James d. Gwartney


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

Huseyn Ismayilov Ozarbayjondagi ADA universitetida dotsent lavozimida ishlaydi. U
Niderlandiyadagi Tilburg universitetida fan nomzodi doktori ilmiy darajasini olgan.
Shuningdek, u Markaziy Yevropa universitetining iqtisodiyot bo'yicha magistrlik daragasiga
ega. U eksperimental va xulq-atvor iqtisodiyoti yo'nalishlarida ilmiy ishlar qiladi. Uning ilmiy
ishlari «Experimental Economics», «Journal of Economic Behavior and Organization» va
«Journal of Economic Psychology» jurnallarida nashr etilgan. U CERGE-EI Fondining
o'qituvchilarni tayyorlash dasturining granti sohibi.
Damir Esenaliev akademik tadqiqotlar, xalqaro rivojlanish va davlat sektori bo’yicha
professional tajribaga ega bo’lgan rivojlanish iqtisodiyoti sohasidagi iqtisodchidir. U miqdoriy
mikroiqtisodiy tadqiqotlar, ta'sirni baholash va panel so'rovi metodologiyasi bo'yicha tajribaga
ega. U 2013- yildan buyon «Qirg‘izistondagi hayot» tadqiqotining akademik koordinatori
sifatida ishlab keladi. Leybnits institutining Sabzavot va manzarali ekinlar fakulteti hamda
Berlindagi ISDC – Xalqaro xavfsizlik va taraqqiyot markazida katta ilmiy xodim bo‘lib
ishlaydi. U Stokgolm xalqaro tinchlik tadqiqot institutida (SIPRI), Germaniya iqtisodiy
tadqiqotlar institutida (DIW Berlin), Jahon bankining Qirg‘iziston Respublikasidagi
vakolatxonasida va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy (Markaziy) bankida ishlagan. U Berlin
Gumboldt universitetidan (Germaniya) iqtisod fanlari bo‘yicha fan nomzodi doktorlik
darajasini va Uilyams kollejidan (AQSh) rivojlanish iqtisodiyoti bo‘yicha magistr darajasini
olgan.
Barchinay Kimsanova Volkswagen jamg‘armasi tomonidan 2019-yildan buyon
moliyalashtirilayotgan SUSADICA loyihasi bo‘yicha Leybnits instituti O‘tish davri
iqtisodiyotlari qishloq xo‘jaligini rivojlantirish (IAMO) fakultetida doktorantura ilmiy


447
xodimdir. Anqara universiteti siyosat fanlari fakultetida «Likvidligi cheklangan
iqtisodiyotlarda hukumat siyosatining ta'siri» nomli dissertatsiyasini himoya qilgandan so'ng, u
iqtisodiyot nazariyasi bo’yicha fan nomzodi doktori ilmiy darajasini olgan. IAMOda
ishlashdan oldin u OSCE Akademiyasida va Qirgʻizistonning Bishkek shahridagi Qirgʻiziston-
Turkiya Manas universitetida taklif etilgan lektor lavozimlarida ishlagan. Doktor Barchinay
Kimsanovaning ilmiy qiziqishlari iqtisodiy nazariya, amaliy tadqiqot, rivojlanish iqtisodiyoti,
jumladan, oʻsish iqtisodiyoti nazariyasini o’z ichiga oladi.

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling