James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arben Mustafa
- Anait Ovannisyan
Bahrom Mirkasimov Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universitetining rektori. U iqtisod
fanlari doktori ilmiy darajasini Berlindagi Gumboldt Universitetida, iqtisodiyot bo’yicha magistrlik darajasini esa Vanderbilt Universitetida olgan. Shuningdek, u Vestminster Universiteti matbuoti tomonidan yaqinda ochiq ko’rinishda nashr etila boshlagan va xalqaro darajada taqriz qilinadigan «Silk Road: A Journal of Eurasian Development» [Ipak Yo’li: Yevrosiyo Taraqqiyoti Jurnali] ( www.silkroadjournal.online ) jurnalining bosh muharriri. 444 Bahrom Xalqaro Xavfsizlik va Taraqqiyot Markazida (Berlin) tadqiqotchi va Global Mehnat Tahskilotining ilmiy xodimi. U Germaniya Iqtisodiy Tadqiqotlar Institutida (DIW Berlin) ishlagan hamda Stokgolm Xalqaro Tinchlikni Tadqiqot Qilish Instituti, Osiyo Taraqqiyot Banki, Jahon Banki, BMT Taraqqiyot Dasturi, BMT Aholishunoslik Fondi, Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Xalqaro Oziq-ovqat Siyosati Ilmiy Institutlariga maslahatchi bo’lgan. Arben Mustafa Buyuk Britaniyaning Staffordshir Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Uning doktoranturada o'qish davrida ilmiy mavzusi «Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida bank sohasida raqobat hamda uning bank risk faoliyati va foiz marjasiga ta'sirlari» to'g'risida bo'lgan. Uning ushbu mavzuga oid bir-necha maqolalari chop etilgan. Arben Kosovo Respublikasi Markaziy Bankida asosan ilmiy va iqtisodiy tahlillarga oid turli lavozimlarda ishlagan. U Kosovoning Gilan shahridagi Kadri Zeka Universitetida iqtisodiyot va bank sohasiga tegishli bir qator fanlardan dars beradi. U CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha granti sohibi. Anait Ovannisyan Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabida (ISET) iqtisodiyotdan magistrlik darajasini olgan. U Armaniston Markaziy Bankining Monetar Siyosat Departamentida iqtisodchi. Irina Sabat hozirda Portugaliyaning Lissabon shahridagi Biznes va Iqtisodiyot Yangi Maktabida Mariya Sklodovska-Kyuri nomli stipendiya sovrindori sifatida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun o'qishni davom ettirmoqda. U Chexiya Respublikasining CERGE-EI Institutida iqtisodiyot bo'yicha magistrlik darajasini, Ukrainaning Lvov shahridagi Ivan Franko Milliy Universitetida esa Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar va Moliya sohasi bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Irina CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash granti sohibi sifatida bakalavr va aspirantura talabalariga besh yildan ortiq vaqt mobaynida iqtisodiyotdan dars berib kelmoqda. U universitet iqtisodiyot sohasi o'qituvchilarini pedagogika bo'yicha tayyorlash bilan shug'ullanuvchi, CERGE-EI Fondi tomonidan moliyalashtirilgan iqtisodiyot o'qituvchilari guruhi a'zosi. 445 Alban Zogay Italiyadagi Marke Politexnika Universitetida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. U 2005 yildan beri Riinvest Institutida ishlab, bir qator tadqiqotlar olib borgan va ularga tahliliy hissasini qo'shgan. 2016 yildan 2019 yilgacha Alban iqtisodiy o'sish va iqtisodiy murakkabliklarni o'rganish uchun Albaniya hukumati bilan ishlagan. U Riinvest kollejida iqtisodiyotdan dars beradi. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling