James d. Gwartney


ishlab chiqarish resurslari


Download 7.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/250
Sana31.10.2023
Hajmi7.87 Mb.
#1735745
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   250
Bog'liq
Mantiqiy iqtisodiyot

ishlab chiqarish resurslari: tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan
resurslar (masalan, tabiiy resurslar, inson resurslari va kapital resurslar). 
↩ 
ishchi kuchi: ish bilan band bo'lgan va ishsiz aholi soni. Aholining ushbu ikki toifasi
birgalikda ishchi kuchining joriy taklifini tashkil etadi. 
↩ 
jamiyat tanlovi: davlat kabi jamoat tashkilotlarining shakllanishi va faoliyatiga ta'sir qiluvchi
qarorlar qabul qilish jarayonini o'rganish. Umuman olganda, iqtisodiyot fani tamoyillari va
ilmiy metodlari siyosatshunoslikda qo'llaniladi. 
↩ 
jamoat mollari: quyidagi ikki xususiyatga ega bo'lgan tovarlar (1) umumiy iste'mol — bir
tomonni tovar bilan ta'minlash ayni vaqtda boshqalarni ham u bilan ta'minlaydi va (2)
istisnosizlik — tovar uchun to'lamagan iste'molchilarni uni iste'molidan istisno qilish
murakkab yoki imkoni yo'q. 
↩ 
jamg'arma: soliqdan keyingi daromadning iste'molga sarflanmagan qismi. 
↩ 
jamg'arma rejasi: ish beruvchi tomonidan ochilgan umumiy investitsiya hisob raqami bo'lib,
u xodimlarga soliqdan oldingi ish haqining bir qismini pensiya jamg'armasi uchun yoki uzoq
muddatli boshqa maqsadlar, masalan, ta'lim uchun to'lovlar yoki uy sotib olish uchun


421
jamg'arish imkonini beradi. 
↩ 
jismoniy kapital: boshqa tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan va inson
tomonidan yaratilgan (masalan, asbob-uskunalar, imoratlar) resurslar. Ular kelajakdagi ishlab
chiqarish salohiyatini kengaytiradi. 
↩ 
joriy depozit hisob raqami: chek yozish mumkin bo'lgan depozit hisob raqami. 
↩ 
joriy hisob raqami: mablag'ni yechish va depozit qilishga imkoniyat beruvchi moliyaviy
muassasadagi depozit hisob raqami. Joriy hisob raqami talab qilib olgunga qadar hisob raqami
yoki tranzaksion hisob raqami deb ham nomlanib, u juda likvidli hisoblanadi. 
↩ 

Download 7.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling