James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
uy xo'jaligi: birga istiqomat qiluvchi odamlar guruhi (ko'pincha oila).
↩ valyuta kursi: xorijiy valyuta birligining ichki bozordagi narxi. Masalan, bir Ukraina grivnasini sotib olish uchun 0.035 AQSH dollari kerak bo'lsa, dollar-grivna valyuta kursi 0.035 ga teng bo'ladi. ↩ venchur kapitalist: istiqbolli biznes g'oyalari bor tadbirkorlarga qarz berishga ixtisoslashgan moliyaviy investor. Ko'pincha ushbu g'oyalarda tez o'sish salohiyati mavjud, lekin odatda riski yuqori bo'lgani sababli ular tijorat banklaridan kredit olishga loyiq topilmaydi. ↩ vositachi: tovar yoki xizmatlarni olib sotuvchi yoki savdoni tashkil qiluvchi shaxslar. Vositachilar tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi. ↩ xalqaro savdo: erkin savdoga (?) qarang. ↩ xorijiy investitsiya: boshqa mamlakatdagi kompaniya yoki jismoniy shaxsning sizning mamlakatingizdagi aktivlarga yoki kompaniya ulushiga qilgan investitsiyalari. ↩ xususiy investitsiya: xususiy sektorning uzoq muddatli aktivlarga (asosiy vositaga investitsiya) qilgan xarajatlari va ma'lum davr davomida zahiralarning (zahiraga investitsiya) ko'payishi. Ushbu xarajatlar kelajakda iste'molchi manfaatini ta'minlash qobiliyatimizni oshiradi. ↩ 434 xususiy mulk huquqi: faqat egasiga yoki egadorlar guruhiga tegishli bo'lgan va egasi ixtiyori bilan boshqalarga o'tkazilishi mumkin bo'lgan mulk huquqi. ↩ yakka tartibdagi tadbirkor: jismoniy shaxsning oylik maosh to'laydigan ish beruvchi uchun emas, balki o'zi uchun ishlash holati. ↩ yalpi ichki mahsulot (YIM): muayyan davr mobaynida mamlakatda ishlab chiqarilgan barcha yakuniy (oraliq mahsulot emas) tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. Bu ham daromad, ham ishlab chiqarish hajmining o'lchovidir. ↩ Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling