James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Yakuniy savol: Xususiy shaxslarning narx signallari asosida energiya bo'yicha qabul
qilgan qarorlarining samaradorligini davlat mulozimlari siyosiy maqsadlarni ko'zlab qabul
qilgan qarorlarining samaradorligi bilan solishtiring.
Element 3.7 ga qaytish
Duayt Lining «Energiya ishlab chiqarish va tejash». Ushbu material «Creative Commons Attribution 4.0» xalqaro litsenziyasi
asosida 
The Foundation for Economic Education
 tashkiloti tomonidan taqdim etilgan.


393
Element 3.8 ga qaytish
Ijtimoiy hamkorlik va bozor
Mulohaza uchun savol: Ushbu mantnni o'qib, quyidagi savol ustida o'ylab ko'ring: erkin va
ochiq bozorlar ijtimoiy hamkorlikka ko'maklashadimi?
Iqtisodiyotning asosiy tushunchalari shaxslar o'z manfaati yo'lida qilgan tanlovlari
boshqalarni ham o'z manfaati yo'lida ish ko'rishi uchun eng yaxshi omil ekanligidadir. Bu
ijtimoiy hamkorlik muqarrar natija emas. U odamlar boshqalarning tashvishlarini hisobga
olishga undovchi qoidalarni talab etadi. Shunday mahorati bor qoidalar erkin bozor
iqtisodiyotining xususiyati hisoblanadi
(1)
.
Erkin bozor iqtisodiyotlari madaniy xilma-xillik sababli bir-biridan farq qiladi. Biroq
uning muhim qoidalarini xususiy mulk asosida izohlashimiz mumkin. Mulkning xususiy egasi
bor, xususiy mulkdorlar esa mulklaridan chegara doirasida erkin foydalanish huquqiga ega;
mulk huquqi o'zaro kelishilgan shartlar asosida boshqalarga o'tkazilishi mumkin. Bu qoidalar
qanday qilib ijtimoiy hamkorlikni rag'batlantirishini o'rganishdan avval, keling, bu yutuq
qanchalik diqqatga sazovor ekanligini ko'rib chiqaylik
(2)
.
Imkonsizdek tuyuladi
To'liq ijtimoiy hamkorlik har bir kishidan uning qarorlari ta'sir etgan shaxslarning
istaklari hamda resurslarning nisbiy taqchilligini belgilaydigan muntazam o'zgaruvchi muhitlar
to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishni talab qiladi. Misol uchun, paxta mahsulotlaridan
foydalanmoqchi bo'lgan har bir shaxs Braziliya yoshlarining jinsi kiyimga qiziqishi oshgani
yoki oshmagani, yoki Missisipidagi noqulay obi-havo jinsi matosi uchun zarur bo'lgan paxta
taklifini qisqartirgani yoki qisqartirmangani, yoki yangi dalillarga ko'ra paxta dalalarida ishlash
nafas olish yo'llariga salbiy ta'sir ko'rsatishi yoki ko'rsatmasligi to'g'risida xabardor bo'lishi
kerak bo'ladi. Odamlar o'z qarorlarini o'zaro ma'qul bo'lgan usullar bilan tartibga keltirishlari

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling