James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

narxni bo'rttirish: sotuvchining tovar va xizmatlar narxini mantiqqa to'g'ri keladigan yoki
adolatli bo'lgan darajasidan ancha balandga ko'tarishi. Bu ekpluatatsiya qilish yoki etikaga
nomuvofiq hisoblanadi. 
↩ 
narxning quyi darajasi: tovar yoki resurs uchun xaridorlar to'lashi kerak bo'lgan davlat
tomonidan o'rnatilgan minimal narx. 
↩ 
nol summali o'yin: bir shaxsning yutug'i boshqa shaxsning yutqazishiga teng bo'lgan o'yin
nazariyasidagi holat bo'lib, unda boylik yoki daromadlardagi sof o'zgarish nolga teng.
Tranzaksion xarajatlarni hisobga olmaganda, moliya bozorlarida nol summali o'yinga optsion
va fyucherslar misol bo'ladi. 
↩ 
(hokimiyatni) nomarkazlashtirish yoki detsentralizatsiyasi: vakolatlarni markaziy
organlardan mahalliy organlarga o'tkazish. 
↩ 
nominal rentabellik: aktivdan keladigan daromadning puldagi ifodasi. Real rentabellikdan
farqli o'laroq, unda narxlarning umumiy darajasidagi o'zgarishlar (inflyatsiya) hisobga
olinmaydi. 
↩ 
noqonuniy o'zlashtirish: boshqalar mulkiga ular ruxsatisiz egalik qilish. 
↩ 
obligatsiya: asosiy qarz summasini va foizini kelajakda belgilangan vaqtda qaytarish
majburiyati. Korporatsiyalar kabi tashkilotlar va hukumatlar obligatsiyalarni obligatsiya
egalaridan qarz olish usuli sifatida chiqaradilar. 
↩ 
omonat hisob raqami: bank yoki shunga o'xshash moliya tashkilotidagi foiz hisoblanadigan
hisob raqami. 
↩ 
ortiqcha ishlab chiqarish: davlat narxlarni muvozanat darajasidan yuqori qilib o'rnatishi
tufayli ishlab chiqaruvchilarning sotishga taklif qilgan mahsulot miqdori xaridorlar talab qilgan


427
miqdoridan ko'proq bo'lishi natijasida vujudga keladigan holat. 
↩ 
ochiq bozorlar: mahsulot yetkazib beruvchilar davlat organlaridan ruxsat olmasdan kira
oladigan bozorlar. 
↩ 
pay fondlari: investorlar mablag'ini jamlab, uni turli xil investitsiya toifalariga yo'naltiradigan
tashkilot. Pay fondlarining turi ko'p bo'lib, ularga, jumladan, aksiya pay fondlari, obligatsiya
pay fondlari, ko'chmas mulk fondlari, va pul bozori fondlari kiradi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling