James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Duayt R. Li
Richard L. Stroup Montana Shtati va Shimoliy Karolina Shtati Universitetlarining iqtisodiyot
fanlari faxriy professori. U iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini Vashington Universitetida olgan. 1982 yildan 1984 yilgacha u AQSH Ichki Ishlar Vazirligining Siyosatlar Tahlili boshqarmasi direktori lavozimida xizmat qilgan. Stroup global isish, yerdan foydalanishni tartibga solish, arxeologiya va atrof-muhit siyosatini takomillashtirish zarurati mavzularida maqolalar chop qilgan va ma'ruzalar o'qigan. Uning ilmiy izlanishlari erkin bozor ekologiyasi deb tanilgan yondashuvning rivojlanishiga hissa qo'shgan. U iqtisodiyot asoslari darsligi sifatida ommabop va hozirda 16-nashrdan chiqqan «Iqtisodiyot: shaxsiy va jamiyat tanlovi» kitobining mualliflaridan biri. Uning «Eko-iqtisodiyot: iqtisodiyot va atrof-muhit to'g'risida nimalarni bilish lozim» kitobi (Washington: Cato Institute, 2016, 2-nashr) o'zi asoschilaridan biri hisoblangan Mulk va Atrof-Muhit Ilmiy-Tadqiqot Markazining moliyaviy ko'magi ostida chop etilgan. 436 Duayt R. Li 1972 yilda San Diegodagi Kaliforniya Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. O'sha vaqtdan beri u Kolorado Universiteti, Virjiniya Texnologiya Universiteti, Jorj Meyson Universiteti va Jorjiya Universitetlarida ta'lim bergan. U 1985-2008 yillarda Jorjiya Universitetida Remzi nomidagi iqtisodiyot va xususiy tadbirkorlik fanlari kafedrasining professori bo'lgan. U 2008-2014 yillarda Dallas shahridagi Janubiy Metodist Universitetida Uilyam J. O'Nil nomidagi global bozorlar va erkinlik kafedrasining professori bo'lgan. Hozirgi vaqtda u JMUda katta ilmiy xodim va Boll Davlat Universiteti qoshidagi Siyosiy-Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti bilan hamkorlik qiluvchi ilmiy xodim. Professor Lining ilmiy tadqiqotlari turli sohalarni, jumladan, atrof-muhit va tabiiy resulrslar iqtisodiyoti, siyosiy qarorlar qabul qilish iqtisodiyoti, davlat moliyasi, qonun va iqtisodiyot hamda mehnat iqtisodiyoti kabilarni o'z ichiga oladi. Ish faoliyati davomida professor Li ilmiy jurnallarda 160 dan ortiq maqolalar, gazeta va jurnallarda 300 ga yaqin maqola va sharhlar chop etgan, o'n to'rtta kitobga hammualliflik va yana beshta kitobga muharrirlik qilgan. U Qo'shma Shtatlari bo'ylab, shuningdek, Evropa, Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Osiyo va Afrikadagi bir qator universitetlar va konferentsiyalarda ma'ruzalar o'qigan. U 1994-1995 yillarda Xususiy Tadbirkorlik sohasidaTa'lim Uyushmasining prezidenti va 1997-1998 yillarda Janubiy Iqtisodiy Uyushmaning prezidenti bo'lgan. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling