James d. Gwartney
yillik rentabellik darajasi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mualliflar togrisida Jeyms D. Guortni
yillik rentabellik darajasi: pul summasiga o'n ikki oy mobaynida murakkab foiz stavkasi
bo'yicha to'langan miqdor. ↩ zarar: tovar yoki xizmatni ishlab chiqarish xarajatining savdodan olingan daromaddan oshgan miqdori. Zararlar resurslardan samarasiz foydalanganlik uchun «jarima» bo'lib, yaratilgan mahsulotning qiymati resurslardan samarali foydalanib yaratilishi mumkin bo'lgan mahsulotning qiymatdian past bo'ladi. ↩ o'rinbosarlar: bir xil funksiyani bajaradigan mahsulotlar. Ulardan birining narxining ko'tarilishi ikkinchisiga bo'lgan talabni oshiradi, ulardan birining narxining pasayishi esa ikkinchisiga bo'lgan talabni kamaytiradi (masalan, gamburger va xot dog, sariyog' va margarin, Chevrolet va Ford avtomobillari). ↩ g'aznachilik vekseli: qarz muddati oxirida foiz to'laydigan qisqa-muddatli davlat qarzining turi. Ular davlatning naqd pulga bo'lgan qisqa muddatli ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi. ↩ shaxsiy daromad: mahalliy uy xo'jaliklari va korporativ bo'lmagan korxonalar tomonidan olingan jami daromad. ↩ 435 Mualliflar to'g'risida Jeyms D. Guortni Florida Shtati Universitetida iqtisodiyot professori, universitet qoshidagi Gas A. Stavros kafedrasining atoqli rahbari. U iqtisodiyot asoslari darsligi sifatida keng qo'llanilayotgan va hozirda 16-nashrdan chiqqan «Iqtisodiyot: shaxsiy va jamiyat tanlovi» (Cengage South-Western Press, 2017) kitobining hamda «Mantiqiy Iqtisodiyot: boylik va farovonlik to'g'risida nimalarni bilish lozim» (St. Martin’s Press, 2016) nomli iqtisodiyot bo'yicha boshlang'ich darslikning mualliflaridan biri. Shu bilan birga, u 160 dan ko'proq mamlakatlarning institutlari va siyosatlari iqtisodiy erkinlikka muvofliqligi to'g'risida ma'lumot beradigan «Dunyoda iqtisodiy erkinlik» hisobotining mualliflaridan biri hamdir. Uning maqolalari American Economic Review, Journal of Political Economy, Southern Economic Journal va Journal of Institutional and Theoretical Economics kabi ilmiy jurnallarda chop etilgan. 1999-2000 yillarda u AQSH Kongressining Birlashgan Iqtisodiy Qo'mitasida bosh iqtisodchi lavozimida xizmat qilgan. U Janubiy Iqtisodiy Uyushmaning va Xususiy Tadbirkorlik sohasidaTa'lim Uyushmasining sobiq prezidenti. U iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini Vashington Universitetida olgan. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling