James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyosh bilan adolatsiz raqobat Mulohaza uchun savol
Yakuniy savollar: Savdo cheklovlari va soliqlar ayirboshlash erkinligiga qanday ta'sir
ko'rsatadi? Boylik yaratilishiga ular qanday ta'sir ko'rsatadi? Element 2.7 ga qaytish 1. Men tabiiy resurslari tufayli katta boylikka ega va o'z fuqarolari erkinligini cheklovchi avtokratik siyosiy tizimga ega mamlakat holatini hisobga olish uchun ushbu matnni moslashtirdim. Hatto shu holatda ham, erkinlikning yetishmovchiligi mamlakatga resurslaridan to'liq foydalanishiga to'sqinlik qiladi va boylikni ko'paytirish yoki hattoki uni saqlash uchun zarur unumdorlikka putur yetkazadi. ↩ 2. Qarang: F.A. Hayek, The Constitution of Liberty (Chicago: University of Chicago Press, 1960), 32-bet. ↩ Duayt Lining «Bozorlar va erkinlik». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida The Foundation for Economic Education tashkiloti tomonidan taqdim etilgan. 373 Element 2.7 ga qaytish Quyosh bilan adolatsiz raqobat Mulohaza uchun savol: Siyosatchilar arzon import iqtisodiyot uchun zararli deb tez-tez da'vo qilib turadilar. Ushbu matnni o'qiganingizda shu nuqtai nazar to'g'risida o'ylab ko'ring. «Janoblar, siz to'g'ri yo'ldasiz. Siz mavhum nazariyalarni rad etasiz va arzonchilik hamda mo'l-ko'lchillikka ahamiyat bermaysiz. Siz asosan ishlab chiqaruvchi manfaati to'g'risida qayg'urasiz. Siz uni xorijiy raqobatdan himoya qilishni va milliy bozorni mahalliy sanoat uchun saqlashni istaysiz. Biz xorijiy raqobatchining chidab bo'lmas raqobatidan azob tortyapmiz, ko'rinishidan, undagi yoritish vositalarini ishlab chiqarish sharoitlari biznikiga nisbatan shunchalik ustunki, u mahalliy bozorimizni juda arzon narxdagi mahsuloti bilan mutlaqo to'ldiryapti. U paydo bo'lishi bilan bizning savdomiz to'xtab qoladi — barcha iste'molchilar unga boradi; son- sanoqsiz shoxobchalarga ega mahalliy sanoat tarmog'i birdaniga turg'unlikka uchraydi. Bu raqobatchi quyoshning aynan o'zi bo'lib, u biz bilan shafqatsiz urush olib boryapti va taxminimizcha, uni xoin Albion [tarj. izohi: Albion — Angliya] bizga qarshi ko'targan (hozirgi kun uchun yaxshi taktika); o'sha kekkaygan orolga u qanchalik ehtiyotkorlik bilan qarasa, u bizga shunchalik ko'p nurini sochadi. Mamlakatimiz farovonligi uchun ishlovchi biz kabi maqtovga sazovor ishlab chiqaruvchilarni davlat minnatdorchilik sifatida tengsiz urushda tark etmasligi kerak va bizning zararimizga quyosh nuri uyga kirishi mumkin bo'lgan barcha derazalarni, tomdagi derazalarni, yotoqxona derazalarini, tashqi va ichki deraza eshiklarini, pardalarni, darpardalarni, kichkina yumaloq derazalarni, bir so'z bilan aytganda, barcha teshiklarni, tuynuklarni, kovaklarni, yoriqlarni va oraliqlarni yopishni talab qiluvchi qonunni qabul qilishingizni sizdan iltijo qilamiz. Janoblar, ishonamizki, siz talabimizni kinoya deb hisoblamaysiz va uni qo'llab- Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling