James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozorlar va erkinlik Mulohaza uchun savol
Mulohaza uchun savol: agar narxning yuqori darajasini belgilash tovarlar, xizmatlar
va resurslarning falokat hududi tomon erkin harakatlanishiga xalaqit bersa, davlat tabiiy ofatlar vaqtida narxning yuqori darajasini belgilashi kerakmi? Element 2.3 ga qaytish Duayt Lining «Yordamga iltijolarni tsenzura qilish» Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 369 Element 2.7 ga qaytish Bozorlar va erkinlik Mulohaza uchun savol: Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida erkin ayirboshlash va boylik bir-birini qanday qo'llab-quvvatlaydi? Erkin bozor sharoitlarida yuzaga keladigan ijtimoyi hamkorlik farovonlik uchun zarur ixtisoslashuvga ko'maklashadi. Biz ixtisoslashuvsiz yanada qashshoqroq bo'lgan bo'lar edik. Ixtisoslashuv ko'p sonli odamlar bozor ayirboshlashi orqali ishlab chiqarish va iste'molni muvofiqlashtirishi tufayli yuzaga keladi. Biz bozor orqali erishadigan moddiy boylikdan ko'ra erkinlik manfaati muhimroq hisoblanadi. Faqat bozor iqtisodiyotida mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan javobgarlik va intizom bo'lmasa, biz erkinligimizning katta qismidan ayrilib qolishimiz mumkin. Erkinlikning qadriga yetmaslik oson, ayniqsa, Qo'shma Shtatlarida, chunki boshqa mamlakatlar xalqi faqat orzu qilishi mumkin bo'lgan erkinlikdan foydalanib kelyapmiz. Erkinlik mustahkam sog'liqqa juda o'xshaydi: uni yo'qotmaguncha odamlar uning qardiga yetmaydi. Xuddi sog'lom odamlar vaqtinchalik nafsga berilib, sog'liqlariga ziyon yetkazishlari mumkin bo'lgani kabi, erkin odamlar ham erkinlik uchun zarur muhitga tahdid soluvchi vaqtinchalik siyosiy manfaatlarni tanlab, erkinliklaridan ayrilib qolishlari mumkin. Bundan tashqari, boylik qanchalik muhim bo'lmasin, u sog'liq va erkinlikchalik muhim emas. Sog'lig'i yomon yoki boylikdan rohatlanishga erkin bo'lmagan shaxs uchun boylik uncha ahamiyatli emas. Buning ustiga, sog'liq va erkinlik boylik ishlab chiqarishda muhim qismlarni tashkil etadi va bunda, ayniqsa, erkinlik mutlaqo zarur hisoblanadi. Kasal odamlar ham unumli bo'lishlari mumkin, lekin erkinliksiz bozorda samarali hamkorlikni amalga oshirishning iloji yo'q. Shuning uchun men alohida, lekin bir-biriga bog'liq ikki xil nuqtai nazarni muhokama qilmoqchiman. Birinchisi, samarali bozor hamkorligi erkinlikka bog'liq, ikkinchisi esa erkinlik samarali bozor hamkorligiga bog'liq. Odatda iqtisodchilar resurslar taqchilligining muqarrar Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling