James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ozchilikning kuchi
Ko'pchilikning zaifligi
Savdo cheklovlaridan olinadigan manfaatlar himoya ostidagi sanoatdagi ba'zilar qo'lida jamlanadi, bu bilan bog'liq xarajatlar esa barcha iste'molchilar o'rtasida parchalanadi. Savdo cheklovlari bilan bog'liq xarajatlar millionlab iste'molchilar o'rtasida taqsimlanishi sababli, faqat iste'molchilarning ozchiligi himoya ostidagi mahsulot uchun qo'shimcha to'layotganini his qiladi. Har holda, iste'molchilar yuzlab xil mahsulotlar xarid qiladilar va bitta mahsulot narxining sal oshishi odatda hech birining farovonlik darajasiga uncha ta'sir ko'rsatmaydi. Iste'molchi narxning sal o'sishini sezsa ham, u bu savdo cheklovi natijasi ekanligi to'g'risida tasavvurga ega bo'lmaydi. Agar biror tasodif tufayli u qo'shimcha xarajatning sababidan xabar topsa ham, unda siyosiy yo'l bilan kurashishga uncha istak bo'lmaydi. U savdo cheklovini olib tashlashga erishgan taqdirda ham, bunga sarflangan harakat o'rnatilgan cheklov bilan bog'liq xarajatdan qimmatga tushishi mumkin. Cheklovni bekor qilishdan keladigan jami manfaat juda katta bo'lsa ham, uning katta qismi, siyosiy kurashga qatnashganligidan qat'i nazar, boshqa iste'molchilarga nasib etadi. Ammo uning yakka holdagi siyosiy kurashi biror ijobiy natijaga olib kelishi amri mahol. 387 Albatta, agar iste'molchilarning katta qismi birgalikda harakat qilsa, ular hal qiluvchi siyosiy ta'sirga ega bo'lishi mumkin. Biroq, iste'molchilarning soni juda katta va ulardan har birining natijadan oladigan ulushi juda kichik bo'lganligi sababli, ularni siyosiy harakatga jalb qilish juda mushkul. Tez-tez bo'lib turganidek, siyosatdan zarar ko'rgan odamlar soni qancha ko'p bo'lsa, ular shunchalik kam siyosiy ta'sirga ega bo'ladilar. Ozchilikning kuchi Boshqa tomondan, savdo cheklovlaridan manfaatdor bo'lganlar soni kamchilikni tashkil etganligi tufayli, ular lobbi faoliyatida samarali bo'ladilar. Har bir ishtirokchi manfaati katta bo'ladi hamda ularning har biri o'ziga tegishli manfaat miqdorini va manbaini yaxshi biladi. Bundan tashqari, manfaatdorlarning soni kichkinaligi sababli, ularni siyosiy faoliyat uchun uyushtirish nisbatan oson kechadi. Haqiqatan ham, ular sanoat tarmog'i va kasaba uyushmalari orqali allaqachon uyushgan bo'ladi. Shu sababli savdo cheklovlari masalasi ko'rib chiqilganda, siyosatchilar asosan cheklov tarafdorlarining fikrini eshitadilar, unga qarshi tomonning fikri esa kamdan-kam ularning diqqatini o'ziga tortadi. Natijada manfaatlar ozchilik qo'lida jamlanishiga va ko'pchilik o'rtasida taqsimlangan ancha katta miqdordagi xarajatlar esa e'tibordan chetda qolishiga moyillik paydo bo'ladi. Shuning uchun ham, ma'lum bir siyosatdan qanchalik oz odam manfaatdor bo'lsa, shu siyosatni qabul qilishga ular shunchalik katta ta'sirga ega bo'ladi. Kichkina uyushgan guruhlar jamiyat hisobidan savdo cheklovlarini (va alohida manfaatdor guruhlar foydasiga o'tkaziladigan ko'plab boshqa dasturlarni) joriy qilishdan manfaat ola olsa, siyosiy jarayon ijtimoiy hamkorlikni rag'batlantirmaydi. Shu tufayli ham, davlat erkin bozor faoliyatiga asoslangan ijtimoiy hamkorlikka doimo tahdid soladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling