James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- (davlatning) himoya funksiyasi
giperinflyatsiya: mamlakatdagi barcha tovarlarning narxlari nazoratdan chiqib, juda tez o'sishi
kuzatilgan vaziyat. Juda tez o'suvchi inflyatsiya qachon giperinflyatsiyaga (narxlarning yiliga 50 yoki hatto 100 foizga va undan ham ko'proqqa o'shishi) aylanishi haligacha munozarali masaladir. ↩ (davlatning) himoya funksiyasi: shaxslarni va ularning mulkini kuch ishlatish, firibgarlik yoki o'g'irlik bilan bog'liq zararlardan himoya qiladigan tartib va qonunlar tizimi. ↩ hissadorlik: korxona aksiyador kapitalidagi ulush. Ular korxonaga hissadorlik asosida egalik qilishni anglatadi. ↩ ijodkor vayronalik: eski mahsulotlar va ishlab chiqarish usullarini iste'molchilar uchun qadrliroq bo'lgan innovatsion turlari bilan almashtirish. Bu jarayon iqtisodiy o'sishga va yuqoriroq turmush darajasiga olib keladi. ↩ ikkilamchi ta'sirlar: iqtisodiy o'zgarishning birdaniga bilinmaydigan, lekin vaqt o'tishi bilan seziladigan oqibatlari. ↩ import: chet elda ishlab chiqarilgan, lekin mahalliy bozorda sotib olinadigan tovar va xizmatlar. ↩ import kvotasi: ma'lum davr ichida tovarning mamlakatga import qilishga ruxsat berilgan maksimal miqdori yoki qiymati. ↩ indeks fondi: pay fondi turi bo'lib, portfeldagi aksiyalar ulushi Standard & Poor's 500 (S&P 418 500) indeksi kabi fond indekslariga mutanosib qilib tanlangan bo'ladi. ↩ indeks pay investitsiya fondlari: portfeldagi aksiyalar ulushi S&P 500 kabi yirik fond birjasi indeksiga mos keladigan pay investitsiya fondi. Ushbu fondlarning birja savdosi va tahlili bilan bog'liq xarajatlar past bo'lganligi bois ularga egalik qilish nisbatan arzon. Pay fondidagi aksiyalarning qiymati ular bog'langan indeks bilan mos ravishda o'zgaradi. ↩ inflyatsiya: tovar va xizmatlar umumiy narx darajasining muttasil oshishi. Inflyatsiya davrida pul birligining (masalan, grivna yoki so'mning) xarid qobiliyati pasayadi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling