James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

bozor iqtisodiyoti: iqtisodiy qarorlar hamda tovar va xizmatlarning narxlari faqatgina xaridor
va sotuvchilar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar orqali shakllanadigan iqtisodiy tizim. Unda
davlat aralashuvi yoki markazlashgan rejalashtirish deyarli mavjud emas. 
↩ 
bozor kuchlari: bozor narxlari orqali uzatiladigan ma'lumot va rag'batlar; xaridor va
sotuvchilarning qarorlarini o'zaro muvofiqlashtirishga rag'batlantiradigan foyda va zararlar.
↩ 


415
bozor muvaffaqiyatsizligi: bozordagi rag'batlantirish tizimi odamlarni iqtisodiy
samaradorlikka zid bo'lgan faoliyatlarni amalga oshirishga undaydigan holat. 
↩ 
byudjet: ma'lum muddat ichida kutiladigan daromad va rejalashtirilgan xarajatlar ro'yxati. 
↩ 
byudjet defitsiti: ma'lum bir muddat ichida (odatda bir yil) davlat xarajatlarining davlat
daromadlaridan oshgan miqdori. 
↩ 
byudjet profitsiti: ma'lum bir muddat ichida (odatda bir yil) davlat daromadlarining davlat
xarajatlaridan oshgan miqdori. 
↩ 
davlat boshqaruvi: tijorat faoliyatini amalga oshirish uslubini nazorat qilishga qaratilgan
(davlat tomonidan o'rnatilgan) qonun-qoidalar. 
↩ 
davlat korxonasi: davlat nomidan tijorat faoliyatida qatnashish uchun davlat tomonidan
tuzilgan yuridik shaxs. 
↩ 
davlat obligatsiyasi: davlat xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida davlat tomonidan
chiqarilgan qarz qimmatbaho qog'ozi. Amerika Qo'shma Shtatlarida federal davlat
obligatsiyalariga omonat obligatsiyalari, g'aznachilik obligatsiyalari va inflyatsiyadan
himoyalangan g'aznachilik qimmatbaho qog'ozlari (TIPS) kiradi. 
↩ 
davlat qarzi: foiz to'lanadigan davlat obligatsiyalari bo'yicha jami davlat qarzi. U byudjet
defitsiti va profitsitlarining jami ta'sirini aks ettiradi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling