James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Muallif: Duayt Li
390 qanday rol o'ynamaydi deb hisoblaydi. Yaqin haftalar ichida maqbul balansni o'rtanitsh Kongressga havola». (Izoh. Ushbu tahririyat narx nazoratini tavsiya qilinmaganligini qayd etish zarur deb hisoblayman). Agar siyosatchilar energiya narxlarini nazorat qilishga harakat qilmaganda edi, ular energiya ishlab chiqarish va tejashning «balansi to'g'risida kelishuv» topishlariga zarurat bo'lmas edi. Ammo bu narxlarni nazorat qilishga kirishgani bilan, na siyosatchilar, na boshqalar qancha energiya ishlab chiqarish va qanchasini tejash zarurligi to'g'risida biror aniq ma'lumotga ega emas. Har safar energiyaning mavjudligi to'g'risida xavotirga tushganimizda, energiyani tejash yoki ishlab chiqarish to'g'risida bahslar kelib chiqadi. Bunday bahslar 1970-yillarda va 1980-yillarning boshida OPEK eksport cheklovlariga javoban sodir bo'lgan edi. So'ngra shu yilning boshida OPEK neft ishlab chiqarish hajmini biroz qisqartirishi va Kaliforniyada siyosiy sabablarga ko'ra elektr energiyasi taqchilligining yuzaga kelishi yana bahslarga sabab bo'ldi. Tomonlardan biri biz kichikroq avtomobillarni haydashga o'tishimiz, jamoat transportidan ko'proq foydalanishimiz, yuqori energiya tejamkor jihozlardan foydalanishimiz, uy va ish joylarimizni yaxshiroq izolyatsiya qilishimiz va ularni yozda issiqroq, qishda esa salqinroq tutishimiz zarurligini uqtiradilar. Ikkinchi tomon esa biz taraqqiyotga faqat tejash bilan erisha olmasligimizni va shu sababli energiya ishlab chiqarishni ko'paytirish uchun neft va ko'mir qazib chiqarishni, elektr va atom stantsiyalari qurishni ko'paytirishimiz zarur degan fikrni ilgari suradilar. Albatta, har ikkala tomonning xolis ishtirokchilari tejash va ishlab chiqarish o'rtasida biror balansga kelishish zaruratini tan oladilar. Biroq, ikkala tomonning har biri aynan o'zlarining siyosiy taklifi to'g'ri balansga olib kelishiga yoki ikkinchi tomonning taklifi noto'g'ri balansga olib kelishiga ishontirishga harakat qiladi. Qaysi tomon haq? Ishlab chiqarish va tejashning eng optimal balansi qanday? Hech kim bunga aniq javob bera olmaydi. Hech kim! Kolumbiya okrugining Vashington shahridagi yoki boshqa yerdagi biror bir shaxs yoki guruh biz qancha energiya tejashimiz yoki ishlab chiqarishimiz zarurligi to'g'risida tushunchaga ega emas. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling