James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Mulohaza uchun savol: Davlat energiya ishlab chiqarish va tejash hajmini aniqlay oladimi?
Tushuntirib bering.
Iqtisodiyotdagi eng muhim qarashlardan birini F.A. Hayek «Jamiyatda bilimdan
foydalanish» (American Economic Review, 1945-yil sentabr) deb nomlangan mashhur
maqolasida qayd e'tilgan. Hayekning nuqtai nazari oddiy bo'lsada, u chuqur ma'noga ega:
mantiqqa mos iqtisodiy tanlovlarni amalga oshirish uchun zarur ma'lumotlar juda tarqoq va
ularni ifodalash murakkab, shu sababli hech bir inson yoki ekspertlar guruhi ma'lumotlarga
egalik qilishga qodir emas. Hayek o'z maqolasida faqat bozor narxlari orqaligina odamlar
resurslarni eng foydali faoliyatga yo'naltirish to'g'risida yetarli ma'lumotga ega bo'lishi
mumkinligini ta'kidlaydi. Bozor narxini bekor qilish yoki siyosiy yo'l bilan uning yuqori yoki
quyi chegarasini o'rnatish orqali erkin narx darajasini oz'gartirish, resurslardan unumsiz
foydlanishning oldini olish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni muntazam ravishda yo'qqa
chiqaradi.
Afsuski, ko'p odamlar Hayekning bu nuqtai nazariga qo'shilmaydi. Bu holat, ayniqsa
siyosatchilar va jurnalistlar orasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Keng tarqalgan qarashlarga
asosan, agar iqtisodiy muammo yuzaga kelsa, uning yechimi muammoning mavjudligini inkor
qilishdan iborat.
Bunday nuqtai nazargning eng so'nggi misoli energiya siyosatidagi energiyani ishlab
chiqarish yoki uni tejash munozarasi bo'ladi. Energiya ishlab chiqarish va tejashning maqbul
nisbati to'g'risidagi qarorni Kongress muhim energiya mahsulotlarining narxlariga «bozorga
asoslangan» narx chegarasini o'rnatganidan son'g qabul qilinishi kerak deb keng tan olingan.
2001-yil 28-mayda Business Week jurnalida chop etilgan maharrir sharhiga e'tibor qiling: «Bir
necha ekolog-ekstremistlardan tashqari, hech kim energiyani tejash energiya inqirozidan
chiqishning yagona yo'li ekanligiga ishonmaydi. Biroq, ayrimlar energiyani tejash ham hech

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling