James d. Gwartney
davlat muvaffaqiyatsizligi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
davlat muvaffaqiyatsizligi: siyosiy jarayon, shu jumladan demokratik qarorlar qabul qilish
jarayoni odamlarni iqtisodiy samaradorlikka zid harakatlarni amalga oshirishga olib keladigan rag'batlantirish tizimidagi vaziyat. ↩ depozit sertifikati (DS): minimal investitsiya talablaridan tashqari, istalgan nominalda 416 chiqarish mumkin bo'lgan, muddati va foiz stavkasi qat'iy belgilangan jamg'arma sertifikati. Bunday instrumentlar investitsiya muddati kelmagunga qadar mablag'dan foydalanishni taqiqlaydi. Depozit sertifikati ifodasi Qo'shma Shtatlarida qo'llaniladi. Boshqa mamlakarlatda ham shu kabi instrumentlar mavjud, lekin ularning nomi boshqacha bo'lishi mumkin. Evropa Ittifoqida ular «qat'iy stavkali» yoki «qat'iy muddatli depozit» hisob raqamlari nomi bilan tanish. ↩ diversifikatsiya: investitsiyalar bilan bog'liq riskni minimallashtirish maqsadida bir qator turli xil korxona, ishlab chiqarish sohasi hamda aksiya, obligatsiya va ko'chmas mulk kabi instrumentlarga investitsiya qilish strategiyasi. ↩ dividend: aksiyadorlarga to'lanadigan korxona foydasi (foyda qismi). ↩ eksport: mahalliy ishlab chiqarilgan, lekin xorijiy xaridorlarga sotilgan tovar va xizmatlar. ↩ erkin savdo: odamlarning boshqa mamlakat odamlari bilan iqtisodiy tranzaktsiyalarni davlat yoki boshqa nazorat organlari cheklovlaridan xoli amalga oshira olish qobiliyati. ↩ eng kam ish haqi: ishchilarga kamida o'rnatilgan minimal ish haqini to'lashni talab qiluvchi qonun. ↩ favoritizm: ma'lum bir shaxsni yoki guruhni, ayniqsa, davlat amaldori tomonidan adolatsiz qo'llab-quvvatlash. ↩ fond birjasi: fond bozoriga (?) qarang. ↩ fond bozori: ochiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining savdosi amalga oshiriladigan bozorlar va birjalarning yig'indisi. ↩ 417 foyda: daromadning ishlab chiqarish xarajatidan oshgan miqdori. Xarajatlarga ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan barcha resurslarning, shu jumladan, korxonaga tegishli resurslarning muqobil qiymati kiradi. Tovar yoki xizmatning qiymati uni ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan resurslar xarajatidan katta bo'lgandagina foyda olinadi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling