James d. Gwartney
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakari Baratashvili
- Levan Pavlenishvili
- Ruslan Aliyev
Zurab Abramishvili Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI institutida fan nomzodi doktori
ilmiy darajasini olgan. Shuningdek, u Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabidan (ISET) iqtisodiyot bo'yicha magistrlik daragasiga va Tbilisi Davlat Universitetining matematika bo'yicha magistrlik va bakalavrlik darajasiga ega. U ISET dotsenti, uning bakalavriat dasturining direktori va CERGE-EI Fondining o'qituvchilarni tayyorlash dasturining mintaqaviy koordinatori lavozimlarida ishlaydi. Bakari Baratashvili Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabida (ISET) iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha magistrlik darajasini va Gruziya Texnik Universitetidan biznes boshqaruvi bo'yicha fan doktori ilmiy darajasini olgan. U ISET direktori o'rinbosari va Quvaytdagi Yaqin Sharq Amerika universitetida dotsent lavozimlarida ishlagan. Bakari universitet darajasida iqtisod, statistika va moliya kurslarini o'qitishda 15 yillik tajribaga ega va Gruziyaning davlat moliya sektorida, shu jumladan Xalqaro Valyuta Jamg'armasi va Jahon banki kabi xalqaro moliya tashkilotlarida ishlagan. Levan Pavlenishvili Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabida (ISET) iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha magistr darajasini va Tbilisi Davlat Universitetida iqtisodiyot yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olgan. U ISET qoshidagi Siyosat Instituti boshlig'ining o'rinbosari bo'lgan va iqtisodiyot fanlari, shu jumladan xalqaro savdo va moliya, ekonometrika va tabiiy resurslar iqtisodiyoti bo'yicha 5 yillik o'qitish tajribasiga ega. Levan Edinburg universitetida operatsion tadqiqotlar bo'yicha magistrlik darajasini olgan. Ruslan Aliyev Chexiya Respublikasidagi CERGE-EI institutida fan nomzodi doktori ilmiy darajasini olgan. U Bakudagi ADA universitetining Biznes fakultetida dotsent lavozimida 446 ishlaydi. Ruslanning ixtisosligi makroiqtisodiyot, monetar iqtisodiyoti, ekonometrika, iqtisodiy o'sish va taraqqiyot yo'nalishlariga qaratilgan. Ilmiy darajasini olishdan oldin u Ozarbayjon Markaziy Bankida Monetar siyosat bo'limida uch yil ishlagan. U milliy va xalqaro tashkilotlarida, jumladan, Ozarbayjon Iqtisodiyot vazirligida, Osiyo Taraqqiyot Banki, Chexiya Milliy Banki, Jahon Banki va Birlashgan Millartlar Tashkiloti kabilarda maslahatchidir. Download 7.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling