James d. Gwartney


qo'shimcha qiymat solig'i (QQS)


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

qo'shimcha qiymat solig'i (QQS): tovar va xizmatlarni xarid qilayotgan shaxs to'laydigan
soliq. 
↩ 
raqobat: sifat, narx va mahsulot to'g'risidagi ma'lumot hisobga olinganda, har biri xaridorga
yaxshiroq taklif berishga intiladigan ishlab chiqaruvchilar yoki resurs ta'minlovchilar
o'rtasidagi raqiblikning dinamik jarayoni. Raqobat bozorga kirish erkinligini nazarda tutadi.
Potensial mahsulot yetkazib beruvchilarning bozorga kirishi uchun davlatdan ruxsat olish talab
etilmaydi. 
↩ 
ratsional nodonlik samarasi: saylovdagi ovozi natijani o'zgartirmaydi deb fikrlashdan kelib
chiqadigan saylovchining nodonligi. Shu sababli ularda ongli ovoz berish uchun kerakli
ma'lumotni izlasmaslikka ratsional omil bor. 
↩ 
rag'batlantirish tuzilmasi: muayyan harakatlarni rag'batlantirish uchun taklif qilinadigan
mukofot turlari va muqobil harakatlarning oldini olishga qaratilgan turli omillar. 
↩ 
rag'batlar: faoliyatdan kutiladigan manfaatlar. Ular ijobiy (faoliyat taqdirlanadi) yoki salbiy
bo'lishi (faoliyat jarimaga tortiladi) mumkin. 
↩ 


429
real qiymat: inflyatsiya hisobga olingan qiymat. 
↩ 
renta ketidan quvish: shaxslar yoki maxsus manfaatdor guruhlar tomonidan davlat siyosatini
ularga daromadlarni ko'proq bevosita yoki bilvosita taqsimlaydigan tarzda o'zgartirish bo'yicha
harakatlar. 
↩ 
rentabellik darajasi: investitsiyadan olingan foydaning dastlabki investitsiya summasiga
nisbatan foizdagi ulushi. 
↩ 
resessiya: real yalpi ichki mahsulotning (YIM) kamayishi bilan xarakterlanadigan iqtisodiy
faoliyatdagi susayish. Amaliyotga ko'ra, iqtisodchilar resessiyani real YIMning ketma-ket ikki
chorak davomida pasayishi bilan ifodalaydilar. 
↩ 
resurs: iqtisodiy tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan vosita. Tabiiy
resurslar, ishchi kuchi, malaka, tadbirkorlik iste'dodi va kapital bunga misol bo'ladi. Insoniyat
tarixi mavjud, lekin cheklangan resurslarni biz istagan narsalarga (iqtisodiy mahsulotlar)
aylantirish uchun kurashni aks ettiradi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling