James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Element 3.1 ga qaytish
Edvard Ellisning «Siznikimas xo'jayinlik qilishga» hikoyasi «Polkovnik Devid Krokettning hayoti». Ushbu material «Creative
Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi asosida 
The Foundation for Economic Education
tashkiloti tomonidan taqdim
etilgan.


385
Element 3.4 ga qaytish
Siyosat va tashqi savdo
Mulohaza uchun savol: Nima uchun davlatlar savdoga soliq joriy etadi va uni cheklaydi?
Muqobil qiymat va qiyosiy ustunlik g'oyalarini hisobga olsak, erkin savdo ham nazariy,
ham amaliy nuqtai nazardan katta afzallikga ega. Hatto mamlakat aholisi barcha tovarlarni
ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo'lsa ham, ular uchun tashqi savdo baribir manfaatli,
chunki hamma narsani ishlab chiqarishda ular qiyosiy ustunlikka ega bo'la olmaydi.
Tashqi savdoni qo'llab-quvvatlovchi nazariy asoslarni ko'plab empirik dalillar
tasdiqlaydi. Agar mamlakat xalqaro savdoga ishlab chiqarish faoliyatini qiyosiy ustunligi bor
sohalarga yo'naltirishga imkon bersa, u savdoni cheklovchi mamlakatlarga nisbatan ko'proq
rivojlanadi. Bu dalilga qaramasdan, deyarli hech mamlakat erkin savdo siyosatiga amal qilgani
yo'q. Kamdan-kam va odatda qisqa vaqt davom etadigan istisnolardan tashqari, davlatlar
savdoga soliq yoki kvota joriy etish orqali iqtisodiy unumdorlikni va aholi farovonlik
darajasini pasaytiradi. Nega? Bu qismda shu savolga javob berishga harakat qilamiz.
Hamkorlik va musodara qilish
Erkin savdoning afzalliklarini hisobga olganda, agar siyosiy jarayondagi ijtimoiy
hamkorlik darajasi bozor jarayonidagi kabi bo'lganda edi, hech qaysi davlat importga qarshi
to'siqlar o'rnatmagan bo'lar edi. Savdo cheklovlari olinganda iste'molchilar yutadi, lekin ayrim
ishchilar va investorlar yo'qotishlar ko'radilar va bu yo'qotishlar ko'pincha vaqtinchalik, ba'zida
esa doimiy bo'ladi. Hatto o'z sanoatidagi savdo protektsionizmining bekor qilinishidan doimiy
yo'qotishlarga duch keladiganlar ham barcha mahalliy sohalari himoya ostida bo'lgan
iqtisodiyotda yashaganidan ko'ra, to'liq erkin savdoga asoslangan iqtisodiyotda yashagani
manfaatliroq. Garchi odamlar o'z sanoati himoyasidan foyda olsa ham, ular iste'molchi sifatida
boshqa barcha sohalar himoyasi natijasida ancha ko'proq yo'qotadilar.
Duayt Li


386
Chet el kompaniyalari bilan keskin raqobatga duch kelgan sanoat korxonalari, agar
ularga davlat himoyasini joriy qilish natijasida boshqalarga yetkazilgan zararni qoplash
yuklatilmasa, davlat himoyasini talab qiladilar. Biroq, agar sanoat protektsionism bilan bog'liq
xarajatlarni to'lashga majbur bo'lsa, protektsionism yuz bermaydi, chunki himoya ostidagi
sanoat foydasidan iste'molchilarga yetkazilgan zarar kattaroq.
Afsuski, odamlar davlat manfaatlarini olganda, bozor tizimidagi ka'bi ularning
tannarxiga mos narxni to'lamaydi. Bozordagi hamkorlik bozorning xarajatlarni yig'ish, jamlash
va mas'ul bo'lganlar tomonidan hisobga olinishi uchun juda ko'p odamlar o'rtasida keng
taqsimlangan xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotni tarqatish qobiliyati orqali amalga oshadi.
Aksincha, siyosiy jarayon orqali ta'minlangan manfaatlar bilan bog'liq xarajatlar ko'pchilik
orasida taqsimlanganda, bu xarajatlarga hech kim ko'pincha e'tibor bermaydi. Demak, davlat
odamlarning hamkorlik orqali emas, balki musodara qilish orqali shaxsiy manfaatlarga erishish
vositasiga aylanadi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling