James d. Gwartney
aksiya egasi: aksiyadorga
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alt-A kreditlar
aksiya egasi: aksiyadorga
(?) qarang. ↩ aksiyador: (xuddi shunday aksiya egasi (?) ) davlat yoki xususiy korporatsiyaning bir yoki undan ko'proq aksiyalariga qonuniy egalik qiladigan jismoniy shaxs yoki tashkilot (shu jumladan, korporatsiya). Har bir aksiya korxonaga teng ulushda egalik qilishni bildiradi. ↩ aksiyador kapitali: korporatsiyadagi egalik ulushi. Korporatsiyalar korxona daromadining mutanosib qismiga egalik qilish huquqini beradigan aksiyalar chiqarish orqali mablag' jalb qiladilar. Aksiya egalari korporatsiya qarzining ular qilgan boshlang'ich investitsiyalaridan ortiq qismiga javobgar emaslar. Biroq, egadorlar boshlang'ich investitsiyalarini qaytarib olishlariga yoki kelajakda daromad olishlariga kafolat yo'q. ↩ Alt-A kreditlar: Kam sonli hujjatlar asosida va/yoki qarz oluvchining daromadi, ish joyi va 413 to'lash qobiliyatiga tegishli boshqa ma'lumotlarni tasdiqlamasdan ajratiladigan kreditlar. Kam hujjat talab qilingani bois bu kreditlarning riski baland hisoblanadi. ↩ asosiy qarz summasi: qarzga olingan summa. Qarz oluvchi ushbu summaga foiz to'laydi. ↩ axloqiy xavf: bu vaziyatda riskka qarshi himoyani ta'minlash xavfli xatti-harakatlarning ehimolini oshiradi, chunki himoya xatti-harakatlarning salbiy oqibatlarini kamaytiradi. ↩ aylanmadagi pul massasi: xarid qilishda foydalaniladigan yuqori likvidli (foydalanishga tayyor) aktivlarning taklifi. Aylanmadagi pul massasiga odatda naqd pul va joriy hisob raqamlaridagi qoldiqlar kiradi. Kengroq ta'rifiga ko'ra, omonat hisob raqamlaridagi qoldiqlar kabi to'lov vositasiga oson aylanadigan aktivlar ham kiradi. E'tibor bering, kredit kartalar aylanmadagi pul massasiga kirmaydi. Agar ular bo'yicha olingan qarzlar oy oxirida to'lansa, ularni hisobga olish joriy hisob raqamlaridagi qoldiqlarni ikki marta hisoblashni anglatadi. Hozirgi paytda Markaziy banklar tomonidan Bitkoynni (va boshqa kriptovalyutalarni) aylanmadagi pul massasiga qo'shish kerakmi va qachon qo'shishni boshlash kerak degan masalalarda qizg'in muhokamalar ketyapti. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling