James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
pay investitsiya fondi: investorlarning mablag'larini to'plab, ulardan aksiyalar sotib olishda
foydalanadigan tashkilot. Pay fondlari hatto kichik investorlarga ham diversifikatsiyalangan aksiyalar portfeliga ega bo'lish imkoniyatini beradi. ↩ portfel: jamg'armalar, investitsiyalar va jismoniy shaxs yoki moliyaviy muassasaga tegishli ko'chmas mulk kabi real aktivlardan iborat to'plam. ↩ proteksionistik tariflar: import mahsulotlari narxini oshirishga va mamlakat sanoatini xorijiy raqobatdan himoya qilishga mo'ljallangan soliq. ↩ pul: xaridor va sotuvchilar tomonidan tovar va xizmatlar uchun yakuniy to'lov sifatida qabul qilinadigan ekvivalent. Pul ayirboshlash vositasi, jamg'arish vositasi va qiymat o'lchovi sifatida xizmat qiladi. Pulning xususiyatlariga portativlik, barqaror qiymat, bir xillik, davomiylik va maqbullk kiradi. ↩ pul bozori sertifikati: bank yoki kredit muassasasi pulingizni turli investitsiyalarga joylashtiradigan omonat turi. ↩ qadrsizlanish: aktiv yoki valyuta qiymatining pasayishi. ↩ qashshoqlik: minimal turmush darajasini ta'minlash uchun kerakli bo'lgan moliyaviy resurslar 428 va birinchi zarurat buyumlariga muhtoj shaxs yoki jamiyat. ↩ qiyosiy ustunlik qonuni: odamlar, korxonalar, hududlar yoki mamlakatlar qanday qilib ko'proq mahsulot ishlab chiqarishi va savdo orqali o'zaro manfaat olishini namoyish qiladigan tamoyil. Ushbu tamoyilga ko'ra, har bir tomon arzon ishlab chiqara oladigan (ya'ni, muqobil qiymati past) mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashib, ushbu mahsulotlarni u ishlab chiqarishi yuqori muqobil qiymatga tushadigan boshqa mahsulotlarga ayirboshlaydi. ↩ qonun ustuvorligi: hamma bir xil qonunlarga bo'ysunishini aniq tushunish; bu ba'zilar o'zlari amal qilmaydigan qonunlarni qabul qilishining oldini oladi. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling