James d. Gwartney
Boshqaruvning prezidentlik va parlament
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
Boshqaruvning prezidentlik va parlament
tizimlarini taqqoslash 399 Dunyodagi barcha demokratik jamiyatlar prezidentlik yoki parlament tizimiga asoslangan. Albatta, mukammal demokratik tizimning o'zi yo'q. Har bir demokratik tizimning o'z afzallik va kamchiliklari bor. Keyingi ikki qismda biz prezidentlik va parlament tizimlarini taqqoslaymiz hamda ularning parlamentni saylash qoidalariga bog'liqligini qarab chiqamiz. (Ushbu muhokamaning xulosasi maqola oxiridagi jadvalda keltirilgan). Prezidentlik demokratiya tizimida ijroiya hokimiyatining rahbari (prezident) qonun chiqaruvchi hokimiyatdan (parlament) alohida saylanadi. Shu sababli parlament prezidentni vakolatidan mahrum qilish huquqiga emas. Faqvqulodda holatlarda impichment chorasi bundan mustasno. Parlament tizimida ijroiya hokimiyat rahbari (bosh vazir) parlament tomonidan tayinlanadi va, shu bilan birga, parlament ishonchsizlik ovozi bilan ijroiya hokimiyatini tarqatib yuborish huquqiga ega. Demak, parlament tizimida ijroiya va qonun chiqaruvchi hokimiyat konstitutsiyada alohida bo'linmagan. Agar parlament tizimida hokimiyatni ko'pchilik koalitsiyasi nazorat qilsa, u qarorlarni tez va samarali qabul qila oladi. Agar bosh vazir qonun chiqaruvchi ko'pchilikka tayansa, u hokimiyatni uni qo'llab-quvvatlovchi qonun chiqaruvchilar o'rtasida adolatli taqsimlash yo'lidagi obro'sini saqlab turishiga harakat qiladi. Hukmron parlament koalitsiyasi a'zolarini hukumatning davomiyligiga bog'liq bo'lgan qonun loyihasini ishonch ovozi bilan qo'llab- quvvatlashga undash mumkin. Natijada, prezidentlik tizimidagi partiyalarga nisbatan parlament tizimidagilar intizomliroq va jipslashganroq bo'ladi. Prezidentlik tizimida prezident uni qayta saylanishini qo'llab-quvvatlaydigan homiylarga imtiyozlar berishga moyil. Natijada, parlament tizimidagiga nisbatan sustroq nazoratni his qilgan qonun chiqaruvchilarning ko'magiga erishish uchun qonun loyihalariga alohida imtiyozlar («bochkadagi yog'» siyosati) kiritishga to'g'ri keladi. Parlament tizimida agar hech qaysi partiya ko'pchilikni tashkil etmasa, unda birgalikda ko'pchilikni tashkil etadigan partiyalar hukumatni tuzish bo'yicha biror kelishuvga kelmaguncha hukumatda falaj vaziyat davom etishi mumkin. Bu ko'pincha saylovlardan keyingi birinchi haftalarda sodir bo'ladi, ammo yangi hukmron koalitsiya odatda tez tuziladi. Ammo prezidentlik tizimida esa, agar parlament prezident partiyasi nazorati ostida bo'lmasa, qaror qabul qilishdagi shunday falajlik butun prezidentlik muddatida davom etishi mumkin. 400 Bunday holar AQSHda yaqin o'n yilliklarda sodir bo'lib kelyapti. Agar parlament koalitsiyasidagi partiyalarga koalitsiyaga qo'shilish yetarlicha manfaat keltirmasa, ular hukumatni iste'foga chiqarish bilan tahdid qilishi mumkin. Parlament tizimidagi bunday tahdidlar muntazam hukumat inqirozlari va davlat faoliyatida uzoq muddatli uzilishlar xafvini oshirishi mumkin. Biroq, «konstruktiv ishonchsizlik ovozi» deb ataluvchi konstitutsiya qoidasi bilan yuqoridagi riskning keyingisini pasaytirish mumkin. Bunda parlament hukumati uning o'rnini bosuvchi muqobil ko'pchilik mavjud bo'lgan taqdirdagina tarqalib yuborilishi mumkin. Bu qoida birinchi marta Germaniyada joriy etilgan bo'lib, u hozirgi kunda ko'p mamlakatlarda amal qiladi. Yaxshi amal qiluvchi prezidentlik tizimlari ham mavjud bo'lib, ularda ijroiya hokimiyatning vakolatlari cheklangan, chunki parlament prezidentlarning o'z vakolatlarini kengaytirishga bo'lgan moyilliklarini samarali nazorat qiladi. Misol sifatida xayolga avvalo AQSH va Chili keladi. Ammo dunyodagi prezidentlik tizimlarining ko'pchiligida yakka hokimiyatchilikka moyillik kuzatiladi, chunki prezidentlar hokimiyatning barcha tarmoqlari ustidan nazoratni o'rnatmaguncha, ular vakolatlarini kengaytirishga harakat qilaveradi. Bu vakolati cheksiz deb his qilgan amaldagi prezidentning o'z vakolatini suiiste'mol qilinishiga olib kelishi mumkin. Rossiya va Turkiya bunga joriy misoldir. Moldovadan tashqari sobiq Sovet Ittifoqidagi barcha respublikalar prezidentlik tizimiga o'tgan bo'lib, Markaziy va G'arbiy Yevropadagi parlament tizimiga asoslangan mamlakatlarga solishtirganda, ularning yutuqlari ko'pincha uncha katta emas. Ukrainaning oxirgi 25 yildagi tarixi bunga misoldir. Ba'zi mamlakatlar, shu jumladan Ukraina, aralash yarim-prezidentlik tizimiga amal qilib, unda vakolatlar saylangan prezident va parlamentga hisobot beruvchi bosh vazir o'rtasida taqsimlangan. Yarim-prezidentlik tizimi tarafdorlari prezidentlik va parlament tizimlarining eng yaxshi tomonlarini jamlashga umid qiladilar, lekin tanqidchilar ular bu ikki tizimning eng salbiy tomonlarini jamlashidan xavotirlanadilar. Albatta, har qanday yarim-prezidentlik tizimi ijroiya hokimiyat doirasida prezident va bosh vazir o'rtasida ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Yarim-prezidentlik tizimlaridan birinchisi Germaniya Veymar Respublikasida amal qilgan bo'lib, u Ikkinchi jahon urushidan oldin natsistlar hokimiyatga kelganda qulagan. Hozirgi Frantsiyani ko'pincha yarim prezidentlik tizimiga asoslangan deb hisoblashadi, lekin 401 Frantsiyani parlament tizimiga asoslangan deyish to'g'riroq bo'ladi, chunki parlament prezidentning partiyasidan boshqa partiya nazorati ostida bo'lganda, hukumatni amalda bosh vazir nazorat qiladi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling