James d. Gwartney
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ukrainadagi muntazam siyosiy inqirozlar 2016-yil 10-aprelda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk istefoga chiqishini
- Konstitutsiyadagi kamchiliklar 2016-yil 13-aprel
Ukrainada konstitutsiyaviy islohotlar
o'tkazish zarurati Mualliflar: Rojer Mayerson, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori (2007); Jerard Roland, Berklidagi Kaliforniya universitetining Morris Koks iqtisodiyot fanlari professori; Timofiy Milovanov, «VoxUkraine» hammuassisi, Kiev iqtisodiyot maktabi faxriy prezidenti Ukrainadagi muntazam siyosiy inqirozlar 2016-yil 10-aprelda Ukraina bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga chiqishini e'lon qildi va kelajakda prezidentlikka o'z nomzodini qo'yish niyati borligiga ishora qildi. Yatsenyuk o'zining o'rniga Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoga sodiq hisoblangan parlament spikeri Volodimir Groysman nomzodini qo'llab-quvvatladi. Muntazam siyosiy inqirozlar, umri qisqa davlat hokimiyati va keng tarqalgan korruptsiya Ukrainada oddiy holat. Asosiy hokimiyat prezident qo'lida bo'lgan holatlardan tashqari, prezident va bosh vazir o'rtasida bo'lib turadigan siyosiy kurashlar ham oddiy holatdir. Biroq, kuchli prezidentlar mansabni suiiste'mol qilishga moyil bo'lib, ularni faqat ko'cha namoyishlari orqali cheklash mumkin. Namoyishlar gohida «Maydonlarga» yetib kelib, ba'zida hokimiyatning qulashiga olib kelishi mumkin. Oxirgi Maydondan keyin siyosiy kurashlardan, islohotlarni amalga oshirishdagi va korruptsiyani bartaraf etishdagi sustliklardan ko'ngli qolgan Ukraina jamiyatida hozir Ukraina uchun qaysi demokratik tizim eng ma'qulligi to'g'risida faol muhokama ketyapti. Muntazam siyosiy inqirozlar va ildiz otgan korruptsiyadan qutilish uchun Ukraina konstitutsiyasini tubdan o'zgarish zaruratiga asosli sabablar bor. Konstitutsiyadagi kamchiliklar 2016-yil 13-aprel 398 Ukrainada aralash parlament-prezident tizimi amal qilib, unda bosh vazir va prezident ijroiya hokimiyatining turli jabhalarini boshqaradilar. Prezidentni bevosita xalq saylaydi, bosh vazir esa parlament tomonidan tayinlanadi. Prezident mahalliy hokimiyat rahbarlari va markaziy hukumatning ayrim qismlari ustidan nazorat qilish vakolatiga ega. Bosh vazir esa markaziy hukumatning katta qismini nazorat qiladi. Mahalliy hokimiyatning prezidentga, vazirlarning esa parlamentga bo'ysunishidan iborat aralash tizim Ukrainaga xos. Vakolatlarning bunday aralashmasi siyosiy kurashlar va o'zaro ayblovlarning paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Ayniqsa prezidentning mahalliy hokimiyat rahbarlarini tayinlash vakolati muammoli hisoblanadi. Prezident tomonidan tayinlangan bu mulozimlarda saylovchilar talabini bajarishga rag'bat bo'lmay, uning o'rnida ular prezident istagini ijro etadilar. Ayni paytda, vazirliklar bosh vazir nazorati ostida. Prezident bilan bosh vazir hokimiyat uchun kurashgan bir paytda, markaziy va mahalliy hokimiyat bir-birining faoliyatiga putur yetkazuvchi turli darajadagi amaldorlar fitnasi ichida qolib ketgan. Keyingi muhim muammo shuki, Ukraina davlat tizimidagi korruptsiyaga qarshi kurashishga o'zini bag'ishlagan milliy liderga muhtoj. Ukraina konstitutsiyasiga binoan, prezidentda parlament tasdig'i bilan Bosh prokuror va Xavfsizlik xizmati rahbarini tayinlash vakolati bor. Biroq, prezident korruptsiyaga qarshi kurashishga sodiq bo'lishi uchun undan hukumat xodimlarini ishga tayinlash vakolatini olish kerak. Har qanday rahbar uchun o'zi tayinlagan amaldorlar ustidan korruptsiyaga qarshi tekshiruvlarni olib borish siyosiy jihatdan qiyindir. Ijroiya hokimiyati amaldorlarini tayinlash vakolati to'laligicha Oliy Rada saylagan Bosh vazirga va mahalliy kengashlar saylagan mahalliy liderlarga o'tsagina, Ukraina xalqi prezident korruptsiyaga qarshi tergovlarni boshqarishiga ishonisi mumkin. Bu ichki siyosiy kurashlar ehtimolini pasaytirib, prezident va bosh vazirning ijroiya hokimiyatidagi muvaffaqiyatsizliklar uchun bir-birini ayblash imkoniyatini yo'qqa chiqarish orqali davlat hokimiyatining javobgarlik darajasini oshiradi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling