James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

rieltorlik komissiyasi: ko'chmas mulk agenti yoki broker xizmatlariga to'lanadigan haq.
Ba'zan bu sotilgan narxga nisbatan foizda yoki boshqa usulda hisoblanadi. 
↩ 
sanoat siyosati: sanoatni yoki uning biror tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati.
↩ 
savdogar: ulgurji savdo bilan shug'ullanadigan, ayniqsa, xorijiy mamlakatlar bilan ishlaydigan
yoki ma'lum sohalarga tovarlar yetkazib beradigan shaxs yoki korxona. 
↩ 
sertifikatlash: shaxsning ta'limi, malakasi va boshqa qobiliyatlarini tasdiqlaydi.
Litsenziyalashdan farqli o'laroq, sertifikatlash sertifikatlanmagan odamlarning bozorda raqobat
qilishini taqiqlamaydi. 
↩ 


430
siyosiy biznes tsikl: amaldagi siyosatchilarning saylov arafasida o'zlarining va partiyalarining
qayta saylanish ehtimolini oshirish maqsadida iqtisodiy o'sishni rag'batlantiruvchi vositalardan
(fiskal va monetar siyosat) foydalanishi oqibatida yuzaga keladigan biznes tsikl. 
↩ 
Smut-Houli tarifi: tarif stavkalarini qariyb 50 foizga oshirish bo'yicha 1930-yil iyunda
Qo'shma Shtatlarida qabul qilingan qonun. Boshqa mamlakatlar bunga qarshi javob choralarini
ko'rdi va xalqaro savdo hajmi keskin pasaydi. Ushbu qonun Buyuk depressiyaga sabab bo'lgan
asosiy omillardan biri edi. 
↩ 
soliqqa imtiyozli: agar siz xarajat qilgan pulingiz soliqqa imtiyozli bo'lsa, uni soliqqa
tortiladigan daromadingizdan chegirib tashlashingiz mumkin. 
↩ 
sotsializm: barcha odamlar teng va shuning uchun mamlakat pul mablag'larini teng
bo'lishishlari kerak degan dunyoqarash yoki ushbu dunyoqarashga asoslangan siyosiy tizim.
↩ 
spekulyativ obligatsiyalar: yuqori riskli obligatsiyalar. Odatda kam tanilgan korxonalar
tomonidan chiqarilib, riski baland bo'lgani tufayli yuqori foiz to'laydi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling