James d. Gwartney


Frederik Bastianing «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma» asarining


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Frederik Bastianing «Sham ishlab chiqaruvchilar nomidan arznoma» asarining
qisqartirilgan versiyasi


374
quvvatlovchi bizdagi bor sabablarni eshitmasdan rad etmaysiz.
Birinchidan, agar tabiiy nur kirishi mumkin bo'lgan barcha joylarni iloji boricha yopib,
sun'iy nurga talabni yaratsangiz, bu qaysi frantsuz ishlab chiqaruvchilariga xush kelmaydi?
Sizning e'tirozlaringiz to'g'risida taxminimiz bor, janoblar, lekin shuni bilamizki, siz
erkin savdo tarafdorlarining zaif tadqiqotlaridan olgan da'volardan boshqa hech narsani bizga
qarshi qo'ya olmaysiz. Biz sizni bizga qarshi aytgan har bir so'zingiz darhol o'zingizga va
butun siyosatingizga qarshi ishlatilishidan ogohlantiramiz.
Agar bizga biz istagan himoya berilsa, bu mamlakatga salbiy ta'sir ko'rsatadi, chunki
zararning yuki iste'molchiga tushadi, deb e'tiroz bildirasiz.
Biz quyidagicha javob beramiz:
Sizning iste'molchi manfaatiga murojaat qilishga haqqingiz yo'q, chunki har doim
uning manfaati ishlab chiqaruvchi manfaatiga zid kelsa, siz ishlab chiqaruvchidan voz
kechasiz. Siz ishchilar va ish qidiruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida shunday yo'l
tutgansiz. Aynan shu sababli siz yana shunday qilishingiz lozim.
Siz o'zingizni bu e'tirozdan xalos ettingiz. Agar sizga iste'molchi temir, ko'mir,
makkajo'xori va matolarni erkin importidan manfaatdor deb aytishsa, siz ha deb javob berasiz,
lekin ishlab chiqaruvchi ularning importini taqiqlashdan manfaatdor. Shunday ekan, agar
ist'emolchilar tabiiy yorug'likning erkin kirishidan manfaatdor bo'lsa, sun'iy yoritish vositalari
ishlab chiqaruvchilar uni taqiqlashdan bir xilda manfaatdordir.
Agar siz quyosh nuri tabiatning beg'araz in'omi va uni rad etish xuddi uni olish
vositalarini qo'llab-quvvatlash bahonasida boylikni rad etish bilan barobar deb vaj qilsangiz,
biz sizni o'z siyosatingizga halokatli zarba berishdan ogohlantiramiz. Eslasangiz, siz shu
paytgacha xorij mahsulotlarini doimo rad qilgansiz, chunki ular xususiyati bo'yicha mahalliy
mahsulotlardan ko'ra ko'proq beg'araz in'omga o'xshaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tabiat va inson mehnati (mamlakat va iqlimlarga
bog'liq ravishda) turli nisbatlarda o'zaro hamkorlik qiladi. Tabiat ta'minlagan qism asosan
beg'arazdir; aynan inson mehnati orqali ta'minlangan qism qiymatga ega bo'lib, unga haq
to'lanadi.
Lissabon apelsini Parij apelsiniga nisbatan ikki barobar arzonga sotiladi, chunki u
uchun tabiiy va shu sababli tekin issiqlik yetarli bo'lsa, ikkinchisi uchun sun'iy va shu sababli


375
qimmat issiqlik manbai kerak bo'ladi.
Bizga Portugaliyadan apelsin kelganda, biz uning bir qismi tekinga, yana bir qismi esa
og'ir mehnat evaziga yetkazib berilyapti deb xulosa qilishimiz mumkin; boshqacha qilib
aytganda, ular bizga Parij apelsiniga nisbatan yarim narxda keladi.
Biz aynan ana shu beg'araz yarmi (bu so'z uchun uzr so'rayman) sababli uni raqobatdan
istisno qilish uchun kurashyapmiz. Siz qanday qilib butun ishni o'zi bajaradigan
mamlakatimizdagi ish kuchi ishning faqat yarmini ishchilar, qolganini quyosh bajaradigan
xorijiy ish kuchi bilan raqobatlasha oladi dersiz. Biroq, agar ushbu beg'araz yarim qism uchun
siz raqobatni cheklashga qaror qilsangiz, qanday qilib to'liq beg'arazlikdan iborat qism uchun
raqobatga yo'l berishingiz kerak?
Agar harakatlaringiz mantiqiy bo'lganda edi, siz mahalliy sanoatga salbiy ta'siri uchun
yarmi beg'araz bo'lgan mahsulotlar importini cheklab, butunlay beg'araz bo'lgan mahsulotlarni
esa ikki barobar shijoat bilan cheklagan bo'lar edingiz.
Yana bir bor, agar bizga ko'mir, temir, makkajo'xori yoki to'qimachilik matolari kabi
mahsulotlar xorijdan keltirilsa va ular o'zimizda ishlab chiqarilgandan ko'ra kamroq ish kuchi
bilan ishlab chiqarilgan bo'lsa, bu farq bizga berilgan tekin sovg'adir. Farq qanchalik katta
bo'lsa, sovg'a miqdori ham shunchalik ahamiyatli bo'ladi. Agar xorijlik kishi biror bir mahsulot
uchun biz to'lashimiz kerak bo'lgan narxning to'rtdan uch qismini, yarmini yoki choragini
so'rasa, sovg'a miqdori mahsulot qiymatining choragiga, yarmiga yoki to'rtdan uch qismiga
teng bo'ladi. Agar donor (xuddi quyosh bizni yorug'lik bilan ta'minlagani kabi) bizdan bir vaqo
ham talab qilmasa, sovg'a juda a'lo va to'liq bo'ladi. Sizga rasmiy ravishda beradigan savolimiz
quyidagicha: siz mamlakatimiz uchun beg'araz iste'molning manfaatlarini istaysizmi yoki
mashaqqatli ishlab chiqarishning soxta manfaatlarinimi?
Tanlang, lekin mantiqan tanlang; agar ko'mir, temir, makkajo'xori, xorij matolari
importini ularning narxi nolga intilgandagi nisbatda cheklashni davom ettirsangiz, kun
davomida narxi allaqachon nolga teng bo'lgan quyosh nuriga ruxsat berish qanchalik
nomuvofiqlik bo'ladi!»

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling