James d. Gwartney
Ilmiy maslahatchilar kengashi
Download 7.87 Mb. Pdf ko'rish
|
Mantiqiy iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jozef Peltsman
Ilmiy maslahatchilar kengashi
Oleg Gavrilishin Massachusets Texnologiya Institutida iqtisodiyot fanlari doktori darajasini olgan. U Varshavadagi Ijtimoiy va Iqtisodiy Tadqiqotlar Markazida (CASE) norezident katta ilmiy xodim, hozirda esa Karlton Universitetining Evropa, Rossiya va Yevrosiyo Tadqiqotlar Institutida yordamchi professor lavozimida xizmat qiladi. Oleg Ukraina hukumatida maslahatchi sifatida «Mustaqillikdan keyingi islohotlar tahlili» hisobotini tayyorlagan (2014 yildan 2016 yilning oktyabrigacha). Hozirgi kunda u o'tish davri to'g'risida yangi kitob ustida ishlayapti. Kitobda nega ba'zi mamlakatlar erta va jadal islohotlar yo'lini, boshqalari esa bosqichma-bosqich islohotlar yo'lini tanlagani to'g'risida yangi savol ko'tariladi. Kitob post- kommunist mamlakatlaridagi siyosiy jarayonlarga yaqindan nazar tashlaydi. 1991-2007 yillarda Oleg Xalqaro Valyuta Jamg'armasining (XVJ) Evropa Departamentida sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimida xizmat qilgan. U XVJ Direktorlar Kengashida navbatdagi ijrochi direktor o'rinbosari hamda bir muddat Ukraina Moliya vaziri o'rinbosari lavozimlarida ishlagan. Jozef Peltsman Boston Kollejida iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olgan, u Jorj Vashington Universitetida iqtisodiyot va xalqaro munosabatlar fanlari professori, huquqshunoslik fanidan yuqori malakali o'qituvchi va iqtisodiyot bo'yicha doktorantura dasturi direktori lavozimlarida ishlaydi. 1980 yilda fakultetga ishga kirishidan oldin u Brukings Institutida iqtisodiy siyosiy masalalar bo'yicha ilmiy xodim bo'lgan va Janubiy Karolina Universitetida dars bergan. U Gruziyadagi Tbilisi Davlat Universiteti qoshidagi Xalqaro Iqtisodiyot Maktabi (ISET) Xalqaro Ilmiy Kengashining asoschisi va rahbari (2006-08) hamda Ukrainadagi Kiev Iqtisodiyot Maktabi Xalqaro Maslahat Kengashining a'zosi bo'lgan (2002- 17). Shuningdek, u Vashingtondagi Savdo, Yordam va Xavfsizlik Koalitsiyasi (TASC) va Global Works Fondi Direktorlar Kengashining a'zosi. Hozirda u «Global Economy» jurnalining bosh muharriri hamda Xalqaro Savdo va Moliya Uyushmasining sobiq prezidenti. Boris Tsota Zagreb Universitetining iqtisodiyot fakultetida professor hamda xalqaro iqtisodiyot va moliya fanlaridan magistratura dasturining rahbari. U Zagrebdagi Iqtisodiyot 440 Instituti Direktorlar Kengashining a'zosi (1997-2000) va Xorvatiya Respublikasi Fan va Oliy Ta'lim Uyushmasi Nazorat Kengashining raisi (2003-2006) bo'lgan. U Xorvatiya Milliy Banki Kengashining a'zosi (2006–2013), Xorvatiya Respublikasi prezidentining iqtisodiyot masalalari bo'yicha maxsus maslahatchisi (2010–2012) va Xorvatiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Iqtisodiyot bo'yicha Kengashning prezidenti (2010–2015) lavozimlarida xizmat qilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling