxlar yordam iltijolariga tez va samarali javob berilishini ham ta'minlaydi.
Mayamiga yog'och-taxta materiallarini
jo'natish.
Men 1992-yilda, ya'ni Janubiy Floridada Endryu dovuli bo'lib o'tganidan ko'p o'tmay,
Ogayoda ma'ruza o'qiganimda, shunga o'xshash javobning qiziq bir misoli to'g'risida eshitdim.
Men bo'ron va uning oqibatlarini narx muloqotining ahamiyatini namoyish qilish uchun
ta'kidlab o'tdim. Shunda auditoriyadan bir kishi Klivlend shahri yaqinida qurilish pudratchisi
bo'lib ishlaydigan o'g'li turmush o'rtog'i bilan birgalikda yillar davomida orzu qilib yurgan
uylarini qurishni boshlagani haqida gapirib berdi. Uyning poydevori allaqachon qo'yilgan,
Mayamiga Endryu bo'roni yopirilgan vaqtda yog'och-taxta materiallari hali yo'lda bo'lgan.
Tabiiy ofat to'g'risida eshitganidan so'ng, u yog'och materiallarini o'zi uchun ishlatishdan voz
kechib, ularni (turmush o'rtog'ining qarshiligiga qaramasdan) Mayamiga jo'natadi. Nega?
Chunki yog'och materiallari narxining oshishi u uchun eng ishonchli yangilik bo'lib, ularga
talab Klivlendan ko'ra Mayamida kattaroq ekanligidan xabar berdi.
Klivlendlik pudratchi vijdonsiz olibsotar bo'lganmi? Dargumon. Aslida Endryu
dovuldan jabr ko'rganlarga tekkan nafi o'tirvolib, olibsotarlarga bo'lgan nafratini izhor
qiladigan odamlardan ko'ra ko'proq bo'ldi. Dovuldan jabrlanganlar uchun bir qancha odamlar
Mayamiga tekin yordam jo'natgani rost. Albatta, bu odamlar maqtovga sazovor. Biroq ularning
yordami balandroq narxlar bilan rag'batlanib, Endryu jabrnaluvchilari bildirgan (yuqori narxar
orqali) g'oyatda zarur bo'lgan mahsulotlarni ta'minlagan butun mamlakatdagi (aslida
dunyodagi) yetkazib beruvchilarning yordamiga nisbatan arzimas edi.
Tabiiy ofatdan talofot ko'rganlarga mahsulotni yuqori narxlarda sotadiganlardan
nafratlanuvchilar tanqidlarini boshqa joyga qaratishlari lozim. Ularning tanqidi (iqtisodiy
savodsizlik oqibati) va ular qo'zg'atgan jamoat fikri ko'pincha narx nazorati o'rnatilishiga olib
keladi. Bu esa yordamga muhtojlarning chaqiriqlarini bo'g'adi. «Atlanta Journal-Constitution»


367
gazetasi o'tgan yil aprel oyidagi nashrida Jorjiyada narxlarning oshirib yuborilishiga qarshi
qonunga asosan, yetkazib beruvchilar narxni falokat kunidan bir kun oldingi narxdan bir
penniga ham oshirishi taqiqlanganligini ta'kidlagan. Tornadodan qattiq talofot ko'rgan
Atlantaga bir necha shtatlardan qurilish pudratchilari va qurilish materiallari oqib kelganini
sharhlagan maqolada qonunga kinoyasiz xayrixohlik bildirilgan. Agar narxlarning oshirib
yuborilishiga qarshi qonun to'liq tatbiq etilganda ushbu yordamning uzoqdan kelishiga yoki
qonun tufayli yordam hajmi kamaymaganligiga jiddiy ishonish mumkinmi? (Jorjiya shtatida
narxlarni oshirib yuborish bir yildan to o'n yilgacha muddatga qamoq jazosi bilan va 5 000
dollar jarimaga tortish bilan jazolanadi).

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling